• 1-kichik etap. Oʻlchash topshirig‘i (masalasi) ning qoʻyilishi.
  • 2-kichik etap. Oʻlchash ekspermentini rejalashtirish.
  • Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari




    Download 4,87 Mb.
    bet5/11
    Sana10.12.2023
    Hajmi4,87 Mb.
    #115054
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish

    Oʻlchashlarning asosiy etaplari. Oʻlchashlarning asosiy etaplari quyidagi 1.3-rasmda keltirilgan

    5.3-rasm. Oʻlchashlarning asosiy etaplari.
    1-etap. Oʻlchash ekspermentini oʻtkazishni tashkil etish va rejalashtirish. Bu oʻz tarkibiga quyidagi kichik etaplarni qamrab oladi:
    1-kichik etap. Oʻlchash topshirig‘i (masalasi) ning qoʻyilishi. Bu etap quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    - oʻlchash obyekti modelini shakllantirish va oʻlchanadigan fizik kattalikni aniqlashtirish;
    - oʻlchash sharoiti va oʻlchash obyekti haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirib olish;
    - qabul qilingan oʻlchash obyektiga asosan oʻlchash topshirig‘i (masalasi)ni qoʻyish;
    - oʻlchanadigan fizik kattalikning qiymatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan aniq kattaliklarni tanlash (masalan, bilvosita oʻlchashlarda toʻg‘ridan-toʻg‘ri oʻlchanadigan argumentlarni (kattaliklarni) tanlash);
    - oʻlchash tenglamalarini shakllantirish
    2-kichik etap. Oʻlchash ekspermentini rejalashtirish. Bu etap quyidagilardan iborat:
    - oʻlchash uslubiyotini (metodini) tanlash;
    - oʻlchash xatoligini aproir baholash;
    - oʻlchash vositasining metrologik tavsiflari va oʻlchash sharoiti uchun talablarni shakllantirish;
    - quyilgan talablar asosida oʻlchash vositasini tanlash;
    - oʻlchash protsedurasi parametrlarini tanlash: har argutentni oʻlchashlar soni, oʻlchash vaqti va oʻlchash oʻtkaziladigan nuqtalarni aniqlash;
    - oʻlchash vositalarini oʻlchash jarayoniga tayyorlash;
    - zururiy sharotilarni ta’minlash yoki ularni nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish.
    Ushbu etapda turli koʻrinishdagi koʻplab oʻlchashlar uchun oʻlchash uslubiyoti (metodikasi) maxsus hujjat koʻrinishida oldindan ishlab chiqiladi. Oʻlchash uslubiyoti quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
    - oʻlchash eksperimenti maqsadi;
    - dastlabki ma’lumotlar (texnik topshiriqda koʻrsatiladi);
    - oʻlchashlar hajmi va ketma-ketligi;
    - oʻlchash vositasini va kerakli jihozlarni tanlash;
    - oʻlchash ekspermentini oʻtkazish algoritmi;
    - oʻlchash natijalarini qayta ishlash algoritmi

    Download 4,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 4,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari

    Download 4,87 Mb.