-Ma’ruza: ISHLAB CHIQARISHDA BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH




Download 4,17 Mb.
bet29/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

8-Ma’ruza: ISHLAB CHIQARISHDA BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH.


Reja: 1Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar 2.Baxtsiz hodisalarni tekshirish 3.Baxtsiz hodisalarni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar,muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 28б- son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib bоriladi.
Mazkur nizom ishlab chiqarishda ishlatilayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘гаfuqarolikhuquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;
agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga; qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotganharbiy xizmatchilarga;
korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, litseylar va umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, 1-raqamli shakldagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish uchun javobgardir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va hisobgaolishni, shuningdek, baxtsiz
hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid choratadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi хо‘jalik organi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, davlat mehnat texnika nazoratchisi, kasaba uyushmalarining mehnat texnik nazoratchisi (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga a’zo tashkilotlarda), “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organlari (nazorat ostidagi оbyektlarda) nazorat qiladi.
Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnika nazoratchisi o‘rtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat texnika nazoratchisi hal qiladi.
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan
quyidagilarga xabar berishi kerak:
– davlat mehnat texnika nazoratchisiga; yuqori turuvchi хо‘jalik organiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; baxtsiz hodisagauchragan xodimni yuborgan tashkilotga; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga.
Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya maxsus tekshiradi.
Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida 1-raqamli shakldagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

SINOV SAVOLLARI



  1. Dizelning ta’minlash tizimiga qanday asboblar kiradi? Ularning traktorga o‘rnatilishini va ishlash printsipini tushuntirib bering.

  2. Dizellarda aralashma hosil qilish usullarini aytib bering.

  3. Yonilg‘i purkash payti nima? Yonilg‘i nasosdan qachon yuboriladi va forsunkadan qachon purkaladi?

Foydalanilgan adabiyotlar: “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov. 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti

Internet manbalari ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book


Baholash mezoni


Guruhda ishlashni baholash jadvali


Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)

Taqdim etilgan axborot
yaqqolligi (2-5 ball)

Guruhning har bir a’zosi
faolligi (2-5 ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho (5/4)

1

2

3

4

5

6

1
















Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo”; 4– “yaxshi”; 3 – “qoniqarli”; 2 ball – “qoniqarsiz”.
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.



O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari



90-100 %

5 baho “a`lo”

75 – 89 %

4 baho “yaxshi”

60 – 74 %

3 baho “qoniqarli”

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar


Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №9



Download 4,17 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza: ISHLAB CHIQARISHDA BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH

Download 4,17 Mb.