• X = (Y – (M + 2 . N))/10 Ushbu formula o‘ylangan sonni topish algoritmini ko‘rsatadi. Kompyuterli modellashtirish va uning mohiyati.
  • Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika




    Download 392.5 Kb.
    bet6/9
    Sana09.06.2022
    Hajmi392.5 Kb.
    #23324
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    tata maruza
    Algoritm rascheta stipendii po perepodgotovke, 2-topshiriq.doc , tashakkurnoma
    Y=(X.5 + N).2 + M
    formula orqali ifodalanadi.
    Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo‘lib xizmat qiladi va X o‘zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi.
    Tenglamani yechamiz:
    X = (Y – (M + 2.N))/10
    Ushbu formula o‘ylangan sonni topish algoritmini ko‘rsatadi.
    Kompyuterli modellashtirish va uning mohiyati. Ma’lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan avval, ana shu ma’lumotlar omborida joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Ma’lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma’lumotlarga turli o‘zgartirishlar kiritish uchun ham uning umumiy tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma’lumotlar omborida qanday ma’lumotlar borligini bilsangizgina ularga mos savollarni qo‘ya olasiz. Bir axborotni turli xil vositalar orqali va turli shakllarda ifodalash mumkin. Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma’lumotlar modeli deb ataladi.
    Odatda, haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan foydalanadilar. Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, undagi ro‘y beradigan hodisa, voqea va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglashning zamonaviy usullar orqali tushunib yetish jarayonini tezlashtirishdir. Kompyuterli modellashtirish texnologiyasini o‘zlashti-rish jamiyatimizning har bir fuqarosidan kompyuter tizimlarini yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini qo‘llay olishni talab qiladi.
    Kompyuterlar ixtiro etilgandan so‘ng matematik modellashtirish-ning ahamiyati keskin ortdi. Endilikda ob’ekt, ya’ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o‘tkazish boshlandi.
    Kompyuterdan foydalanish orqali matematik modellashtirish usulida o‘rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h.k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.
    Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko‘rinishida saqlash va undan foydalanish mumkin.
    Umuman olganda kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin:
    A) Geometrik yo‘nalishda kompyuterli tajribalarni tashkillash-tirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometrik ob’ektlarning xossalarini o‘rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi.
    B) Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro‘y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterli modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.
    V) Uchinchi yo‘nalish – kompyuter ekranida funktsiya grafiklarini modellashtirish – kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo dasturi funktsiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyuterli modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqe’likni anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o‘ynaydi.

    Download 392.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 392.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuterli matematika, matematik modellar, sonli usullar va analitik hisoblar Kompyuterli matematika

    Download 392.5 Kb.