ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
2023, 7 (128)
Kirish.
O‘zbekistonda xorijiy ta’lim tajrib-
alari asosida ta’limning yagona axborot-ta’lim
portallarini shakllantirish, fanlarning yagona
axborot-metodik ta’minotini
yaratish imko-
nini beradigan fan portallarini yaratish, axborot
resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish
metodikalarini
ishlab chiqish, oliy ta’lim muas-
sasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, vositalari bilan jihozlash, tala-
balar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning jahon
ta’lim
resurslari, zamonaviy axborot resurs
markazlari ma’lumotlar bazalariga kirish imkoni-
yatlarini kengaytirish muhim vazifalardan hiso-
blanadi. Shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarida
yaratilayotgan sharoitlardan maqsadli foydalan-
ish, ta’lim sifatini oshirish imkonini beruvchi
zamonaviy ish tajribalar, o‘qitishning ilg‘or yon-
dashuvlarini ommalashtirish, o‘quv jarayonida
axborot texnologiyalarini qo‘llashning peda-
gogik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan
tadbirlar,
treninglar, ilmiy munozaralar, davriy
konferentsiyalarni muntazam tashkil etish ham
oldimizda turgan asosiy
masala sifatida qaral-
moqda. Shundan kelib chiqib, “ta’lim tizimining
barcha bosqichlarida qog‘oz shaklidagi material-
larni raqamlashtirish formatlaridan foydalanishni
qo‘llab-quvvatlash hamda xuddi shunday yon-
dashuvga ko‘ra mavjud o‘quv
jarayonini raqa-
mlashtirish doirasini muttasil kengaytirib borish
lozim”
1
.