|
Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari
|
bet | 6/11 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 4,87 Mb. | | #115054 |
Bog'liq Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish2-etap. Oʻlchash eksperimenti. Asosiy oʻlchash jarayoniga xos boʻlgan oʻlchash operatsiyalarini belgilab olish lozim:
- oʻlchash oʻzgartirishlari (boshlang‘ich, oraliq);
- berilgan oʻlchamning fizik kattaligini tiklash;
- kattaliklarni solishtirish (taqqoslash).
Ushbularga muvofiq tarzda oʻlchash uslubiyotini, ya’nikim oʻlchanayotgan fizik kattalikning qiymatini topishda bajariladigan asosiy operatsiyalarning algoritmini aniqlab olish mumkin.
1.3.Oʻlchash jarayonlarining modeli va ularni modellashtirish
Har qanday real tizim, biror moddiy obyekt (predmet, jarayon yoki hodisa) toʻgʻrisida gap borganda, albatta ularni tavsiflovchi muayyan xossalar (xususiyatlari)ni koʻz oldimizga keltiramiz. Koʻpincha real tizim yoki obyekt shunchalik koʻp xossaga ega boʻlishi mumkinki, ularning har birini ilgʻash, anglash, aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarlicha toʻliq ma’lumot toʻplash (olish) imkoniyati boʻlmaydi. Shu sababli, odatda biror tekshirilayotgan obyektning eng ahamiyatli (qiymatli) xossasini aniqlash va uni keyinchalik oʻlchash mumkin boʻladi. Tekshirilayotgan obyektning xossalarini, xususiyatlarini qanchalik koʻp oʻrgansak, bizni oʻrab turgan atrof-muhit toʻgʻrisidagi tushunchamiz shunchalik kengroq (koʻproq) boʻladi.
Har qanday obyekt (predmet, jarayon va hodisa)ni tekshirish uchun uning xossalarini hisobga olgan holda modeli shakllantiriladi va nihoyat uni oʻlchash masalasi belgilanadi.
Model - bu tekshirilayotgan real obyektga qandaydir xususiyat boʻyicha oʻxshash tizimdir
Modellashtirish nazariyasida modellashtirishning uch xil usuli qoʻllaniladi (1.3-rasm).
1.4-rasm. Modellashtirish usullari.
Ilmiy-tadqiqot oʻtkazishda yoki ishlab chiqarishda biror obyekt toʻgʻrisida ma’lumot toʻplash yoki umuman oʻlchashni amalga oshirish uchun real oʻlchash obyekti (oʻlchanadigan kattalik) qanday xossalarga ega va qanday fizik kattaliklar bilan xarakterlanishi, oʻlchash vositasi va oʻlchash usuli aniqlanishi kerak, ya’ni talab etilgan darajadagi natijaga erishish uchun eng optimal (maqbul) variantli usul va oʻlchash vositasini tanlash lozim. Bundan tashqari oʻlchash qandaydir bir muhitda va aniq bir qoida boʻyicha bajariladi.
Odatda, oʻlchash obyekti oʻzgarmaydigan, ya’ni oʻlchanadigan kattalikning oʻzgarmaydigan chinakam (haqiqiy) qiymati mavjud deb hisoblash qabul qilingan. Oʻlchash jarayonining qolgan tashkil etuvchilari esa, oʻlchash vositasi, oʻlchash sharoiti va hattoki operator doimo oʻzgarib turishi mumkin. Bu oʻzgarishlar ba’zida tasodifiy boʻlishi, ularni oldindan bilolmasligimiz mumkin. Agarda bu tasodifiy oʻzgarishlar oʻlchash natijalariga ta’sir etsa, u holda kattalikning takror oʻlchashlardagi natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun oʻlchash masalasi qoʻyilishida avvalo oʻlchash obyekti modeli qabul qilinadi.
Oʻlchash obyektining modeli boʻlib, obyektning barcha “muhim” xususiyatlarining bir-biriga oʻzaro ta’sirining tahliliy yozilmasi, kirish va chiqish signallari oʻzaro funksional bogʻliqligining formulalar koʻrinishida matematik yozilmasi xizmat qilishi mumkin. Umumiy holda oʻlchash obyekti modeli aniqlanishi kerak boʻlgan kattalik bilan, obyektning xususiyatlari (xossalari) va ta’sir etuvchi kattaliklar bilan oʻzaro bogʻliqligini yetarlicha aniq aks ettirish kerak. Koʻpincha amaliy oʻlchash masalalarini modellashtirishda oʻlchash obyektlarining “muhim” xususiyatlarini toʻla aks ettiradigan matematik model ishlatiladi.
Oʻlchash sifatini baholash va oʻlchash apparaturasiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish uchun oʻlchash jarayonining har xil modeli ishlatiladi: klassik va ehtimoliy (informatsion).
- oʻlchanadigan fizik kattalik oʻzining asl (chinakam) qiymatini oʻlchash siklining butun davomida oʻzgarmasdan saqlaydi va u haqiqiy qiymat deb hisoblanib, qoldiq noaniqlik oraligʻi ichida (ishonchli oraliqda) joylashadi;
- oʻlchash vaqti chegaralanmaydi va kattalikni oʻlchov bilan solishtirish xam uzoq bajarilishi mumkin;
- oʻlchash, eksperiment natijalariga ta’sir etuvchi tashqi sharoit va omillar aniq boʻlishi kerak.
Oʻlchash texnikasining amaliy masalalari ideallashtirilgan metrologik eksperimentdan farq qilishi, oʻlchashni oʻtkazish sifati esa nazariy-extimoliy yondashuv orqali baholanishi sababli oʻlchash jarayoni modelining oʻzi ham oʻzgaradi.
Oʻlchash jarayonining ehtimoliy (yoki informatsion) modeli quyidagi chegaralashlarda (holatlarda) qoʻllaniladi:
- oʻlchanadigan fizikaviy kattalik tasodifiy jarayon deb qaraladi va bu jarayon tekshirilayotgan obyekt holati toʻgʻrisidagi bizni qiziqtiradigan informatsiyani bildiradi. Uni ifodalash uchun xaqiqiy qiymatning tasodifiy ketma-ketligi yoki bu ketma-ketlikning umumlashgan xarakteristikasi [m(x);D(x)] ishlatiladi; oʻlchanadigan kattalikning chinakam (oniy) qiymati berilgan oʻlchash jarayoni oraligʻida noaniqligicha qolishi mumkin;
- oʻlchash umumiy holda jarayonlarning ketma-ketligi deb qaraladi, ularning bajarish vaqti chegaralangan boʻladi; oʻlchov bilan bevosita solishtirishni amalga oshirish mumkin emas;
- oʻlchash qurilmalarining xarakteristikalari vaqt oʻtishi bilan va har xil oʻzgaruvchan tashqi omillar (faktorlar) ta’siridan oʻzgarishi mumkin (bu oʻzgarishlar oʻlchash natijalarining oxirgi noaniqligiga ta’sir etuvchi tasodifiy jarayonlar deb qaraladi).
Yuqorida koʻrsatilgan klassik modelning asosiy xossalari ehtimoliy yoki informatsion modelning bir xususiy holi hisoblanadi. Oʻlchash jarayonining ehtimoliy modelini kiritish zarurligi, avvalo vaqt boʻyicha oʻzgaruvchan kattalik (dinamik oʻlchashlar)ni oʻlchash sifatini baholash masalasi yechimidan kelib chiqadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari
|