Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari




Download 4,87 Mb.
bet4/11
Sana10.12.2023
Hajmi4,87 Mb.
#115054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish

1.2. Oʻlchashlar nazariyasi haqida
Kattalikni oʻlchashda oʻlchashlar nazariyasi asosida yaratilgan bilimlarga tayaniladi. Oʻlchashlar nazariyasi quyidagi savollarga javob beradi
1. Nima uchun oʻlchash kerak? Oʻlchashning maqsadi tadqiqot obyekti haqidagi miqdoriy informatsiyalarni olish hisoblanadi.
2. Nima oʻlchanadi? Oʻlchashning maqsadidan kelib chiqib, tadqiqot obyektining ma’lum bir xossasini ifodalovchi kattalik oʻlchanadi.
3. Qanday oʻlchanadi? Bunda oʻlchash metodi, ya’ni oʻlchash prinsiplari va vositalari majmuasi tanlanadi. Oʻlchash prinsipi deganda oʻlchashlarni bajarishga asos boʻluvchi aniq fizik hodisalar va qonuniyatlar tushuniladi. Oʻlchash protsedurasi parametrlari: son, vaqt momenti va oʻlchashlar bajariladigan fazoviy nuqtalar tanlanadi.
4. Nimada oʻlchanadi? Bunda aniq metrologik tavsiflarga ega boʻlgan oʻlchash vositasi tanlanadi va uning oʻlchash obyekti bilan zaruriy bog‘liqligini ta’minlash uchun uni toʻg‘ri joylashtirish amalga oshiriladi.
5. Kim oʻlchaydi? Bu savolga javob berishda oʻlchashlarni amalga oshiruvchi operatorning bilimi, malakasi va tajribasi, holati haqidagi ma’lumotlarga asoslaniladi.
6. Qanday aniqlikda oʻlchanadi? Oʻlchanayotgan kattalikning miqdori oʻlchashgacha noaniq boʻlib, oʻlchash natijalari aniqligiga qoʻyilgan talablarga qarab, uni oʻlchashda yoʻl qoʻyilish lozim boʻlgan og‘ishlar chegarasi tanlab olinadi. Masalan, mashinasozlikda detallarning oʻlchamlarini oʻlchashda ruxsat etilgan og‘ishlar mkm qiymatlarda boʻladi.
7. Oʻlchash natijalari qanday qayta ishlanadi? Olingan oʻlchash natijalarini qayta ishlash maqsadga erishish, oldinga qoʻyilgan savolga topilgan yechimlarning aniqligini ta’minlaydi.
8. Qanday qiymatda oʻlchanadi? Oʻlchashlarni amalga oshirish uchun qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarining turi, bir qancha oʻlchash usullari va oʻlchash natijalarini qayta ishlash usullari mavjud. Oʻlchashlarni amalga oshirishda mavjud resurslardan toʻg‘ri va samarali foydalanish lozim, ya’ni oddiy oʻlchashlarni bajarishda murakkab oʻlchash vositalari yoki qurilmalaridan, shuningdek murakkab oʻlchash usullaridan foydalanish yoki aksincha, murakkab oʻlchash vositalari yordamida bajariladigan oʻlchashlarda oddiy oʻlchash vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Download 4,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 4,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari

Download 4,87 Mb.