|
Mediamadaniyatini rivojlantirishning amaliy mexanizmiBog'liq ta-limni-axborotlashtirish-sharoitida-bo-lajak-muhandispedagoglarning-mediamadaniyatini-rivojlantirishning-amaliy-mexanizmiMavzuning dolzarbligi.
Hozirgi jamiyatda
bilimlar inflyatsiyasi holati kuzatilmoqda. Bu
esa oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida,
ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, mustaqil ta’lim uchun
media-ta’lim maydoni kontentini yaratish vazi-
fasini qo‘yadi. Bu kontentni faol va zamonaviy
tendentsiyalarga, shuningdek, talabalar ehti-
yojlariga mos keladigan qilib modifikatsiyalash
maqsadida ta’limga yo‘naltirilgan zamonaviy
texnik vositalar va dasturiy ta’minotni tahlil qili-
shi zarur.
Maqsad.
Manbalarda ta’limni axborotlashti-
rishning bosh maqsadi axborotlashgan jamiyat
sharoitida ta’lim tizimi qatnashchilarini (peda-
gog kadrlar, ta’lim oluvchilar, texnik-muhandis
xodimlar, ma’muriy-boshqaruv xodimlari va
boshqalar) hayot faoliyatlaridagi maishiy, ijti-
moiy va kasbiy sohalariga to‘liq va samarali
1
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегиялари. – Т.:
Ўзбекистон, 2021. – Б. 190-191.
ishtirok etishlariga tayyorlashdan iborat bo‘lib,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
sohasidagi ta’lim rivojlanishi muammolarin-
ing kompleks hal etilishi kadrlar tarkibini yuqori
malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, xodim-
larning kasb darajasini oshirishni ta’minlashi
ta’kidlanadi.
Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy
ta’lim muassasasi o‘qituvchisining asosiy vazi-
falaridan biri – yangi axborot va media-madaniy
texnologiyalar vositalaridan foydalanish shartlari
va usullarini aniqlashdan iboratdir. Aniqlangan
va tahlil qilingan shart-sharoitlar muqarrar rav-
ishda integratsiyalashib, tabiatan har xil bo‘lgan
talaba shaxsining media kompetentligini rivo-
jlantirish jarayonini amalga oshirish uchun oliy
o‘quv yurtida mediatirlashtirilgan o‘quv muhitini
tashkil etishga qaratilgan pedagogik holatlarn-
ing kompleks birligini tashkil qiladi.
|
| |