• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: B1
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: B1
  • I BOB. HOSILA VA UNING TATBIQLARI (43 soat, B1+: 17 soat) 1-3-mavzular
  • 8-11-mavzular
  • (4 soat) B1+
  • 36-40-mavzular
  • Kognitiv kompetensiya
  • Nazorat ishi – 1 soat ( B1+: 1 soat) II BO B . INTEGRAL VA UNING TATBIQLARI ( 27 soat, B1+: 7 soat )
  • 49-52-mavzular
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi




    Download 37.56 Kb.
    bet2/3
    Sana31.12.2019
    Hajmi37.56 Kb.
    #7067
    1   2   3

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    B1

    mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;

    matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;

    isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi;

    o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;

    masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajara oladi;

    o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;

    yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;

    olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi;

    qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi;

    xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi;

    mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi;



    o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.

    B1+

    nostandart vaziyatlarini tahlil qila oladi, maqsadlarni belgilay oladi, o‘zining faoliyatini regalashtira oladi;

    o‘zining shaxsiy pozisiyasiga asoslanib noaniq holatlarda o‘z o‘rnini topa oladi;

    real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining va boshqalarning pozitiv emosional munosabatini shakllantira oladi.

    analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi;

    muammoning yechimi olib keladigan asosiy g‘oyani topa oladi;

    deduktiv mushohada yuritishning asosiy usullaridan foydalana oladi.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    B1

    turli nuqtayi nazarlarni qabul qila oladi va solishtira oladi;

    guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara oladi;

    boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;

    atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi;

    muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;

    guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi.

    B1+

    o‘z maqsadlarni belgilay oladi va ularni boshqa insonlarning intilishlariga moslashnira oladi;

    qo‘yilgan maqsadga muvofiq o‘zining faoliyatini rejalashtira oladi;

    turli vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qiladi va shu qarorni bajarilishini tam’inlay oladi;

    umumiy masalani yeshish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira oladi va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila oladi;

    turli nuqtayi nazarlarni tanqid qila oladi.



    Milliy va umummadaniy kompetensiya:

    B1

    matematika umuminsoniy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera oladi;

    zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira oladi;

    real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;

    matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi xislatlarni hosil qilish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;

    zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi;

    matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira oladi.



    B1+

    matematikaning har bir shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish nuqtayi nazaridan ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;

    matematik modellashtirish tevarak-atrofimizni anglashda muhim qurol ekanligini tushuntira oladi;

    o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi;

    ko‘zlagan maqsadga intila oladi.

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

    B1

    aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;

    kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;

    o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.



    B1+

    matematik nazariyalar aksiomatik tizimlari, aksiomalar mantiqiy mavqega ega ekanligi, aniqlanadigan va aniqlanmaydigan tushunchalar, qoida va teoremalar haqida tushuntira oladi;

    matematik modellashtirish, aksiomatik usulning ahamiyatini tushuntira oladi;

    kundalik vaziyatlarda ro‘y beradigan turli muammolarni hal etish uchun matematik tafakkur yurita oladi;

    aniq va tabiiy fanlarda, iqtisodiyotda, gumanitar tadqiqotlarda matematik modellashtirish usulining mohiyatini tasavvur qila oladi.

    Shuningdek, matematika fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.


    I BOB. HOSILA VA UNING TATBIQLARI

    (43 soat, B1+: 17 soat)
    1-3-mavzular: O‘zgaruvchi miqdorlar orttirmalarining nisbati va uning ma’nosi; urinma ta’rifi; funksiya orttirmasi. (3 soat)

    4-7-mavzular: Hosila, uning geometrik va fizik ma’nosi. (4 soat)

    B1+: Nostandart masalalarni yechish. (3 soat)

    8-11-mavzular: Hosilani hisoblash qoidalari. (4 soat)

    B1+: Nostandart masalalarni yechish. (3 soat)

    12-15-mavzular: Masalalar yechish. (4 soat)

    16-mavzular: Urinma tenglamasi. (1 soat)

    Nazorat ishi. (1 soat (B1+ : 1 soat))

    17-20-mavzular: Ikkinchi tartibli hosila va uning tatbiqlari. (4 soat)

    B1+: Nostandart masalalarni yechish. (3 soat)

    21-25-mavzular: Hosila yordamida funksiyani tekshirish va grafiklarni yasash. (5 soat)

    Nazorat ishi. (1 soat)

    26-29-mavzular: Geometrik, fizik, iqtisodiy va boshqa tatbiqiy masalalarni, jumladan, ekstremal masalalarni yechishda differentsial hisob usullari. (4 soat)

    B1+: Nostandart masalalarni yechish. (3 soat)

    30-32-mavzular: Sodda elementar funksiyalarning Makloren qatorlari va ularning tatbiqlari. (3 soat)

    B1+: Nostandart tenglama va tengsizliklarni yechish. (5 soat)

    33-35-mavzular: Hosila yordamida modellashtirish. (3 soat)

    36-40-mavzular: Masalalar yechish. (5 soat)
    Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyalar:

    B1

    ikki orttirma nisbatiga olib keladigan jarayonlarni (jumladan, kinematika, radioaktiv yemirilish, aholi ko‘payishi, moddaning isishi va sovushi) modellarini qura oladi va tegishli masalalarni yecha oladi;



    funksiyalar hosilalarini ta’rifdan topa oladi;

    funksiyalar grafiklarini hisoblash vositalari yordamida yasay oladi va ulardan biriga qarab ikkinchisining hossalarini ayta oladi;

    tezlik-vaqt bog‘lanishning grafigiga qarab, masofa-vaqt bog‘lanishning grafigini yasay oladi hamda tezlanish-vaqt bog‘lanishning grafigiga qarab, tezlik-vaqt bog‘lanishning grafigini yasay oladi;

    sodda optimallashtirish masalalarini yecha oladi;

    burchak ostida o‘tilgan moddiy nuqtaning berilgan vaqt onida yo‘nalishini topa oladi;



    shartlarning ma’nolarini va funksiyalar grafiklari orasidagi munosabatni misollarda tushuntira oladi;

    parametrik yoki oshkor ko‘rinishda berilgan sodda funksiyalarni differensiyalay oladi. Hosila yordamida statsionar nuqtalar tabiatini (lokal maksimum va minimum, egilish nuqtasi) sodda funksiyalar uchun aniqlay oladi;

    hisoblash vositalari yordamida maksimum va minimum nuqtalarini, funksiyaning berilgan nuqtada taqribiy qiymatini topa oladi;

    parametrik yoki oshkor ko‘rinishda berilgan sodda funksiyalar grafiklariga urinma va normal to‘g‘ri chiziqlar tenglamalarni yoza oladi;



    Makloren qatorining bir nechta hadini topa oladi, jumladan ratsional uchun ko‘rinishdagi funksiyalar uchun, kichik burchaklar uchun munosabatlarni qo‘llay oladi;

    funksiya va uning Makloren qatorining grafiklari orasidagi farqni tushuna oladi ;



    ga o‘xshash qiymatlarni hisoblay oladi.

    B1+

    sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;

    nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi;

    sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi.



    Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):

    B1

    o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;

    o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;

    standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.



    B1+

    nostandart vaziyatlarda klassifikasiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va iduksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.



    Nazorat ishi – 1 soat (B1+: 1 soat)
    II BOB. INTEGRAL VA UNING TATBIQLARI

    (27 soat, B1+: 7 soat)
    41-44-mavzular: Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari. (4 soat)

    45-48-mavzular: Integrallar jadvali; eng sodda integrallash qoidalari. (4 soat)

    49-52-mavzular: Aniq integral; Nyuton-Leybnits formulasi. (4 soat)

    Nazorat ishi. (1 soat)

    53-56-mavzular: Aniq integralning tatbiqlari. (4 soat)

    57-mavzular: Taqribiy integrallash. (1 soat)

    58-59-mavzular: Differentsial tenglamalar haqida dastlabki tushuncha. (2 soat)



    Download 37.56 Kb.
    1   2   3




    Download 37.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    Download 37.56 Kb.