• Aristotel (Arastu) illyuziyasi
  • Mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi




    Download 37.99 Kb.
    bet7/8
    Sana16.03.2023
    Hajmi37.99 Kb.
    #45650
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Sezgi va idrokning psixologik mohiyati
    Abdug\'oipova Muxlisaxon boshqaruv psixologiyasi, фукоролик жамияти мажмуа, 7 Tema, 28, Fonemalarning differensial va integral belgilar fan hozirgi o’z-genderi.org, taklif1, Trigonometika formulalari, Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe, 3-tema KP ozb (2) (1)
    a) ob`ektiv illyuziya;
    b) sub`ektiv illyuziya.
    Ob`ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo`lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob`ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o`zaro bir-biriga ta`siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko`rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo`lgan ikkita gorizontal to`g`ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo`lib ko`rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko`plab misol keltirish mumkin.
    Sub`ektiv illyuziyalar odamning ayni chog`dagi hissiy holati bilan bog`liq bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro`y beradigan o`zgarishlar idrok jarayoniga ta`sir qiladi.
    Psixologiyada ko`rish illyuziyalarining o`rganilishi muayyan o`zining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz ko`rsatkich va o`rta barmoqlarimizni chalishtirib, no`xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no`xot bordek his qilamiz.
    Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo`lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi.

    Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro`y beradigan o`zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan sho`rhok yerni ko`l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki o`rmondagi to`nka qo`rqoq insonning ko`ziga bironta yirtqich hayvonga o`xshab ko`rinishi huddi shu illyuziyalar jumlasidandir.


    O`q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo`lgan ikki o`q chiziqning chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya paydo bo`ladi. Ya`ni, kesishadigan chiziqlar o`q chiziqga nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan, o`q chiziqidan uzunroq bo`lib ko`rinadi. Bu illyuziya kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.

    Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.


    "Temir yo`l" illyuziyasi kesishadigan to`g`ri chiziqlarning torroq joyiga joylashgan chiziq uzunroq bo`lib ko`rinadi. Aslida esa har ikkala parallel chiziqning uzunligi tengdir.
    Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o`sha doiradan kattaroq, ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko`rinadigan bo`lib qoladi. Ya`ni kichik doiralar o`rtasida berilgani katta doiralar orasida berilganiga qaraganda kattaroq bo`lib ko`rinadi.
    Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham uzunroq bo`lib ko`rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir - biriga teng.

    Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi, hoshiyasining kengligidan kattaroq bo`lib ko`rinadi. Aslida silindirning balandligi va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. "Elpig`ich" ilyuziyasi-parallel chiziqlar orasidagi chiziqlarning ta`siri bilan ba`zida egilgandek, ba`zida esa burilib ketgandek bo`lib ko`rinadi.


    Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi jihatidan bir-biriga barovar to`g`ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo`lsada, katta kema palubasi uzunroq bo`lib ko`rinadi.
    "Jonli doiralar" illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo`lga olib, uni o`ngdan chapga yoki chapdan o`ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go`yo aylanayotgandek tuyuladi.
    Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a`zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta`sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo`lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba`zan qo`rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobiqidagi qo`zg`alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyusinasiya hodisasi bir necha xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo`q narsalarning ko`zga ko`rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo`q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
    Idrokni klassifikasiya qilishda quyidagi 3 ta muhim tomoni hisobga olinishi kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan.


    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi

    Download 37.99 Kb.