I-BOB. OʻLCHASHLARNING TURI VA USULLARI




Download 4,87 Mb.
bet2/11
Sana10.12.2023
Hajmi4,87 Mb.
#115054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish

I-BOB. OʻLCHASHLARNING TURI VA USULLARI
1.1.Oʻlchashlar, oʻlchash jarayoni va oʻlchash obyekti
Oʻlchash haqida umumiy ma’lumotlar. Izlanayotgan fizik kattalikning sonli qiymatini oʻlchash amalini bajarish orqali topish mumkin. Bunda ushbu kattalik miqdori shu birlikning oʻlchov biriligi sifatida qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Oʻlchash natijasida inson tekshirayotgan obyekt toʻgʻrisida fizik kattalik koʻrinishidagi bilimga ega boʻladi. Bu fizik kattalik toʻgʻrisidagi tushuncha faqatgina fizika sohasidagina ishlatilmasdan, fan va texnikaning turli sohalarida keng koʻlamda qoʻllaniladigan xususiyatlarga ega boʻlgan tushunchadir.
Oʻz DSt 8.010.1:2002 “О‘zbekiston Respublikasining о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar” standartida “о‘lchash” atamasiga quyidagicha izoh berilgan:
Kattalikni oʻlchash - kattalik birligini saqlaydigan texnikaviy vositani qо‘llanishiga oid, о‘lchanadigan kattalik bilan uning birligi о‘rtasidagi nisbatni (oshkor yoki nooshkor kо‘rinishda) topish va bu kattalik qiymatini aniqlash imkonini beruvchi operatsiyalar majmui.
Oʻlchashdan maqsad, oʻlchanadigan kattalik bilan uning oʻlchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. Bunda oʻlchash obyekti ishtirok etadi.
Oʻlchash obyekti - bir yoki bir nechta oʻlchanadigan kattaliklar bilan tavsiflanadigan jism (tizim, jarayon, hodisa va h.k.)
Oʻlchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini oʻtkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda boʻlmasin) (1.1-rasm.).
Oʻlchash odatda oʻlchashdan koʻzlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita oʻlchash obyekti (oʻlchanadigan kattalik) aniqlanadi. Oʻlchash jarayoni yordamida esa shu oʻlchash obyekti toʻgʻrisida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yoʻli bilan oʻlchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (oʻlchash natijasi) olinadi.


Download 4,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. OʻLCHASHLARNING TURI VA USULLARI

Download 4,87 Mb.