• Mavzu:Lazerlarni meditsinada qoʻllanilishi. Tayyorladi:Ernazarova Nilufar Ilmiy rahbar
  • I bob.LAZERLAR HAQIDA TUSHUNCHA 1.1.Tibbiyotdagi lazerlar..................................6
  • 2.1.Jarrohlikda lazerlarning qoʻllanishi.........24 2.2. Tibbiyotning turli sohalarida lazerlar......30
  • "Agar mendan sizni nima deb sorasangiz, farzandlarimizning talim va tarbiyasi deb javob beraman" Prezident Shavkat Mirziyoyev.
  • Mavzu: Lazerlarni meditsinada qoʻllanilishi. Tayyorladi: Ernazarova Nilufar Ilmiy rahbar




    Download 267.5 Kb.
    bet1/9
    Sana29.03.2023
    Hajmi267.5 Kb.
    #47484
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2 5397972338505427653
    handbook, Muloqot-texnologiyasi, 1-maruza, Tuzdi Islom Axmedov Reja krushal algaritmi, korxonanig asosiy fondi va ishlab chiqarish quvvati, JizPI talabalar konferensiyasi, Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va korxonalar faoliyatidagi ahamiyati., Guliston davlat universiteti b. A. Xasano, A. A. Xashimov, A. B, exam table, Dene Tárbiya test Monitor, Dene Tárbiya test Monitor, MaeAChrk1ojedu9LIg9iiSTWwYkPyHkAXpOTDqAR, Inersiya kuchlari. Noinersial sanoq tizimlari[1], mm


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA MATEMATIKA KAKULTETI FIZIKA TAʼLIM YO’NALISHI 4-KURS 403-GURUH TALABASI ERNAZAROVA NILUFARNING LAZER FIZIKASI FANIDAN
    KURS ISHI


    Mavzu:Lazerlarni meditsinada qoʻllanilishi.
    Tayyorladi:Ernazarova Nilufar
    Ilmiy rahbar:
    Mavzu: Lazerlarni meditsinada qoʻllanilishi.


    Mundarija


    Kirish.................................................................2


    Asosiy qism


    I bob.LAZERLAR HAQIDA TUSHUNCHA


    1.1.Tibbiyotdagi lazerlar..................................6


    1.2.Lazerlarning turlari...................................11


    II bob.JARROHLIKDA LAZERLAR


    2.1.Jarrohlikda lazerlarning qoʻllanishi.........24


    2.2.Tibbiyotning turli sohalarida lazerlar......30


    Xulosa.............................................................39


    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati................40
    "Agar mendan sizni nima deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman" Prezident Shavkat Mirziyoyev.
    Jamiyatimizda XXI asr ma'naviy, tarbiyaviy, iqtisodiy-ijtimoiy, texnik, texnologik sohalar islohatlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta'lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi ham pedagogik texnologiyalar asosida o'tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat. Lekin bu jarayon oson kechmaydi. Bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan o'qitish tizimini qat'iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish lozim.Ushbu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug'orish, mazmunini takomillashtirish ijodkor o'qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu esa katta mahorat talab qiladi.O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta'lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini ko'tarish maqsadida ta'lim mazmunini yangilash yosh avlodni aqliy intellektual rivojlanishini, ta'limning yangi modelini ilmiy pedagogik jihatdan ta'minlangan holda muntazam takomillashtirib borish yetakchi vazifa qilib ko'tarilgan.Fizika o'quv fanidan ta'lim berishning umumiy o'rta ta'lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida umumiy ta'lim predmeti sifatida o'qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o'rta ta'lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish nazariya va amaliyotning dialektik bog'liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo'jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta'lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta'minlashdan iborat.
    Lazerlar va ularni tibbiyotda qo'llash. Tibbiyotda lazer va nurlanishdan foydalanish.
    Kirish
    Lazer so‟zi inglizcha “laser” so‟zidan olingan. “Laser” so‟zi esa “Light Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan olingan bo‟lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug‟likning kuchayishi” ma‟nosini anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko‟zga ko‟rinadiga diapazondagi elektromagnit to‟lqinlardir. Bu to‟lqinlar atom va molekulalarning majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi.
    Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gazrazryadi spektrini o‟rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug‟lik intensivligini kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955 yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va N.G. Basov o‟ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu mikroto‟lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958 yilga borib Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko‟zga ko‟rinadigan yorug‟lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar.
    Optika bo‘limida yorug‘lik hodisalari va qonunlari, yorug‘likning tabiati hamda uning modda bilan o‘zaro ta’siri o‘rganiladi.
    Qadimgi olimlarning, yorug‘lik o‘zi nima, degan masala to‘g‘- risidagi dastlabki tasavvurlari nihoyatda sodda edi. Ular ko‘zdan juda ingichka maxsus paypaslagichlar chiqib, ular narsalarni pay- paslaganda ko‘rish tuyg‘usi hosil bo‘ladi, deb hisoblar edilar. Bun- day qarashlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tishga hozir zarurat bo‘lmasa kerak, albatta. Biz yorug‘likning o‘zi nima, degan masala to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning rivojlanishini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
    Yorug‘lik manbayidan, masalan, elektr lampadan yorug‘lik hamma tomonga tarqaladi va atrofdagi narsalarga tushib, ularni isitadi. Yorug‘lik ko‘zimizga tushib, ko‘rish tuyg‘usi hosil qiladi. Yorug‘lik tarqalishida ta’sir bir jismdan (manbadan) boshqa jismga (qabul qilgichga) uzatiladi deyish mumkin.
    Manbadan qabul qilgichga ta’sir uzatishning mumkin bo‘lgan ikki usuliga muvofiq ravishda, yorug‘likning o‘zi nima, uning tabiati qanday, degan masalaga oid mutlaqo har xil ikki nazariya paydo bo‘ldi va rivojlana boshladi. Bu nazariyalar XVII asrda qariyb bir vaqtda paydo bo‘ldi.
    Bu nazariyalardan biri Nyuton nomi bilan, ikkinchisi esa Gyuygens nomi bilan bog‘liq.
    Nyuton yorug‘likning korpuskular nazariyasi ijodchisi edi. Bu nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik — manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan (moddaning ko‘chishidan) iborat.
    Gyuygensning tasavvurlariga ko‘ra, yorug‘lik alohida, faraziy muhitda — butun fazoni to‘ldiruvchi va barcha jismlarning ichiga singuvchi efirda tarqaladigan to‘lqindan iborat.
    Ikkala nazariya ham alohida-alohida holda uzoq vaqt mavjud bo‘lib keldi. Ularning hech biri ham ikkinchisi ustidan g‘alaba qozona olmadi. Nyutonning obro‘sigina ko‘pchilik olimlarni korpuskular nazariyani afzal ko‘rishga majbur etdi. Yorug‘lik tarqalishining o‘sha vaqtda tajribadan ma’lum bo‘lgan qonunlarini ikkala nazariya ham ma’lum darajada muvaffaqiyat bilan izohlab berar edi.
    Yorug‘lik dastalari fazoda o‘zaro kesishganda bir-biriga hech qanday ta’sir etmasligining sababini korpuskular nazariya asosida izohlab berish qiyin edi. Yorug‘lik zarrachalari o‘zaro to‘qnashib, har tarafga sochilishi kerak-ku, axir.
    Òo‘lqin nazariya buni oson izohlab bera olar edi. Masalan, suv betidagi to‘lqinlar bir-biri orqali bemalol o‘tadi va bunda ular o‘zaro ta’sir etmaydi.
    Ammo yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini va buning natijasida aniq soyalar hosil bo‘lishi sababini to‘lqin nazariya asosida izohlab berish ancha qiyin edi. Korpuskular nazariyaga ko‘ra esa yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi inersiya qonunining natijasi deb qaralar edi.
    Yorug‘likning tabiati to‘g‘risidagi bunday nomuqim ahvol XIX asrning boshigacha, yorug‘lik difraksiyasi (yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tishi) va yorug‘lik interferensiyasi (yorug‘lik dastalari bir-biri ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zaif- lashuvi) hodisalari kashf etilgan vaqtgacha davom etib keldi.
    Tajriba va nazariyaning ko‘rsatishicha, yorug‘lik nuri shaffof muhitlarda yorug‘likning tezligidan kichik bo‘lgan tezliklar bilan tarqalar ekan. Òurli shaffof muhitlarda yorug‘likning tarqalish tezligi turlicha bo‘ladi. Barcha nuqtalarda yorug‘likning tarqalish tezligi bir xil bo‘lgan muhit bir jinsli muhit deb ataladi. Yorug‘lik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqaladi. Ikki xil muhit chegarasida nur o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qismi birinchi muhitga qaytadi. Bu hodisa yorug‘likning qaytishi deb ataladi. Yorug‘likning qolgan qismi esa ikkinchi muhitga o‘tib, uning ichida tarqalishini davom ettiradi.
    Ikki muhit orasidagi chegaraning xossalari qanday bo‘lishiga qarab, qaytishning xarakteri turlicha bo‘lishi mumkin. Agar chegara notekisliklarining o‘lchami yorug‘lik to‘lqinining uzunligidan kichik bo‘lsa, bunday sirt ko‘zgusimon sirt deb ataladi. Ana shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va boshqalar)ga ingichka parallel yorug‘lik dastasi tushsa, yorug‘lik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi ko‘rinishida qoladi. Yorug‘likning bunday qaytishi tekis qaytish deyiladi.
    Agar sirtdagi notekisliklarning o‘lchami yorug‘lik to‘lqini uzunligidan katta bo‘lsa, ingichka shu’la chegarada sochiladi. Yorug‘lik nurlari qaytgandan keyin turli yo‘nalishlarda tarqaladi. Bunday qaytish tarqoq qaytish yoki diffuz qaytish deb ataladi.
    Yorug‘likning qaytishi quyidagi qonunga asosan sodir bo‘ladi:
    1.Òushuvchi A nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikular qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur B ham shu tekislikda yotadi.
    2.Qaytish burchagi tushish burchagiga teng: α = µ. Yorug‘likni yaxshi qaytaruvchi ideal silliq sirtga ko‘zgu deyiladi.
    Agar ko‘zgu sirti yassi bo‘lsa, unga yassi ko‘zgu deyiladi. Parallel nurlar dastasi yassi ko‘zgudan qaytgandan keyin yana parallelligicha
    qolib, o‘z tarqalish yo‘nalishini o‘zgartiradi.
    Yorug‘likning qaytish qonuniga binoan ko‘zguda tasvir qanday hosil bo‘lishini qarab chiqaylik. Har qanday nuqtaning tasvirini eng kamida ikkita nur yordamida hosil qilish mumkin. Agar tasvir ko‘zgudan qaytgan nurlarning kesishishidan hosil bo‘lsa, unga haqiqiy tasvir deyilib, nurlarning davomi kesishishidan hosil bo‘lgan tasvirga mavhum tasvir deyiladi.

    Download 267.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 267.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Lazerlarni meditsinada qoʻllanilishi. Tayyorladi: Ernazarova Nilufar Ilmiy rahbar

    Download 267.5 Kb.