• NAM MAKARON MAHSULOTLARINI QURITISH
  • Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19




    Download 0.74 Mb.
    bet14/22
    Sana13.10.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #27143
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
    Bog'liq
    Makaron i.ch. texnologik liniyasi Shohida
    ovdfmvfdmvfmvm, fff, task1, FVX mustaqil, Informatika. 6-sinf (2013, B.Boltayev, M.Mahkamov, A.Azamatov, S.Rahmonqulova), ENEo3GGopmKV8ahTBf5SoCDdGn7jnEbES193VjZq, Ягона реестр ариза бланкалари 2намуна, inklyuziv taʼlim tushunchasi Rayhona (1), TARBIYA FANINI O, Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep, Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash, kreativ, 3-sinfda matematika, tarbiya fanini o\'qitish yaxlit

    Shakl berilgan va havo puflangan makaron mahsulotlari kesuvchi mexanizm yordamida kerakli uzunlikka kesiladi va quritish uchun qurituvchi yuzalarga (kalta qirqilganlar), lotokli kassetalarga (makaronlar kassetali usulda quritilganda), yoki bastunlarga (uzun mahsulotlar osib quritilganda) joylashtiriladi. Makaron ishlab chiqarish korxonalarida kalta qirqilgan mahsulotlar kO'pincha konveyerli quritgichlarda quritiladi. Nam mahsulotni (yarimtayyor mahsulotni) quritgichning kengligi 2 m ni tashkil qiladigan yuqorigi tasmasiga uzatish, tasmaning kengligi bo'ylab mahsulotni bir tekis taqsimlanishini ta'minlovchi, mexanik taxlagich (yoyib, sochib, titib tashlagich) vositasi yordamida amalga oshiriladi. Quritish shkaflarida makaronlarning quritilishi kassetalarda terilgan holda amalga oshiriladi. Bir tekis quritish va sifatli mahsulot olish uchun makaronlar kassetani tekis va to'liq to'ldirishi lozim. Bunda naychalar orasidan havo o'tishi osonlashadi, ularning yopishishi kamayadi va deformatsiyalangan, pachaqlangan makaronlar hosil bo'lishining oldi olinadi.

    Uzun mahsulotlarni osib quritishda bastunlarga osilgan nam mahsulotlar (vermishel, ugra, makaronlar) bastunni to'liq to'ldirib, birbiriga tegib turishi kerak. Ammo mahsulotlarga yetarlicha havo tegishi uchun ular bir-birining ustiga chiqib qolmasligi kerak. So'nggi paytlarda ishlab chiqarilgan o'zi osuvchi qurilmalar qo'shimcha tekislovchi qirralarga ega. Mahsulotlar kesib olingan pastki uchlarining nam qirqimlari pnevmotransport bilan qayta ishlash uchun xamir aralashtirgich tog'orasiga keltiriladi.

    NAM MAKARON MAHSULOTLARINI QURITISH

    Nam makaron mahsulotlari - turli xii biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar kechishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bu jarayonlar rivojlanishining oldini olish uchun mahsulotlar suvsizlantirish usuli bilan konservalanadi-ya'ni 13 % dan yuqori bo'lmagan namlikkacha quritiladi. Makaron mahsulotlarini quritish ularni ish lab chiqarish jarayonidagi eng uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Uning muvofiq ravishda o'tkazilishi bilan tayyor mahsulotlarning mustahkamligi, slmq yuzasining yaltiroqligi, kislotaliligi kabi ko'rsatkichlari darajasi bog'liq bo'ladi. Namlikni ajratishni haddan ortiq jadal ravishda olib borish mahsulotlarning yorilishiga, namlikni ajratishning birinchi bosqichida juda uzoq quritish mahsulotlarning achishiga, qatlam holida quritish esa yopishgan mahsulotlardan to'dalar hosil bo'lishiga va mahsulotlarning deformatsiyalanishiga olib keladi. Zichlangan makaron xamiri va nam makaron mahsulotlari kolloidkapillar-g'ovak materiallar xossalariga ega bo'lganligi tufayli, ularda namlikning uch shakldagi bog'lanishi uchraydi: kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik-mexanikaviy. Ammo nam mahsulotlarda namlik bog'lanishining, asosan, birinchi ikkita shakli kuzatiladi.


    Download 0.74 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19

    Download 0.74 Mb.