• 1.2. Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi
  • I BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA MATEMATIKAGA OID ISHLARNING MAZMUNI VA METODIKASI




    Download 73.19 Kb.
    bet3/15
    Sana07.01.2024
    Hajmi73.19 Kb.
    #131611
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    6 yoshli bolalarni masala tuzishga o`rgatish metodikasi
    IoT - Environmental Monitoring, Topshiriq-1 (Masala ishlash), 14-ma\'ruza, 16-ma\'ruza, Innovatsion jarayonlarning modellari reja Innovatsion jarayonni-fayllar.org, Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax f, amaliyot, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazo, Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama, Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi, 62, Ja0JsJOoX6VrV7vAsgqDO4U2bkFZNyLYY1Mn0Nt5, Mahmud ov Valijon

    I BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA MATEMATIKAGA OID ISHLARNING MAZMUNI VA METODIKASI

    1.1. Maktabgacha ta’limda bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashga qo`yiladigan zamonaviy talablar.


    Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng ko`lamli ish bo`lib, u bosqchma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Xalq ta`limi vazirligi hamda joylardagi ta`lim - tarbiyaga tegishli bo`lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotga joriy etish yuzasidan o`z faoliyatini maqsadli yo`nalishda olib boradilar.
    Bolalarning bilim, ko`nikma va malakalari har o`quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat faoliyatlari orqali tekshirib boriladi. 6 - 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, ko`rsatkichlari asosida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi.
    Davlat talablari ko`rsatkichlariga erishish "Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi" asosida bolalarning ilk va 6 - 7 yoshga etgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning билим, ko`nikma va malakalari har o`quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat faoliyatlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbу Davlat talablari ko`rsatkichlari asosida tekshiriladi.

    1.2. Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi


    Bolalar bog`chasining tayyorlov gruppasida bir haftada ikkita, bir yilda 72-74 faoliyat o`tkazish rejalashtiriladi. Faoliyatlar sentyabrdan may oyining oxirigacha harbiri 25 - 30 minutdan o`tkaziladi. Faoliyatlar kompleks rejalashtiriladi, ya`ni 2-3 dastur vazifasi olinadi.
    Faoliyatlarda didaktik o`yinlar, ko`rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
    Bolalar 30 minut davomida faoliyatga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim:
    1. Dastur materialini yaxshi o`zlashtirib olish.
    2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlashi.
    3. Butun faoliyat davomida bolalarning qiziqishini "ushlab turishga" e`tibor berish.
    4. Bolalar faoliyatini o`zgartirib turishga e`tibor berish.
    5. Faoliyat o`rtasida fizkul`t minutka yoki harakatli o`yinlar o`tkazishni rejalashtirish.
    6. Faoliyatda bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
    7. Bolalarning xilma - xil javoblarini rag`batlantirish.
    8. To`g`ri javoblarga bolalarning diqqatini qaratib, butun gruppa bolalari kerakli materialni o`zlashtirshlariga yordam berish.
    9. Har bir bolaning faoliyatda mustaqil ishlashiga erishish.
    Dastur materialini faoliyatlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko`nikmalariga ularning tayyorligiga e`tibor berish lozim.
    Tarbiyachi o`z nutqiga alohida e`tibor berishi kerak. Maxsus terminlarni to`g`ri qo`llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan: son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. "qaysi son katta, qaysinisi kichik" deb so`raladi (qaysi raqam katta" - deyish mumkin emas).
    SHartli o`lchovlardan foydalanishda "Bu erda necha o`lchov" emas, "Necha o`lchovni qo`yib olishga teng" - deyish kerak. Metodik ko`rsatmalarda uchraydigan ayrim maxsus terminlarni ("klassifikatsiya", sonlarning miqdoriy tarkibi) tarbiyachi bolalarga tushintirishda ishlatmasligi, tarbiyachining nutqi bolalarga tushunarli bo`lishi, tushuntirish hissi mazmunli, ifodali bo`lishi kerak. Faoliyatda hamma bolalarning aktiv ishtirok etishlariga erishish maqsadida harbir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar bo`lishi tavsiya etiladi. Agar o`rtog`ining javobi to`g`ri bo`lsa, yashil kartochka, noto`g`ri bo`lsa qizil kartochka, o`rtoqining javobi uni qoniqtirmasa (o`rtog`ining javobini to`ldirmoqchi bo`lsa) ko`k kartochkani ko`rsatishlari lozim. Bunda hamma bolalar o`rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom ham buzilmaydi. ("Men javob beray", "noto`g`ri" degan qichqiriqlar bo`lmaydi). Tayyorlov gruppasida ishni tayyorlashdan boshlash lozim. Tarbiyachi bolalarni 40 gacha sanashga o`rgatishni davom ettiradi, harbir sonni tegishli raqam bilan ifodalashga, harbir sonning qatordagi o`rnini aniqlashga, harbir son qaysisondan keyin va qaysisondan oldin aytilishi, miqdoriy va tartib sonlarni farq qilishga, son elementlarining katta kichikligiga, yaqin-uzoq masofasiga, joylanishiga bog`liq emasligini o`rgatadi. SHunday qilib natural son qatori haqidagi muhim vazifa hal qilindi. Sanash, sanab ajratishda bolalar o`yinchoqlarni, predmetlarni, geometrik figuralarni, tovushlarni, harakatlarni sanaydilar. Sanashni mashq qilishda bolalar predmetlarni sanab tushirib qoldirilishi yoki predmetni bir necha marta qayta sanamasligi kerakligini tushunib oladilar. Son sanash yo`nalishiga bog`liq emasligini, sanashda miqdor va tartib sondan foydalanish mumkinligini tushunadilar. To`plamlarni sanash orqali va bir-birining tagiga qo`yib taqqoslash orqali aniqlash mumkinligini ko`radilar (masalan, yuqori qatorda 6 ta olma, pastki qatorda 7 ta nok bor. Ularni son shakli va raqam bilan belgilanadi). Bu tushunchalar o`yinlarda mustahkamlanadi: "Adashma", "Xatoni tuzat", "Nimaning urni o`zgardi?", Tovushlarni sanaydilar va uni sonli shakl raqam bilan ko`rsatadilar. Ayniqsa, 10 sonini raqam bilan yozishda alohida e`tibor berish kerak. Buning uchun "0" ni tushintirish kerak. Flaneregrafga 10 ta kvadrat qo`yiladi, birma - bir kvadratlarni olib qo`yib nechta qoldi, - deb so`rab turiladi, oxirgi kvadratni olib qo`ygach, bolalar "1 ta ham kvadrat qolmadi" - deyishadi. Bitta ham qolmaganligini "0" bilan belgilanadi. "0" sonini 1 sonidan nechta kam, qo`shuv 1 soni "0" sonidan nechta ko`p? - deb so`raladi. Buni aniqlab "0" sonining qatordagi o`rnini tushunadilar.

    Download 73.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 73.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA MATEMATIKAGA OID ISHLARNING MAZMUNI VA METODIKASI

    Download 73.19 Kb.