Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari




Download 84,65 Kb.
bet13/14
Sana16.01.2024
Hajmi84,65 Kb.
#138536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni takomillashtirish masalalari

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
- talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish; 
- xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish; 
- ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish; 
- bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish; 
- mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mutaxassislarni tayyorlash; 
- talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish; 
- muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish; 
- talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish; 
- talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish; 
- talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;  
- talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;  
- adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;  
- talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;  
- maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish; 
- institutda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga.

XULOSA
Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan ma‘naviy islohotlarning butun qamrovini ko`rsatish, ma‘naviy sohadagi o`zgarishlar samaralarining mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o`rni va ahamiyatini, qolaversa, istiqboldagi vazifalarimizning mazmun-mohiyatini to`liq ochib berish bilan cheklanib qolmasdan, bu islohotlarni munosib davom ettirish oldimizda turgan vazifalardan biridir. Zero, ―Ma‘naviyat – uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg`u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o`laroq ma‘naviyat ham doim o`zgarish va yangilanishda bo`ladi.


Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to'la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma'noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo'la olmasligini anglatadi. Сhunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo'lmay, qaram bo'lmay yashashini, o'zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo'ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o'rnatilishi mamlakatlar o'rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo'yadi hamda mutelik, o'zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta'zim-tavozega yo'l qo'ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo'ravonliklarni inkor etadi.
Garchi butun dunyo mamlakatlari o'rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta'sirini, davlatlar mustaqilligini yemirish istagini ilg'ash qiyin emas.

Download 84,65 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 84,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari

Download 84,65 Kb.