Bolalarni masalalar tuzishga o`rgatish




Download 73.19 Kb.
bet5/15
Sana07.01.2024
Hajmi73.19 Kb.
#131611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 yoshli bolalarni masala tuzishga o`rgatish metodikasi
IoT - Environmental Monitoring, Topshiriq-1 (Masala ishlash), 14-ma\'ruza, 16-ma\'ruza, Innovatsion jarayonlarning modellari reja Innovatsion jarayonni-fayllar.org, Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax f, amaliyot, 10-sinf Fizika olimpiada uchun, Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazo, Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama, Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi, 62, Ja0JsJOoX6VrV7vAsgqDO4U2bkFZNyLYY1Mn0Nt5, Mahmud ov Valijon
Bolalarni masalalar tuzishga o`rgatish
Tarbiyachi birinchi faoliyatda bolalarga masala haqida umumiy tushuncha berib, amalda shartlar tuzish va unga savollar qo`yishni o`rgatadi.
Dastlab bir ikkita masalani tarbiyachining o`zi tuzadi, bunda u o`zining ko`rsatmasiga binoan bolalar bajargan harakatlarni tavsiflaydi: "Seryoja stolga 3 ta matreshka qo`ydi. Vera yana 1 matryoshkani olib kelib qo`ydi. Vera va Seryoja hammasi bo`lib nechta matryoshka olib kelishdi?".
Bolalar Vera 1 ta matryoshka olib kelganini, hammasi bo`lib esa 4 ta matryoshka bo`lganini 4 sonining 1 dan ko`pligini tushuntiradilar. Tarbiyachi: "Men masala tuzdim, sizlar esa uni echinglar. Эndi biz masala tuzish va uni echishni o`rganamiz, - deydi. Bolalar hozirgina echgan masalani eslaydilar. Tarbiyachi bolalarga masalani qanday qilib tuzganini tushuntiradi. "Avval stol ustiga Seryoja nechta matryoshka qo`yganligini, Vera nechta matreshka olib kelganini, so`ngra esa Vera bilan Seryoja nechta matryoshka olib kelganini so`zlab berdim. Siz Vera bilan Seryoja 4 ta matryoshka olib kelishganini aytdingiz. Masalani echib, siz savolga to`g`ri javob berdingiz.
Yana bitta xuddi shunday masala tuzadilar. Masala savoliga to`liq va aniq javob berish kerakligini ta`kidlash muhimdir. Agar bola biror narsani o`tkazib yuborsa, masalan, faqatgina predmetning miqdori haqida gapirsa, ("4 ta matryoshka") u holda tarbiyachi undan qanday matryoshkalar haqida so`z borayotganini so`raydi.
Masala tuzilishi bilan tanishish. Masala tuza bilish ko`nikmasi, uning tuzilishini o`zlashtirib olish uчун zamin yaratadi. Bolalar masala tuzilishi bilan ikinchi yoki uchinchi faoliyatda tanishadilar: ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar, masala shartida kamida 2 ta son bo`lishligi alohidа ta`kidlanadi.
Tarbiyachi bolalarga murojaat qilib, men hozir sizlarga masalada nima haqida gapirilishini so`zlab beraman, siz bo`lsangiz men aytgan narsalarimning hammasini ko`rsatasiz. Bolalar kartochkaning chaп tomoniga 6 ta bayroqcha, o`ng tomoniga 1 ta bayroqcha qo`ydilar. Kartochkaga hammasi bo`lib nechta bayroqcha qo`yishdi? Biz masala tuzdik. Keling, uni takrorlaymiz va bilganlarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz. Biz nimani bilamiz? Bolalar chap tomonda 6 ta, o`ng tomonda esa 1 ta bayroqcha bor", deb javob beradilar. "Buni biz bilamiz. Bu masalaning sharti" - deb tushuntiradi tarbiyachi. Masalada nima so`ralayapti? Bolalar: "Kartochkada hammasi bo`lib nechta bayroqcha bor? - deb savol beradilar. "Biz buni bilmaymiz. Biz mana shuni aniqlashimiz kerak. Bu masala savoli har biр masalaning o`z savoli va o`z sharti bor. Bizning masalamizda qanday sonlar haqida gapirilyapti? Siz qanday savol qo`ydingiz? Masalamizni takrorlaymiz.
Tarbiyachi bolalardan biriga masala shartini takrorlashni, bosh?asiga savol qo`yishni taklif etadi. Masala qanday ikki qismdan tuzilganligi aniqlanadi. Ular shu usulda 2-3 ta masala tuzadilar.
Bolalar ko`rsatma materialisiz masalalar tuzishni o`rganib olganlaridan keyin, masala tuzilishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun uni hikoya va topishmoq bilan ongli ravishda taqqoslash foydalidir.
Masalani topishmoqlar bilan taqqoslash yaxshidir. Sonlar, ko`rsatilgan topishmoqlar tanlab olinadi. "Bittasi gapiradi, ikkinchisi tomosha qiladi, yana ikkitasi esa eshitadi" (og`iz, ko`z, quloqlar). "Bir tom ostida to`rt og`ayni yashaydi" (stol) va ?.k.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bu erda qanday savollar berish mumkinligini muhokama qiladi: "Bu nima? Stolning nechta oyog`i bor? va hakozo. Topishmoqda qanday predmet haqida gap borishini topish kerak. Masalada esa miqdorni, necha soni hosil bo`lishini yoki nechta predmet qolishini bilish kerak. Masalan topishmoq bilan solishtirish masala savolining arifmetik mazmunini ta`kidlash imkonini beradi. Bolalarni masalani hikoya, topishmoqdan farq qilishga yordam beruvchi umumiy usullardan foydalanishga o`rgatish foydalidir. Tekstni (matnni) quyidagi plan asosida tahlil qilish mumkin. Bu erda sonlar bormi? Bu erda nechta son bor? Bu erda savol bormi?
Faoliyat oxirida bolalarga topishmoq, hikoya va masalani qaytadan tuzish uchun nima qilish kerakligini o`ylash taklif etiladi.
O`rgatishning bu bosqichida birinchi faoliyatda bolalar qo`shishga, keyinroq esa qo`shish va ayirishga oid masalalarni echadilar, qo`shish va ayirishga oid masalalar navbatlashtirib turiladi. Javobni qo`shni sonlar o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlar haqidagi tushunchaga asoslanib topadilar.

Download 73.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 73.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarni masalalar tuzishga o`rgatish

Download 73.19 Kb.