|
VI. Turli mobil ilovalar (App)Bog'liq ta-limni-axborotlashtirish-sharoitida-bo-lajak-muhandispedagoglarning-mediamadaniyatini-rivojlantirishning-amaliy-mexanizmiVI. Turli mobil ilovalar (App).
Talabalarn-
ing o‘quv faoliyatida qulaylik keltiruvchi bir
qator mobil ilovalar mavjud. Jumladan, ularn-
ing muhim sanalar, uchrashuvlarini tashkil
etishga qaratilgan mobil ilova, mindmap tashkil
etish uchun ilova, xorijiy tillarda yangi so‘zlarni
o‘rganish uchun ishlab chiqilgan ilovalarni
keltirib o‘tish mumkin.
Mediamadaniyatning ajralmas sifatida medi-
aga qaramlikdan himoya qilish metodlarini bil-
ish hisoblanadi. Quyida pedagogik kuzatishlar
hamda ilmiy tadqiqotlar asosida shakllantirilgan
mediaga qaramlikni bartaraf etuvchi metodlar
keltirib o‘tilgan.
VII. Vaqt menejmenti.
Mediaga qaramlikni
samarali usuli sifatida vaqt menejmenti keng
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunda talaba kun-
lik mediadan foydalanishi uchun vaqt chegara-
sini qat’iy belgilaydi va bunga amal qiladi. Buni
nazorat qilishda mobil ilova yoki timerdan foy-
dalanish mumkin bo‘ladi.
VIII. O‘rganish muhiti.
Talabalar uchun
o‘qish va o‘rganish muhiti hal qiluvchi ahami-
yatga ega. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda
o‘qish va o‘rganishdan chalg‘ish ortib bormo-
qda. Chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish yoki
butunlay bartaraf qilish o‘rganish samarador-
ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Media vositalar-
iga vizual chalg‘ishni kamaytirish yoki bartaraf
etishda o‘rganish joyi va muhitini tashkil etish
lozim bo‘ladi.
IX. Qat’iy yo‘naltirilgan ta’lim
. O‘rganish
jarayonida media vositalariga chalg‘imaslik
uchun qat’iy maqsad asosida faqat o‘rganish
faoliyatiga diqqat-e’tiborni qaratish lozim
bo‘ladi. Misol uchun, agar talaba biror loyiha
ustida ishlayotgan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter-
dagi barcha qo‘shimcha chalg‘ituvchi dastur-
larni berkitib qo‘yishi, mobil telefonini ko‘zga
ko‘rinmas joyga olib qo‘yishi samara beradi.
|
| |