• Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o`rgatish
  • Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari




    Download 73.19 Kb.
    bet7/15
    Sana07.01.2024
    Hajmi73.19 Kb.
    #131611
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    6 yoshli bolalarni masala tuzishga o`rgatish metodikasi
    IoT - Environmental Monitoring, Topshiriq-1 (Masala ishlash), 14-ma\'ruza, 16-ma\'ruza, Innovatsion jarayonlarning modellari reja Innovatsion jarayonni-fayllar.org, Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax f, amaliyot, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazo, Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama, Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi, 62, Ja0JsJOoX6VrV7vAsgqDO4U2bkFZNyLYY1Mn0Nt5, Mahmud ov Valijon
    Og`zaki masalalar. Oldingi o`ilingan ishlar ko`rsatma materialsiz masala (og`zaki masala) tuzishga o`tish uchun imkoniyat yaratadi.
    Og`zaki masala tuzishga shoshilmaslik kerak. Bolalar, odatda masala sxemasini oson o`zlashtirб oladilar, unga ergashib, darhol hayotdagi haqiqatni noto`g`ri ifodalaydilar, bunda masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar mantig`ini tushunmaydilar.
    Bajarilishi lozim bo`lgan harakatlarning mazmuni yaxshi o`zlashtirib olingandan keyin, bolalar o`z tajribalari asosida tuzilgan masalalarni ham echa oladilar. Xilma xil mazmundagi masalalar tevarak atrof haqidagi bilimlarni aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, ularning bog`lanishi va munosabatlarini aniqlashga, ya`ni hodisalarni o`zaro bog`lanish va o`zaro bog`liqliklari bilan idrok etishga o`rgatadi.
    Dastlabki og`zaki masalalarni bolalarga tarbiyachi beradi: Grafinda 5 ta stakan suv bor edi. Sobir 1 stakan suv ichdi. Grafinda nechta stakan suv qoldi?, Quruvchilar ko`chaning bir tomonidagi 5 ta uyni, ikkinchi tomonidagi 1 ta uyni topshirdilar.Quruvchilar nechta uy topshirishdi? O`quvchilar maktаб oldiga 6 ta olma va 1 ta nok ko`chati o`tqazishdi. Ular hammasi bo`lib nechta meva daraxti o`tqazishdi?.
    Tarbiyachi bolalarni masalalar tuzishga o`rgata borib, songa oid material hajmini belgilaydi. Bolalar masalalarning hayotiy munosabatlarini to`g`ri aks ettirishlarini kuzatib borishlari kerak. Har safar biror bola o`ylab topgan narsa haqiqatda ham shunday bo`lish bo`lmasligi muhokama qilinadi.
    Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o`rgatish
    Bolalar masala tuzilishini, masalalarni mustaqil tuzishni savollarga to`g`ri javob berishni o`rganib olganlaridan keyin ularni arifmetik amallarni (qo`shish va ayirishni) ifoda etishga o`rgatish mumkin. Bolalar "Masalani echish uchun nima qilish kerak?, Siz masalani qanday echdingiz?" - kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlay olish hamda olingan natijani tushintira olish ko`nikmasini o`stirish muhimdir.
    Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda bolalar birinchi sinf o`quvchilari masala yechishda foydalanadigan metodlarni elallab olsinlar. Masala muayyan sxema asosida tahlil qilinadi.
    Namunaviy savollar: "masalada nima haqida gapiriladi? Nima deyilgan? Nechta? (Masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular o`rtasidagi munosabatlar aniqlanadi). Biz nimani bilamiz? (Nima ma`lum?) Biz nimani bilmaymiz? (Nima noma`lum?) masalani echish uchun nima qilish kerak? Predmetlar soni ko`paydimi yoki kamaydimi? SHunday qilib masalani echish uchun nima qilish kerak?"
    Bolalar arifmetik amallarini ifoda etib, masala savollarga to`liq javob beradilar hamda echimning to`g`riligini tekshiradilar.
    Faoliyat oxirida muayyan harakat qanday miqdoriy o`zgarishlarga olib kelganini - natijada miqdor ko`payganmi ta`kidlash zarur. Har bir bola masalani takrorlash, uning elementini ajratib olish, tanlangan harakatni tushuntirish ko`nikmasini egallab olishi kerak.
    Yig`indini topishga 1 ta faoliyat bag`ishlanadi, so`ngra bolalar: qoldiqni toshishga, ya`ni hisoblash harakatlarini ifoda etishni, o`rganadilar.
    Masalani tahlil qilish ham qo`shish amalini ifoda etishdek o`tiladi. Tarbiyachi oxirida "6 dan 1 ni ayirsak, 5 qoladi", deydi. Bolalar hisoblash ifodasini taqqoslaydilar. O`qituvchi (tarbiyachi) ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi sonni ayirish kerakligini so`zlab berishlarini aytadi. Bolalarning nima uchun ayirish kerakligini va ayni harakat qanday miqdoriy o`zgarishlarga (soni kamaydi) olib kelganini tushunib olishlari muhimdir.
    Bolalar maktabda qo`llaniladigan arifmetikaga doir atamalarni o`rganib olishlari kerak.
    Bolalarga dastlabki qadamdanoq "qo`shish", "ayirish", "hosil bo`ladi", "teng bo`ladi" so`zlarini o`rgatib borish kerak. "Oluv", "qoladi" kabi turmushda ishlatiladigan so`zlardan qochish lozim.
    Bolalarning harbir harakatning mazmunini, shuningdek harakatlar o`rtasidagi bog`liqlikni anglab olishlari uchun qo`shish va ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslashzarur. Bu ularning farqini yaxshiroq tushunish va tegishli harakatlarni farq qiladigan, keyinroq esa biri ikkinchisiga o`xshash masalalarni taqqoslash uchun kerak bo`ladi. Masalan, bolalar bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, so`ngra konvertlardan 1 ta kvadrat oladilar, ayrim hollarda esa konvertta 1 ta kvadrat qo`shadilar, shunday qilib ular qo`shish va ayirishga oid masala tuzadilar. Masalalar nimasi bilan bir-biriga o`xshash va bir- biridan nimasi bilan farqqilishini aniqlaydilar. Tarbiyachi savollaр beradi: "Birinchi va ikkinchi masalalarda nimalar to`g`risida gapirilyapti? Nima ma`lum? Nimani bilish kerak? Birinchi masalani echish uchun nima qilish kerak? Qaysi masalada natija (yig`indi) ko`proq chiqadi? Qaysi birida kamayadi? Nima uchun?" Birinchi masalada biz 1 ta kvadrat qo`shdik, kvadratlar ko`paydi - biz qo`shdik. Ikkinchi masalada biz 1 ta kvadratni oldik, konvertdagi kvadratlar kamaydi, deb javoblarni umumlashtiradi.
    Keyinchalik bolalar mustaqil suratda bir sonin ikkinchi songa qo`shish yoki bir sondan ikkinchi sonni ayirishga doir masalallarni tuza oladilar.
    Bolalar e`tibori masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi. qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga qancha qoldi?) ega bo`lishi bilan farqqiladi. CHunki ayirishga oid oddiy masalalarni echish bolalarda qiyinchilik tug`dirmaydi.
    qo`shishga oid masala savolida masala shartida bayon etilgan yoki undan kelib chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi shart. Odatda bolalar sxemasini tezda o`zlashtirib olib, savolni bir qofiyada ifoda etadilar: "Qancha bo`ldi?" Ularni tasvirlangan harakatlarni aks ettirib yanada aniqrok ifodalar qildirishga undash kerak: "Nechta sovg`a qilishdi? "Nechta quyishdi"? "Nechta o`tiribdi" "Nechtasi sayr qilyapti?" "Nechta bola hovlida o`ynamoqda?" va hokazo.
    Masalalarni tasvirlash usuli masaladagi berilgan sonlarining nechtaligini ta`kidlashga va ular o`rtasidagi munosabatlarni aniqlay bilish ko`nikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng qimmatli usul - masalani tasvirlashdir.
    Rasmda 2 ta qo`shiluvchi predmetni ko`rsatib tasvirlash kerak. Bolalarni predmetlarni sxematik tasvirlash usullari bilan tanishish ham foydalidir.
    Dastlabki 1 - 2 ta masalani tarbiyachining o`zi tasvirlab chizadi. U doskaga bo`r bilan ichiga 5 ta qo`ziqorin solingan savatchaning rasmnni chizadi. Bolalar tarbiyachi qanday masalani chizginini topganlaridan keyin, o`zlari xoxlagan predmetlari haqida masala tuzadilar.
    Bolalarni masaalaninig javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Tarbiyachi tez chiziladigan predmetlarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va l - 2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganligini topadilar. Ular qaysirasm bo`yicha masala tuzish mumkin, qaysimasala bo`yicha masala tuzib bo`lmasligini, nima uchun, xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan sonlar ko`rsatilishi kerakligi haqida ishonch hosil qilinadi. O`zaro tekshirish uyushtirilsa yaxshi bo`ladi stol atrofida o`tirganlar o`zaro rasmlarini almashtirib o`rtog`ining rasmi bo`yicha masala tuzadilar.
    Ayirishga oid masala tuzishda ko`pincha 2 ta rasm chizishga to`g`ri keladi: birida kamayuvchi, ikkinchisida - qoldiq va ayriluvchi chiziladi. Masalan 6 ta archa, ikkinchisida 5 ta archa va 1 ta to`nka chiziladi.

    Download 73.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 73.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari

    Download 73.19 Kb.