• Matematik modellashtirishning bosqichlari.
  • Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika




    Download 392.5 Kb.
    bet4/9
    Sana09.06.2022
    Hajmi392.5 Kb.
    #23324
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    tata maruza
    Algoritm rascheta stipendii po perepodgotovke, 2-topshiriq.doc , tashakkurnoma
    Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo‘llana boshladi. F.Kenening «Iqtisodiy jadvallari»da birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko‘rsatishga harakat qilingan.
    Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, ist’emol, jamg‘armalar, investitsiya1) ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda asosan matematik modellardan foydalaniladi.
    Matematik modellashtirishning bosqichlari. Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat bilan qo‘lllanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash, so‘ngra bog‘liqligini o‘rganish imkoniyatini beradi. Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi.
    Kompyuterlar ixtiro etilganidan so‘ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so‘ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishga haqiqiy imkoniyat paydo bo‘ldi. Endilikda ob’ekt, ya’ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o‘tkazish boshlandi.
    Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorli-gini tasdiqlaydi.
    Odatda matematik model ustida hisoblash tajribasini o‘tkazish haqiqiy ob’ektni tajribada tadqiq etish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob’ekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyuterda o‘tkazilgan hisoblash tajribasi o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish yo‘li bilan yadro qurolli urushning aniq iqlim oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda g‘alaba qozonuvchilar bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o‘zgarishlar, ya’ni haroratning keskin o‘zgarishi, so‘ngra uzoq muddatli sovish, atmosferani changlanishi oqibatida qutblardagi muzliklarning erishi va ko‘zda tutilmagan dovulli shamollar ro‘y berishini aniqlagan. Bular Yerni hech qanday hayot bo‘lmaydigan sayyoraga aylantiradi.
    Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalari sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi.

    Download 392.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 392.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika

    Download 392.5 Kb.