|
Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari
|
bet | 8/11 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 4,87 Mb. | | #115054 |
Bog'liq Kurs ishi Metrologiya va Standartlashtirish1.7-rasm. Oʻlchash usullari
Amalda keng tarqalgan, eng sodda va operatordan yuqori malaka talab qilmaydigan usul – bevosita baholash usuli hisoblanadi. Lekin bevosita baholash usuli oʻlchashning yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlamaydi.
Bevosita baholash usuli – kattalikning qiymati bevosita oʻlchash asbobining koʻrsatishiga qarab toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlanadigan oʻlchash usulidir. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni oʻlchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini oʻlchash.
Usullar ichida eng murakkab, lekin eng aniq usul – oʻlchov bilan taqqoslash usuli.
Oʻlchov bilan taqqoslash usuli – oʻlchanayotgan kattalikni oʻlchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. Oʻlchov bilan taqqoslash usulining oʻzini bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali oʻlchash (differensial) usuli – oʻlchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, oʻlchanayotgan kattalikning va oʻlchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) oʻlchash asbobiga ta’sir qilish usuli.
Ayirmali usulning mohiyati shundan iboratki, bunda oʻlchanadigan kattalik bilan oʻlchov orqali qayta tiklangan uning aniq qiymati toʻla muvozanatlashmaydi. Oʻlchanadigan kattalik bilan uning aniq qiymati orasidagi farq esa asbobning shkalasi (kattalik birligida darajalangan)dan kuzatiladi.
Nolga keltirish usuli – bu ham oʻlchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda oʻlchanadigan kattalikning va oʻlchovning taqqoslash asbobiga boʻlgan ta’siri natijasini nolga keltirish lozim boʻladi
1.8-rasm. Nolga keltirish usulida oʻlchash.
Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar koʻprigi bilan toʻla muvozanatlashtirib oʻlchash. Nolga keltirish usuliga misol qilib,toʻla muvozanatlashadigan oʻzgarmas tok koʻprigi yordamida qarshilikni oʻlchashni keltirish mumkin. Avvalo, toʻla muvozanatlashadigan koʻprik yordamida noma’lum qarshilik koʻprikning muvozanat shartidan topiladi. Koʻprikning muvozanat sharti esa Kirxgof qonuni boʻyicha,yoki, kontur toklar metodi boʻyicha quyidagi koʻrinishda ifodalanadi:
R1 R4= R2R3 (5.5)
Mos kelish usuli – oʻlchov bilan taqqoslash usulining turi. Oʻlchanadigan kattalik bilan oʻlchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali oʻtkaziladigan oʻlchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash, uzunlikni shtangensirkul yordamida oʻlchash, jismning aylanish chastotasini stroboskop yordamida oʻlchash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: korxonalarda o‘lchashlar, sinovlar va tekshiruvlarni holatini tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. OʻLchashlarning turi va usullari
|