• M.V.Lomonosov
  • Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o`z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi




    Download 37.99 Kb.
    bet3/8
    Sana16.03.2023
    Hajmi37.99 Kb.
    #45650
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Sezgi va idrokning psixologik mohiyati
    Abdug\'oipova Muxlisaxon boshqaruv psixologiyasi, фукоролик жамияти мажмуа, 7 Tema, 28, Fonemalarning differensial va integral belgilar fan hozirgi o’z-genderi.org, taklif1, Trigonometika formulalari, Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe
    Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o`z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:

    • Ko`rish sezgilari;

    • Eshitish sezgilari;

    • Hid bilish sezgilari;

    • Ta`m bilish sezgilari;

    • Teri sezgilari;

    • Muskul - harakat (kinestetik);

    • Statistik sezgilar;

    • Organik sezgilar;

    Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko`rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo`linadi. Psixofiziologik qonunga ko`ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya`ni qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko`k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko`rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
    Ko`rish sezgilarining organi ko`z hisoblanib, u ko`z soqqasi undan chiqib keladigan ko`ruv nervlaridan tashkil topgan bo`lib, ko`z soqqasini tashqi tomirlari va to`r pardalari o`rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo`lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariqqismi tiniq mugus parda bo`lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko`z ko`k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o`rta qismida yumaloq tiniq modda bo`lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko`z ichiga yoruqlik nurlari kiradi.
    Odam ko`zi ranglarning tahminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to`lqinlarning ta`sirini sezadi. Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo`lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to`la isbotlab berilgan.
    Ushbu nazariyaga binoan to`r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo`zg`alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo`zg`alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo`zg`alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko`ra yoruqlik to`lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo`zg`atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug`lik to`lqinlari ikki yoki uch elementga ta`sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo`zg`aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo`ladi.
    Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo`lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o`ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo`ladi.

    Download 37.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o`z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi

    Download 37.99 Kb.