• Modellashtirish
  • Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika




    Download 392.5 Kb.
    bet2/9
    Sana09.06.2022
    Hajmi392.5 Kb.
    #23324
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    tata maruza
    Algoritm rascheta stipendii po perepodgotovke, 2-topshiriq.doc , tashakkurnoma
    Matematik modellar. Model (lat. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli – globus, osmon va undagi yulduzlar modeli planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.

    Qadimdan insoniyatni farovon hayot yaratish, tabiat ofatlarini oldindan aniqlash muammolari qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham, insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganib kelishi tabiiy holdir.
    Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o‘rganadilar. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganlar, o‘simliklar o‘sgan, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bular ularga foydali qazilmalar to‘plangan joylarni aniqlashga imkon beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganmaydilar - bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi. Umuman, atrofimizdagi dunyoni o‘rganish bizga noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni beradi. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini bilish, jamiyat rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini iloji boricha to‘la akslantirishi zarur.
    Modellashtirish - bilish ob’ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
    Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab ob’ektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Modellashtirishning, ayniqsa, mavhum ob’ektni, olisda joylashgan ob’ektlarni, juda kichik hajmdagi ob’ektlarni o‘rganishda ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini aniqlash uchun ham foydalaniladi.
    Modellarni tanlash vositalariga qarab uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.

    Download 392.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 392.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika

    Download 392.5 Kb.