• 5.5. Aylana yoki uning yoyi markazini aniqlash
  • 5.6. Qiyalik va konuslik
  • Mavzu: chizmalarda geometrik yasashlar




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana02.11.2023
    Hajmi0.98 Mb.
    #93505
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Geometrik yasashlar.
    масалалар (2), dars ishlanma fonetik hodisalar, 8-sinf ona tili fanidan ochq dars, genetikaning asosiy va komakchi tushunchalarini shakllantirish metodikasi, 12, 1 «Faylasuf» atamasini birinchi bo‘lib ishlatgan mutafakkirni to, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish, Йўлдошова Ноила, Farhod va Shirin, BAHOLASH VAROG\'I, amaliy ishlar 1-3, Mavzu Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo-fayllar.org, Sinf rahbar daftari yangi (2023-2024) tayyori, kurs ishi
    5.8.-rasm 5.9.-rasm
    5.10.-rasm
     
    5.11.-rasm
     
     
     
    4 misol. Berilgan ABC burchakka (5.11.-rasm,a,b) teng burchak yasash. 
    Ixtiyoriy tanlab olingan M nuqtalardan berilgan burchakning biror tomoniga, masalan, 
    BC tomoniga parallel qilib MN to’g’ri chiziq o’tkazamiz. So’ngra ixtiyoriy R radius 
    bilan ham B nuqtadan (5.11-rasm,a), hamda M nuqtadan (5.11-rasm,b) yoylar 
    chiziladi. Bu yoylar burchak tomonlarini tegishli ravishda 1 va 2 hamda 4 nuqtalarda 
    kesadi. 5.11-rasm,a da hosil bo’lgan 12 (R1) vatarning kattaligi 5.11-rasm,b dagi 4 
    nuqtadan R radiusli yoy o’lchab qo’yiladi. Hosil bo’lgan 3-nuqta M nuqta bilan 
    birlashtirilsa, KMN burchak hosil bo’ladi, KMN=ABC. 
    5.5. Aylana yoki uning yoyi markazini aniqlash 
    Chizmalarda ba'zan aylana yoyi yoki yoy markazini 
    aniqlash zarur bo’lib qolsa, quyida ko’rsatilagn usuldan 
    foydalanish mumkin. 
    Misol. Aylana yoyi MN berilgan (5.12-rasm). Bu 
    yoyning markazi aniqlansin. Berilgan MN yoyda ixtiyoriy 
    uchta A,B,C nuqtalarni belgilaymiz. Bu nuqtalar to’g’ri chiziq 
    yordamida o’zaro birlashtiriladi, ya'ni AB va BC vatarlar 


    “Chizma geometriya va kompyuter grafikasi” 
    79 
    Tuzuvchi: Tojiddin Xayrullayevich Jo’rayev
    hosil qilinadi. So’ngra bu AB va BC vatarlarni mos holda teng ikkiga bo’luvchi va 
    perpendikulyar bo’lgan 1,2 va 3,4 to’g’ri burchaklar o’tqaziladi. Bu to’g’ri chiziqlar 
    o’zaro kesishib O nuqtani beradi, bu nuqta berilgan MN yoyning markazi bo’ladi. 
    Agar A,B,C nuqtalar o’rniga boshqa ixtiyoriy xoxlagan uchta nuqta olinganda ham 
    MN yoyning markazi O nuqtada bo’ladi. 
    5.6. Qiyalik va konuslik 
    Qiyalik. To’g’ri burchakli ABC uchburchakning (5.13-rasm) AC gipotenuzasi 
    bilan AB kateti orasida hosil bo’lgan tangens burchagi (tg) qiyalik deyiladi. Qiyalik, 
    ya'ni tg ko’pincha i harfi bilan belgilanadi. U BC va AB katetlarning nisbatiga teng. 
    Qiyalik ikki sonning nisbati ko’rinishda yoki foizlarda, ba'zan gradus, daqiqa 
    va soniyalarda ifodalanadi. GOST 2.307.68 ga binoan qiyalik "<" belgi bilan 
    qo’yiladi, o’tkir burchak qiyalik tomonga qaragan bo’lishi kerak. 
    1-misol. 1:4 nisbatli qiyalik yasalsin. 5.14-rasm,a da ko’rsatilgandek O nuqta 
    o’ng va chap tomonga 4 birlik yoki 40 mm o’lchab qo’yib AC nuqtadalarni 
    aniqlaymiz. AC to’g’ri chiziqqa perperdikulyar chiqaramiz va unga 10 mm o’lchab 
    qo’yib B nuqtani aniqlaymiz. B nuqtani A va C nuqtalar bilan birlashtirsak AOB va 
    COB to’g’ri burchakli uchburchaklar hosil bo’ladi. 
    OA
    OB
    =
    OC
    OB
    =
    4
    1
    yoki 25% bo’ladi.

    Download 0.98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish