Mavzu-Qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari




Download 56.12 Kb.
bet11/12
Sana15.02.2022
Hajmi56.12 Kb.
#17562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
abduraxmon kurs ishi metodika 1

Darsimning mavzusi :
Qo‟shiq : “ Oy Vatanim “ Shermat Yormatov musiqasi, musiqa savoli
“ Repriza “ haqida malumot musiqa tinglash : “ Sust hotin “ o‟zbek xalq kuyi.
Darsning maqsadi :

  1. Tarbiyaviy: qo‟shiq kuylash orqali o‟quvchilarda vatanga muhabbat, Uning go‟zalligi, uning qadrliligi haqida har bir inson vatanni sevishi undan baxra olishi uning go‟zalligi asrash o‟ziham vatanni gullab yashnashi uchun o‟z hissasini qo‟shib borishi haqida.

  2. Ta‟limiy : bu qo‟shiqda bir jumlani ikki marta takrorlash joylar “ Repriza “ diyilishi birinchi marta bir jumlani mp( metso piano ) , ikkinchi marta shu jumlani mf ( metso forto ) qilib kuylash lozimligi haqida tushuntiraman.

  3. Rivojlantuvchi: qo‟shiq kuylash vositasida o‟quvchilarning musiqiy o‟quvini o‟stirish , nafosat tarbiyasini qo‟shiq mazmuniga qarab shakllantirish , badiiy ijro ettirish, vakal – xor malakalarini rivojlantirish.

Darsni jixozlash :
Musiqa cholg‟u asboblari reja – kanspekt ko‟rgazmali qurollar, kompyuter, sleyt tarqatma, materiallar, kompozitorlarni rasmi.
Darsning turi:
Aralash
Darsning borishi:
O‟quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlab, uyga berilgan vazifalarni so‟rayman. O‟quvchilarni to‟g‟ri gavdasini kotarib o‟tirishini talab qilib, ovozlarini sozlayman va oldingi darsda o‟rgatilgan qo‟shiqni takrorlab badiiy ijroga erishib, qo‟shiqni mstahkamlayman, songra yangi “ Oy Vatanim “ qo‟shig‟ini ifodalash, chiroyli qilib ijro etib, qo‟shiq mualliflari va qo‟shiq mazmuni bilan tanishtiraman. Biz qo‟shiqda bepayon Vatanimizni go‟zalligini , bog‟larini yam – yashilligini, mevalarini shirinligini, inson vatanni sevishda, uning nomini tildan qo‟ymasligi, uni ardoqlashi, qadrlasho, sevishi haqida kuylanadi. Bu qo‟shiqni kompozitorlari Shermat Yormatov. U 1939- yil 17- oktyabrda Faeg‟ona viloyatini Log‟on qishlog‟ida tug‟ilgan. Sho‟x quvnoq bola bo‟lgan. 3 yoshidan boshlab doira chalishga, raqs tushishga, qo‟shiq aytishga qiziqgan. Birinchi sinfga borganidan bu bolani shirin ovozi doira chalish maxoratini musiqa raxbari sezib to‟garakka qatnashishga jalb qilgan va uni turli tanlovlarda qo‟shiq kuylab doira chalib qatnashtirgan. Maktabni a‟lo baxoga tugatib, Toshkent Madaniyat ( Texnikom ) kollejiga o‟qishga kirib , a‟lo baxolarga tugatib imtiyoz bilan Toshkent davlat konservatoriyasinig xor dirijorlik fakultetiga qabul qilingan. Konservatoriyani muofaqqiyatli tugatib, bolalar xorini rivojlashiga o‟z hissasini qo‟shgan. Dastlab “ Boychechak “ xor jamoasini 20 yildan keyin aytgan. Bolalar uchun yuzdan qo‟shiqlar yaratgan. Uning mexnatlari qadrlanib kelgan va “ Xalq talimi” alochisi, “ O‟zbek xalq artisti “ unvonlarga sazovor bo‟lgan. Uning qo‟shiqlarini bolalar sevib ijro etishadi. Bulardan “ Oymomojon rom bo‟ldi” , “ Sumalak”, “ Ikki qo‟ymang o‟qituvchim “, “ Boychechak “ , “ maysa “, “ Qizaloq “ kabi juda ko‟p qo‟shiqlardir.
Musiqa tinglash faoliyatida bir necha kuylar ijro etib, qaysi biri o‟zbek xalq musiqasiga mansubligini aniqlashlarini so‟rayman.

  1. Paxta

  2. Sust xotin ( o‟zbek xalq qo‟shig‟i

  3. Masxarabozlar( D. Kabalyov )

So‟ngra o‟quvchilarni baxolab darsga yakun yasab, uyga vazifa beraman va hayrlashaman.
Tajriba sinov ishlarini o‟tkazish jarayonida shunday xulosa keladiki darsni muvaffaqqiyati o‟quvchilarni mavzuni yaxshi o‟zlashtirishlariga birinchidan o‟qituvchiga, uning maxoratiga, darsga tayyorgarligiga, ko‟rgazmali qurollarda o‟z o‟rnida foydalanishga bolalarni sevib, ularni yaxshi bilishga bog‟liq ekan. So‟ngra o‟quvchilarni bilishlari qay ddarajada o‟zlashtirgan ekaligiga , faolligiga bog‟liq. Qo‟shiq o‟rganish jarayoni, ularda nafosat tarbiyasi shakllantirish bir oz qiyinchilik bilan erishilar ekan. Lekin shunga qaramay o‟z oldiga qo‟yilgan maqsadga erishdim. Men ikta 4 a, 4b sinflarida tajriba sinovlarini olib bordim. 4 a tajriba, 4b nazorat sinifi. Tajriba sinifida oldimga qo‟yilgan maqsadlarga erishdim, chunki slayt, kompyuter, ko‟rgazmali qurollardan keng foydalandim. Bolalar ham qiziqib faol qatlashdilar. 4b sinfni nazorat sinifida oddiy dars o‟tdim. Shuning uchun biroz mavzuni sustroq o‟zlashtirdim. Shunday hulosaga keldimki darsni muvaffaqqiyati birinchi novbatda o‟qituvchiga uning tayyorgarligiga bog‟liq. So‟ngra sinfga, uning darsga munosabatiga, qiziqishiga bog‟liq ekan. O‟quvchilarga savolllar berib o‟tilgan mavzuyimni mustaxkamlayman.

  1. Bu qo‟shiqni nomi nima ?

  2. Uning mualliflari kimlar?

  3. Bu qo‟shiqda Vatanni qanday ekanligi, nima uchun uni sevish kerakligi, nima uchun uni go‟zal ekanligi haqida so‟zlab berish.

  4. Bu qo‟shiqni harakteri , tempi qanday ?

  5. Bu qo‟shiqni qanday ijro etish kerak ?

  6. Bu qo‟shiq qanday shaklda yozilgan ?

So‟ngra “ Oy Vatanim “ qo‟shiqg‟ini musiqiy jumlalarga bo‟lib ishlataman. Har bir jumlani mazmunini taxlil qilib, chiroyli , aniq talaffuz, sof intonatsiya, to‟g‟ri nafas olib ( har jumlani boshida ) kuylashga o‟rgataman. Shu tariqa qo‟shiqlar bir kupletini o‟rgataman. O‟rgatish jarayonida ovozlargfa bo‟lib, qatorlarga bo‟lib nota nomi bilan ( solfedjo ) birorta bo‟g‟inda ( lya ) so‟ngra
ifodali badiiy bo‟lishiga erishaman. Musiqa ovozini “ Asliy hujum texnalogiyasidan “ foydalanib, ularga topshiriq beraman. Bir nechta qo‟shiqlar ijro etib, ularda “ Repriza “ bor joyini aniqlashni topshiriq qilib beraman.

  1. Oymomojon rom bo‟ldi

Shermat Yormaytov musiqasi

  1. Salom bergan bolalar

Nozim Norxo‟jayev musiqasi

  1. Ayiqpolvonlar bog‟chasi

To‟lqin Toshmatov musiqasi
To‟lqin Toshmatov
O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan artist, g‟ijjakchi, datsent, kompozitor To‟lqin Toshmatov 200 dan ortiq qo‟shiqlar hamda boshqa janr va shakllarda musiqa asarlarini yaratib, ijro jamoalarining repertuarlarini boyitib, muhlislar olqishlariga sazovor bo‟lmoqda.
To‟lqin Toshmatov 1934 – yil 30 – dekabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‟ildi. U bolalik chog‟idan o‟zbek xalq cholg‟u asboblarini chalishga qiziqdi. 1944 – yili R. Glier nomidagi maxsus musiqa maktab – internatida o‟qidi.
Maskur maktabni g‟ijjak sinfi bo‟yicha bitirdi. 1955 – yili Toshkent Davlat konservatoriyasida o‟zbek xalq cholg‟u asboblari fakultetining g‟ijjak sinfida Ya. Sabzanovdan tehsil oldi. 1969 – yili o‟qishni muoffaqiyatli bitirdi.
Konservatoriyada o‟qib yurgan paytlarida musiqa bastalashga ham qiziqdi va 1961 – yili kompozitorlik fakultetining professori Baris Zeydman sinfida tehsil olib, 1966 –yilda o‟qishni ikkinchi marotaba bitirdi.
To‟lqin Toshmatov mexnat faoliyatini talabalik davridan boshladi. U 1957 – 1958 yillarda “Baxor” raqs ansanbilida, 1958 – 1978 yillarda O‟zTeleRadio qo‟mitasida o‟zbek xalq cholg‟ulari orkestrida g‟ijjakchi, 1976 – 1982 yillarda A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining cholg‟uari kafedrasida katta o‟qituvchi, datsent lavozimida va R. Glier nomidagi maxsus maktab internatida o‟qituvchi bo‟lib ishladi.
To‟lqin Toshmatov turli janr va shakllarda rang – barang asarlar yaratdi. Ular qatoridan: ikkita simfoniya, simfonik uvertura, to‟rt qisimli vokal – simfonik turkum, o‟zbek xalq cholg‟ulari orketri uchun : “ Bayramona uvertura “ , “ Assalom O‟zbekiston “ , “ Yangi Toshkent “ kantatasi , “ Samarqand “ suitasi, rubob va orkestr uchun suita, “Qo‟shiq va raqs “ , nay va orkestr uchun jismli “ Nay yallasi “ , chang va orkestr uchun “ Rondo “ , orkestr uchun “ Shoximardon marshi “ . “ Oltin diyor “ uverturasi , to‟rtta prelumidiya , o‟nta variatsiya, bolalar uchun “ Pyesa “ , “ O‟yna, Dilbar “ asarlari va boshqalar o‟rin olgan. Kompozitor ijodida qo‟shiq janri muhim o‟rin tutadi. “To‟y yallasi” , “ Ona vatanga “ , “ Ishon “ , “ Gullar sochay yo‟lingga “ , “ Quyosh o‟lkasi “ , “ Toshkentim “ , “ Chaman aylab kel “ bolalar uchun “ Ayiq polvonlar bog‟chasi “ , “ Baxti erkatoy “ , “ Mashinam “ , “ Quloqsiz “ , “ Tut “ , “ alochi o‟quvchi “ , “ Bir chigitdan ming chigit “ , “ Gullola “ , “ Gulshan diyor “ , “ Mening Vatanim “ shular jumlasidandir.
Sahna asarlari : “ Inbuzarlar “ musiqa drammasi, “ Ur, to‟qmoq “, “ Muzaffar quyosh farzandi “, G‟oyibdan paydo bo‟lgan shaxar “ spektakillariga musiqa bastaladi.
To‟lqin Toshmatov O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan artist unvoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Nadim Norxo‟jayev
O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan madaniyat xodimi, O‟zbekiston Davlat konservatoriyasi proffesori, kompozitor Nadim Norxo‟jayev o‟zining jozibali musiqiy asarlari, ayniqsa, Estrada va bolalar uchun yaratgan qo‟shiqlari bilan el yurt hurmatiga sozovor bo‟ldi.
Nadim Norxo‟jayev 1947 – yil 24 – dekabrda Toshkent shaxrida ziyolilar oilasida tug‟ildi. Nadimning ota – onalari o‟g‟illarining musiqaga qiziqishini sezib, umumta‟lim maktabining 5 – sinfidan R. Glier nomidagi maxsus musiqa maktab – internatiga berdilar va u bu yerda tanbur chalishni o‟rganib boshladi. Nadimning musiqa nazariyasi va bastakorlikka qiziqishini inobatga olgan xolda, uni 1963 – yili Hamza nomidagi musiqa bilimyurtiga o‟tkazishadi. Mashhur kompozitor Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini o‟rgfanadi. 1967 – yili sinfonik orkestr uchun bastalangan “ Suvita “ si bilan a‟lo baholarga o‟qishni bitirdi. O‟sha yili Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‟qishga kirdi. Bu oily dargoxda kompozitorlik bo‟yicha Georgiy Musheldan, cholg‟ulashtirishdan Aleksandr Kozlovskiydan saboq oldi. N. Norxo‟jayev konservatoriyani imtiyozli diploma bilan bitirib, Bekobot musiqiy bilim yurtiga ishga yo‟llanma oldi. Harbiy xizmatni o‟tab yurgan paytda vokal – cholg‟u Estrada ansanbilini tashkil etib konsertlar bera boshladi. U o‟z faoliyatida qo‟shiq janriga ko‟proq ahamiyat berdi. 1968 – 1972 –yillarda musiqa maktabida, 1972 – 1975 – yillari Bekobot musiqiy bilim yurtlarida, musiqa maktabida o‟qituvchi va bo‟lim mudiri bo‟lib ishladi.
1975 – 1976 – yillarda “ Melodiya “ firmasining ovoz yozish firmasida bosh muharrir vazifasida ishladi. A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutida o‟qituvchi, kotta o‟qituvchi, dontsent bo‟lib, ayni paytda Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent Pedagogika bilim yurtida o‟qituvchi, 1998 – yildan buyon Toshkent Davlat konservatoriyasi Estrada ijrochilik kofedrasi mudiri, 2003 – yildan boshlab professor lavozimida ishlab kelmoqda.
N. Norxo‟jaev fortepiano 3 ta piesa, 4 ta preludiya, 2 ta variatsiya, sanatina, “ luqmalar “ nomli minyatyuralar turkumi, so‟zsiz qo‟shiq, fortepiano uchun 2 ta sonata , skripka va fortepiano uchun piesa, torli kvartet, fortepiano va simfonik orkestri uchun “ Konsertino “, IV qismli simfonik suita , I qismli simfoniya va ko‟pgina qo‟shiqlar yaratti.
N.Norxo‟jayev ijodida qo‟shiq ustivor axamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq Estrada va bog‟cha bolalar hamda maktab o‟quvchilariga atab qo‟shiqlar yaratti. Yosh bastakorning bolalar uchun 1975 – yilda yozgan “ Hakkalar “ ilk Estrada qo‟shig‟I “ Paxtaoy “ nomli vokal cholg‟u ansanbili rolida mashxur bo‟lib ketti. Jumladan “ Yaxshi bola “ , “ Dangasa “ , “ Eh, orzular “, “ Antiqa musobaqa “ ,” Diyor matxi “ , “ Balig‟im “ , “ Salom bergan bolalar “ , “ Sayyorahon “ ,” Chamandagi gullarmiz “ ,” Bobo xoroz “, “ Dono bola “ kabi qo‟shiqlari “ Bulbulcha “ bolalar xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun “ Hafta “ kontatasi, “ Daraxtlar suhbati “ xorsuitasi , o‟zbekv xalq qo‟shiqlarini xor uchun qayta ishladi. “ Osmondagi oy “ , “ Chori chambar “ , “ Kavushim “ ,” chuchvora qaynaydi “ qo‟shiqlari shular jumlasidan. Nadim Norxo‟jayev O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Respublika “ Ofarin – 2000 “ ko‟rik – tanlovi sovrindori, O‟zbekiston Bastakorlar uyishmasi qo‟shiq shobasi raisi, Respublikamizda
o‟tkazilayotgan turli ko‟rib – tanlovlarimizda juri hay‟atlarining faol ishtirokchisi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda , musiqa madaniyati darslarda va sinfdan tashqari xor to‟garaklarida, bo‟lib qo‟shiq kuylashni axamiyati katta. Qo‟shiq kuylash davomida o‟quvchilar fikrlash, mushohada qilishi , mexnat qilishi, pok vijdonli bo‟lishi, go‟zallikni sezish va qadrlash, madaniyatli, manaviyatli bo‟lishi,musiqadan zavq olishi kabi tuyg‟ularni o‟zlariga asta sekin tarbiyalaydilar. Bunda D. T. S. dasturiga kiritilgan sevimli kompozitorlarimizdan, Nozim Norxojaevning asarlari, darslikdagi asarlari, o‟quv qollanmalar va qo‟shiqlar toplamlarida berilgan xor bo‟lib kuylash uchun qo‟shiqlar muhim axamiyatga ega.
Bu asarlar o‟quvchilarga olam olam zavq berib, ularda nafosat tarbiyasini shakllantirib, manaviy axloqiy tomondan tarbyalab, dunyo qarashi keng qilib, aqlli, dono, mexnat sevar, yetuk insonlar bo‟lib voyaga yetishida muhim axamiyat kasb etadi. Musiqa madaniyati darslari va to‟garak ishlarida Nozim Norxojayev asarlarini o‟rgatishda qollangan ko‟rgazmali, amaliy taqqoslash , o‟yin og‟zaki metodlarimiz, tajriba sinov ishlarini o‟tgazishda o‟z samarasini beradi. Bu oldimizga qo‟yilgan muammoni yechimini topib maqsadimizga erishdik. Kompozitor Nozim Norxojaevning kuy va qo‟shiqlar simfonik asarlari, ertaklari, cholg‟u sozlari uchun kuylari, ijrochilarni yuksak did bilan qurollantirib iqtidorli o‟quvchilarni tanlovlarda ishtirok etishga, fikrlashga,muloxaza qilishga chorlaydi.
Ularni asarlari, o‟zining soddaligi, bolalar va kattalar uchun kuylashga, ijro etishga qulayligi va xamisha zamon talabiga jaob berishi bilan aloxida ajralib turadi. Ular qaysi janrda ( Estrada, simfoniya ) mexnat qilib asarlar yaratmasinlar, ularni asarlari ko‟rik tanlovlar, televidinya, radio, o‟quvchilar saroylarida ijro etilmasin, bolalar uni sevib kuylaydi. Nozim Norxojaev qo‟shiqlari, uzoq vaqtlar davomida bolalar qalbida yashaydi va dolzarb bo‟lib xisoblanadi. Nozim Norxojaev bolalarni sevganlgi tufayli asarlari doimo barcha maktab , bog‟cha, kollejlarda kuylanib , qalblarni zavqga to‟ldorob nafosat olamiga yetaklaydi.

Download 56.12 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 56.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu-Qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari

Download 56.12 Kb.