• Annotatsiya
  • KREATIVLIKNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK ASOSLARI




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т

    KREATIVLIKNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK ASOSLARI 
    Mamatmurod Xushboqov 
    Termiz Davlat Pedagogika instituti
    Ta‘lim tarbiya nazariyasi va metodikasi 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    878 
     (Texnologik ta’lim) yo'nalishi 2-kurs
    21-21 guruh magistranti. 
    Annotatsiya: Biz yashayotgan olam kundan -kunga tanib bolmas darajada 
    o'zgaryabti, rivojlanib borayapti. Har bir sohada kun talabiga mos holda ish yuritish talab 
    etilmoqda. Shu jumladan o'sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o'qituvchilarga ham 
    ko'plab talablar va masulyat yuklanmoqda. O'qituvchi zamonaviy o'quvchilar nima bilan 
    yashayotganini tushinishi hamda ularga mos holda bo'lishi darkor. 
    Kalit so'zlar: kreativlik, ijodiy, stimul, intelektual, ravonlik, moslashuvchanlik, o'ziga 
    xoslik, yaratuvchanlik, yondashuv, metodlar, kreativ fikirlash 
     
    KIRISH 
    Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib 
    bormoqda va bu talablarga to'g'ri yondashgan holda ularni amalda bajarish o'qituvchining 
    vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Hozirgi 
    jamiyatimizda o'qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab 
    borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo'lishi lozim chunki, u kechiktirib bo'lmas jarayon 
    shaxsni intellektual hamda ma'naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon 
    standartlarini amalga tadbiq etish o'qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy 
    rivojlanishni, balki o'z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. O'qituvchining kreativligi o'z 
    tajribasini qayta ko'rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma'lum narsalarni o'zgartira olishi 
    va ijodiy foydalana olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega 
    bo'lib bormoqda. 
    Kreativlik tushunchasi(lot., ing. "create"-yaratish, "creative"yaratuvchi, ijodkor) ingliz 
    tilidan tarjima qilinganda ijod ma'nosini anglatadi. 
    Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o'ziga doimiy tanqidiy nazar 
    solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug'atlariga 
    asoslanib o'qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi
    alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta'riflash mumkun. Kreativlik 
    insonda mavjud ma'lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini 
    yaratishga javob beradi. 
    "Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik konikmasini 
    aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ 
    ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun: 
    1. Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga asoslanadi. 
    2. Moslashuvchanlik. Turli g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi o'zgartirish degan so'zga 
    asoslanadi. 
    3. O'ziga xoslik. Boshqalarga o'xshamagan, ajralib turuvchi g'oyani o'ylab topish 
    ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    879 
    4. Yaratuvchanlik. G'oyalarni kengaytirish ko'nikmasi qo'shish degan so'zga 
    asoslanadi. 
    Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g'oyalarni o'ylab topish (o'ziga xoslik); 
    ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g'oyalar bilan solishtirish va ulardagi 
    bog'liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko'nikmalar bir-biri bilan 
    kesishadi. 
    Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli 
    rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan: 
    • Kreativ fikirlash ko'nikmasini shakllantirish; 
    • Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish 
    • Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish; 
    • Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. 
    Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa 
    o'qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi. 

    Download 1,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KREATIVLIKNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK ASOSLARI

    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish