|
Oʻlchashlarning turlari va usullari
|
bet | 7/11 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 4,87 Mb. | | #115054 |
Bog'liq Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish1.4.Oʻlchashlarning turlari va usullari
Oʻlchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yoʻllari) mavjuddir. Quyida ularning ayrimlarini keltirib oʻtamiz.
Bevosita oʻlchash – kattalikning izlanayotgan qiymati bevosita oʻlchash vositasidan olinadigan (aniqlanadigan) oʻlchash. Bevosita oʻlchashlarga misol sifatida oddiy simobli termometr yordamida haroratni yoki chizgʻich (lineyka) yordamida detal oʻlchamlarini oʻlchashni keltirish mumkin. Shuningdek massani tarozida, tok kuchini – ampermetrda, haroratni – termometrda oʻlchashni ham misol keltirish mumkin (1.5-rasm, a,b,c).
1.5 – rasm. Bevosita oʻlchashlar.
1.Eng sodda holda, boʻlaklarga boʻlingan chizgʻichni qandaydir detalga qoʻyib, aslida, uning oʻlchamini chizgʻichdagi birlik bilan solishtiriladi va chizgʻich koʻrsatkichi boʻyicha oʻlchanadigan kattalikning qiymati detalning uzunligi, balandligi, qalinligi va boshqa parametrlari olinadi (aniqlanadi).
2.Oʻlchash asbobi yordamida kattalik oʻlchami asbob shkalasidagi birlik bilan solishtiriladi va asbob koʻrsatkichi boʻyicha oʻlchanadigan kattalik olinadi.
Bilvosita oʻlchash – kattalikni izlanayotgan qiymatini u bilan funksional bogʻlangan boshqa kattaliklarning toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchash natijalari asosida aniqlash. Bunda izlanayotgan kattalik (Y) ning qiymati u bilan funksional bogʻlangan n ta kirish kattaliklari X1,X2, .., Xn ni toʻgʻridan - toʻgʻri oʻlchash natijalari asosida aniqlanadi. Ushbu funksional bogʻliqlik, ya’ni oʻlchash modeli quyidagicha ifodalanadi:
Y = f(X1,X2, .., Xn) (1.2)
Masalan, elektr zanjirining qarshiligini ampermetr va vol’tmetr yordamida oʻlchash (1.6-rasm) bilvosita oʻlchashga misol boʻladi.
1.6-rasm. Elektr zanjirining qarshiligini bilvosita oʻlchash.
1.6-rasmda rezistor qarshiligi R ni aniqlash uchun rezistordan oʻtadigan IR tok va rezistordagi kuchlanish pasayishi UR oʻlchanadi. Keltirilgan sxemada R– rezistordagi kuchlanish pasayishi vol’tmetrda, ampermetrda esa rezistor va voltmetrdan oʻtadigan tok oʻlchanadi.
Ba’zida Xi kirish kattaliklarning oʻzi, oʻz navbatida, boshqa kattaliklarga, shu jumladan muntazam effektlarga tuzatishlar va tuzatish koeffitsiyentlariga bogʻliq boʻlishi mumkin, bu esa hech qachon aniq ifodalana olmaydigan murakkab funksional bogʻlanishga olib keladi:
X1=Q1 (W1,W2, ..., Wn); X2=Q2 (Z1,Z2, ..., Zn)
va h.k. bu holda chiqish kattaligi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Y=X+P1+P2....+Pn,
bu yerda: Pi – tuzatishlar, masalan, operator, atrof-muhit sharoiti, laboratoriya va h.k. uchun kiritiladigan tuzatishlar.
Oʻlchash usuli. Oʻlchash qonun-qoidalari va oʻlchash vositalaridan foydalanib, fizikaviy kattalikni uning birligi bilan solishtirish yoʻllari. Yuqorida koʻrsatilganidek, bevosita oʻlchashlar boshqa barcha oʻlchash turlarining asosi hisoblanib, shu sababli oʻlchash usullari bevosita baholash va oʻlchov bilan taqqoslash (solishtirish) usullariga boʻlinadi (1.7-rasm)
|
| |