Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
136
semia-ma’no) ko‘p ma’noli so‘zlardir. Ko‘p ma’noli so‘zlar ikki va undan ortiq
so‘zlarda shakl bir, ma’no esa o‘zaro bog‘liq bo‘lgan statusdir. Masalan, insonning
ko‘zi va
daraxtning ko‘zi so‘z birikmalarida
ko‘z shakli ma’no bog‘liqligi; qushning
qanoti va samolyotning
qanoti birikmalarida qanot vazifasi(muvozanat saqlash)
ma’nosi bog‘liqligi;
og‘ir yuk va
og‘ir xayol birikmalarida belgi o‘xshashligi ma’no
bog‘liqligi mavjud. Kontekstda polisemiyalardan keng foydalanish badiiy tasvir va
ta’sirni kuchayishida, yozuvchi salohiyatini qanchalar
yuksakligini aniqlashdagi
o‘rni aytarli darajada salmoqli.
Omonim yunoncha omo- bir, onema- nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, aytilishi
va yozilishi bir xil, atash ma’nosi turli bo‘lgan so‘zlardir, ya’ni shakldosh so‘zlar.
Shakldosh so‘zlar bu- bir shakldagi turli ma’noli so‘zlar. Misol uchun ot-
(harakat)fe’l, ot(hayvon)ism, ot-(so‘z turkumi)ism.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Bu
ikkisi o‘rtasidagi asosiy differensiya(farq)- ma’no bog‘liqlik tarafi. Ko‘p ma’noli
so‘zlarda ma’no bog‘liqligi bor: odam
qulog‘i- qozon
qulog‘i(ikkov birikmadagi
quloq so‘zi uchun shakliy o‘xshashlik umumiy), omonimlarda esa aksincha bir necha
so‘zlar shakli o‘xshash bo‘lsa ham, ma’no o‘zaro mutanosib emas: uch(raqam)-
uch(harakat)-uch(ma’lum
predmetning old, uch qismi). Bu ikki lisoniy birlikning
yana bir farqi, o‘z xarakterini bir yoki bir necha so‘z turkumi doirasida ko‘rsata olishi
sanaladi. Ma’no tarafdan farqlay olmagan shaxsga, bu ikkinchi usul qo‘l
kelishi
tabiiy. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra ko‘p ma’noli so‘zlar faqat bir so‘z turkumi
doirasida, omonim so‘zlar esa bir va bir necha so‘z turkumi doirasida uchraydi.
Quyida na‘munalar bilan tanishasiz:
Itning dumi(ot)- samolyotning dumi(ot)
Shirin so‘z(sifat)-shirin ovqat(sifat)
Nonni ko‘tarib chiqdi(fe’l)- muammoni ko‘tarib chiqdi(fe’l)
Davlat(ot)mamlakat- davlat(ot) mol-dunyo
Yoz(ot)fasl- yoz(fe’l)daftarga yozmoq- yoz(fe’l)dasturxon yozmoq va
h. k