Matematika darslari samaradorligini oshirishda




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.12.2023
Hajmi0,7 Mb.
#114947
1   2   3   4   5
Bog'liq
88-93

www.pedagoglar.uz 
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 89 
hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Buning uchun 
ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlashda imkoniyati va sharoitini yaratib berish 
zarur. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiy, fan, 
madaniyat, texnika texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan 
tizimining amal qilishga erishishdir. Hozirgi kunda ta’lim samaradorini oshirish 
uchun 
bilimlarni 
mustahkam 
egallashdan 
tashqari 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy 
mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarni biladigan o‘qituvchilar kerak. 
hozirgi kunda ta’lim muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh iqtidorli pedagog va 
ilmiy kadrlarda malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida turli treyninglar, 
seminarlar, pedagogik texnologiyalar maxsus kursi yo‘lga qo‘yildi.
Pedagogik texnologiyalardan biri «Bumerang» texnologiyasi – psixologiyada va 
xususan tashviqot-targ‘ibot psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalarida keng 
qo‘llaniladigan texnologiyadir. Ushbu texnologiya o‘qituvchi tomonidan 
o‘quvchilarga axborot manbaasining ta’siri yordamida auditoriya yoki alohida 
o‘quvchiga tasir etib qayta javob olish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu texnologiya dars jarayonida, o’tilgan bob mavzularini takrorlashda
darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni 
yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir 
dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat 
yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon 
qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy 
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
jamoa bilan ishlash mahorati; muomalalik; xushfe’llik; ko‘nikuvchanlik;
o‘zgalar fikriga hurmat; faollik;
rahbarlik sifatlarini shakllantirish; ishga ijodiy yondashish; o‘z faoliyatining 
samarali bo‘lishiga qiziqish; o‘zini xolis baholash.



Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika darslari samaradorligini oshirishda

Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish