|
Bir marotaba o‘lchash natijalarini qayta ishlash
|
bet | 9/11 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 4,87 Mb. | | #115054 |
Bog'liq Kurs ishi Metrologiya va StandartlashtirishBir marotaba o‘lchash natijalarini qayta ishlash
Bir marotaba o‘lchash natijasi sifatida kattalikni alohida o‘lchashda olingan qiymati qabul qilinadi. Agar, oldindan o’lchash natijasining xatoligini tashkil etuvchilari ma’lum bo’lsa, o’lchash faqat bir marta o’tkaziladi.
Bir marotaba o’lchash quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- ishlab chiqarishdagi iqtisodiy zarurat tug’illganda, o’lchashni X0 takrorlash imkoni boMmaganda, masalan, birinchi oMchashdayoq o’lchash obyektini buzilish ehtimoli bo’lganda;
- tasodifiy xatoliklarni hisobga olmaydigan darajada bo’lganda (ular yoki yo'qotilmagan muntazam xatoliklarga nisbatan hisobga olinmaydigan darajada kichik bo’lganda, yoki ularning ishonchli chegarasi yo’l qo’yiladigan xatolik chegarasidan chiqib ketmaganda).
Bir marotaba o’lchash natijalarining xatoliklarini baholash Ml 1552-863 uslubiy ko‘rsatmaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bir marotaba o’lchash natijasining xatoligi (bir marotaba o’lchash xatoligi) - bu bitta o’lchash xatoligi bo’lib (qator o’lchashlarga kirmaydigan), muayyan sharoitda o‘tkazilgan o’lchash usuli va vositasining ma’lum xatoliklari asosida baholanadi.
Misol: detallning biron-bir o’lchami bir marotaba o’lchanganida uning qiymati 12,55 mm ga teng bo’ladi. Bunda o’lchashdan oldin ma’lumki, mikroraetning xatoligi berilgan diapazonda ±0,01 mm ni tashkil etadi va bu holda o’lchash usuli xatoligi (bevosita baholash usulida) nolga teng deb qabul qilinadi. Demak, muayyan (berilgan) o‘lchashlar sharoitida hosil bo‘lgan xatoiik ±0,01 gateng bo’ladi.
Ko‘p marotaba o‘lchash natijalarini qayta ishlash
Ko‘p marotaba o’lchash natijalarini qayta ishlash uslubiy ko‘rsatma (MI 1552-86, MI 2083-90) ga muvofiq quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Muntazam xatolikni tuzatish q kiritish yo’li bilan bartaraf etiladi
2. O‘lchanadigan kattalik X ni formulalar bo‘yicha o‘rtacha arifinetik qiymati x~hisoblanadi;
3. Qo‘pol xatoiik va o‘tkinchi xatoliklami mavjudligini aniqlash va formula bo‘yicha bartaraf etish;
4. O‘lchash natijalarini taqsimlanishini normal taqsimlanishi to‘g‘risidagi gipoteza tekshiriladi (talab qilingan holda);
5. 0‘rtacha kvadratik ogish Sx va S- lar bo'yicha hisoblanadi;
6. Tasodifiy xatoliklarning ishonchli chegaralari Sx va lar formulalar bo‘yicha hisoblanadi;
7. Yo‘qotilmagan muntazam xatoliklarning chegaralari formulalar bo‘yicha hisoblanadi;
8. O‘lchash natijalari xatoliklarini ishonchli chegaralari ifodalar bo‘yicha hisoblanadi;
9. O‘lchash natijalari uslubiy ko‘rsatma (JVC 1317-86) ga muvofiq quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
- x + A,P agar oichash xatoliklarining ishonchli chegaralari simmetrik bo’lsa, degan so‘z P ehtimollikdagi olchangan kattalikning chinakam qiymati ishonchli intervalida joylashadi;
— x; S-; n\ © agar xatoliklami tashkil etuvchilarining taqsimlanish funksiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda va o’lchash natijalarini keyinchalik qayta ishlash ko‘zda tutilsa yoki xatoliklami tahlil qilish; agar yo‘qotilmagan muntazam xatoliklarining chegaralari formula bo'yicha hisoblangan bo’lsa, qo'shimcha ishonchli ehtimollikni ko'rsatish lozim bo'ladi. O'lchash natijalarining sonli qiymatlari, xuddi xatolik qiymatlari singari, o4nlik razryadli raqamlari bilan tamomlanadi.
|
| |