|
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕBog'liq ta-limni-axborotlashtirish-sharoitida-bo-lajak-muhandispedagoglarning-mediamadaniyatini-rivojlantirishning-amaliy-mexanizmiЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
2023, 7 (128)
rish uchun onlayn taqdim qilishi va bu orqali
o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qishi uchun moti-
vatsiyasini oshiradi.
Mediamadaniyatni
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan metodlar medianing madaniy
fenomen sifatida insonlarda shakllanishiga xiz-
mat qiladi. Metodlar mediamadaniyatning jami-
yat hayotiga ta’sirini oshiradi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan usullar. Mediama-
daniyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar
quyidagilardan iborat:
1. Medianing mazmunini tahlil qilish.
Bu
metod orqali televideniye, filmlar, ko‘rsatuvlar
yoki gazetadagi maqolalar tizimli ravishda tahlil
qilinadi. Bundan maqsad tahlil asosida jami-
yat hayotida dolzarblik kasb etadigan mavzular,
an’analar, muammolar va rivojlanish yo‘nalishlari
identifikatsiya qilinadi.
2. Tanqidiy nutq tahlili.
Mazkur metod
media mazmuniga singdirilgan g‘oyalar va turli
guruhlarning qiziqishini mediada qo‘llanilgan
bayon qilish tili va mazmunini tanqidiy tahlil qil-
ishni tavsif etadi.
3. Etnografiya.
Bu talabalar media man-
balarni qabul qilish, anglash va mohiyatini tush-
unishini o‘rganuvchi metod. Bunda suhbat, kuza-
tish va boshqa kvalitativ metodlar qo‘llaniladi.
4. Tarixiy tahlil
. Bu metod medialarni arte-
fakt sifatida qarab, ma’lum bir vaqtdagi jami-
yat talablari va madaniy qadriyatlarni taqqoslab
o‘rganadi.
5. Tarmoqlararo bog’liqlik.
Bu metod orqali
medialararo bog‘liqlik, taqdim etishdagi ustu-
vorliklar o‘rganiladi.
Bo‘lajak
muhandis-pedagoglar
kattalar
ta’limi, kasbiy ta’lim yoki maktab ta’limida faoli-
yat ko‘rsatishi nuqtai nazaridan barcha sohalarda
o‘quv jarayonida medialardan samarali foydalan-
ish, tatbiq etish va jamiyatda bo‘layotgan voqe-
likni medialarda yoritilishiga o‘z munosabatini
bildirish zarurati bor.
Mediakompetentsiya
mediamadaniyatni
muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
Bu asosan texnika sohasidagi yangiliklar (Know-
how)dan xabardor bo‘lish, medialarni tanqidiy
baholay olish, o‘qitish va o‘rganish jarayoniga
integratsiya qila olishini qamrab oladi.
Maqolada keltirilgan ilmiy natijalar, xulosa va
takliflarning asoslanganligi. Tadqiqot ishi doira-
sida bo‘lg‘usi muhandis-pedagoglarning media-
madaniyatini rivojlantirishga doir bir qator kom-
pleks topshiriqlar ishlab chiqildi va tajriba-sinov
obyektlariga tatbiq etildi. Bu topshiriqlar tala-
balarning amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, tan-
qidiy va tizimli fikrlashi va mediamadaniyati riv-
ojlanishiga xizmat qiladi. Quyida keltirilgan top-
shiriqlar shuningdek, o‘quv jarayonini real vazi-
yatlarga bog‘liqligini hamda talabalarda refleksiv
ko‘nikmalarni rivojlantiradi:
1. Mediatahlil.
Quyida keltirilgan tahliliy
maqolani tanqidiy baholang. Maqola manbasini
ishonchliligini tekshiring. Maqolada ma’lum bir
positsiyani himoya qilish yoki manipulyatsiya
usulini baholang.
|
| |