9-Ma’ruza: ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASINING UMUMIY TUSHUNCHASI VA TA’RIFLARI
Reja
1.Ishlab chiqarish sanitariyasi 2.Havo orqali ta’sir etuvchi omillar 3Uchinchi guruh omillari.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.
Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, уa’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, уa’ni, havo orqali yoki bevosita muloqotda bo‘lish orqali ta’sir etishi mumkin.
Наvоorqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etishtadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga уo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Mehnat sharoitlari mehnat qilish jarayonini, уa’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi gavdasining holati, asablarning psixologik zo‘riqish darajasi, organizmdagi ba’zi organlar zo‘riqishini belgilovchi kishi harakatining xususiyati va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.
Mehnat sharoitlarini asosan to‘rt guruh omillarga ajratish mumkin:
Birinchi guruh omillar – atrof-muhitning sanitariyagigiyena holati. Bunga havoharorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug‘lik hamda shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbobuskunalar va moslamalar kiradi.
Uchinchi guruh omillarga– tashkiliy tadbirlar, уa’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi. Тo‘rtinchi guruh – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda yengillik va kuch-quvvatni oshiradi. Inson fiziologiyasini o‘rganish esa normal ish rejimini tashkil qilishga, mehnat qobiliyatini oshirishga va turli ishlarni bajarayotganda ishchi qanday holatda bo‘lishi zarurligini aniqlashga yordam beradi.
tovushlarni normal eshitadi, biroq 800 Gs dan past va 6000 Gs dan yuqoriroq chastotadasezish qobiliyati birmuncha pasayadi.
Odam nafas olganda o‘pkaga kirayotgan havo tarkibida kislorod 21%, chiqarayotganda 16% ni tashkil qiladi. Наvоtarkibidagi zararli moddalar (gazlar, bug‘lar, chang va b.) inson uchun juda zararli bo‘lib, har xil kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Sof toza havo tarkibida 77% azot, 21% kislorod, 1% is gazi va boshqa aktiv gazlar, 1% inert gazlar (argon, neon va b.) mavjud. Наvо tarkibi qanchalik kislorodning manfiy ionlari bilan to‘yingan bo‘lsa, inson organizmini kislorod bilan ta’minlanish darajasi shunchalik yaxshilanadi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida tabiiy sof toza havo deyarli uchramaydi. Chunki ko‘pgina texnologik jarayonlar har xil zararli moddalarni ajralib chiqishi bilan kechadi. Ish joyi xonasining havosi tarkibidagi ushbu zararli moddalarni me’yorlashtirish ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, germetiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
SINOV SAVOLLARI
1.Ishlab chiqarish sanitariyasi nima? 2.Havo orqali ta’sir etuvchi omillar nima? 3.Uchinchi guruh omillariqanday?
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti
Internet manbalari
ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot
yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi
faolligi (2-5 ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho (5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo”; 4– “yaxshi”; 3 – “qoniqarli”; 2 ball – “qoniqarsiz”.
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
.
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
90-100 %
|
5 baho “a`lo”
|
75 – 89 %
|
4 baho “yaxshi”
|
60 – 74 %
|
3 baho “qoniqarli”
|
Maxsus kiyim
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №10
|