• Biologik model
  • Matematik model
  • Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika




    Download 392.5 Kb.
    bet3/9
    Sana09.06.2022
    Hajmi392.5 Kb.
    #23324
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    tata maruza
    Algoritm rascheta stipendii po perepodgotovke, 2-topshiriq.doc , tashakkurnoma
    Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiradi. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘ladi.
    Biologik model – turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funktsiya va jarayonlarni modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizikaviy va matematik kabi uch xil modeldan foydalaniladi.
    Biologik model – odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajribada o‘rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta’sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba’zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo‘lgan garmonlarni kiritish va boshqa usullar qo‘llaniladi.
    Matematik model deb, o‘rganilayotgan ob’ektni matematik formula yoki algoritm ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funktsional bog‘lanishga aytiladi. Matematik modellar tirik tizimlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasi, qonuniyatlarining matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma’lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra ular tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
    Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba’zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi.

    Download 392.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 392.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika

    Download 392.5 Kb.