• Metallarning qattiqligi
  • 1.4. Qotishmalarning xossalari Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan olingan murakkab jism qotishma
  • issiqlikka chidamli metallar




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/58
    Sana04.09.2022
    Hajmi1.4 Mb.
    #25574
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
    Bog'liq
    materialshunoslik1
    1- tajriba ishi, Bulutli texnologiyalar, portal.guldu.uz-Ona tili o’qitish mеtodiкasi (II qism) , muslima, 01 jadval 15 талик
    issiqlikka chidamli metallar deb ataladi.
    Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘z
    tuzilishini saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda ham
    deformatsiyalanmaslik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallar
    o‘tga chidamli (olovbardosh) metallar deb ataladi.
    Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi.
    Bunday ta’sirlarga chidamli metallar kislotaga, tuzga, ishqorga
    chidamli metallar deb ataladi.
    Metallarning mexanik xossalari
    Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchan-
    lik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metall
    namunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi.
    Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi,
    chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘z-
    gartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta.
    Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metall
    shuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.
    Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq
    jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik
    metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat
    detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi.
    Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p
    kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniq-


    14
    lanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konus-
    simon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan
    aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.
    1.4. Qotishmalarning xossalari
    Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan
    olingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misol
    sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va
    boshqalarni keltirish mumkin.
    Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning
    kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu-
    yumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan
    ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall-
    keramik detallar shu yo‘sinda olinadi.
    Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining
    diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish
    haroratiga ko‘ra: mexanik aralashma, kimyoviy birikma va
    qattiq eritmaga bo‘linadi.
    Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
    kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,
    qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq
    holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan
    kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.
    Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
    kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday ele-
    mentlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy
    birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
    metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
    Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa,
    sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol
    uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan
    qattiq eritma hosil qiladi.
    Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi
    elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element eri-

    Download 1.4 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish