Burhoniddin al-Marg'inoniyning “Hidoya” asaridan bolalarga oid ayrim huquqiy




Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana07.02.2024
Hajmi1,83 Mb.
#152527
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Тухтаев Ж. Т

Burhoniddin al-Marg'inoniyning “Hidoya” asaridan bolalarga oid ayrim huquqiy 
masalalar bo'yicha lavhalar “Qaysi bir yosh bola o’n marta haj qilsa, shundan so’ng 
balog’atga yetsa, unga farz hajini ado etishi shart”. Haj ibodatdir. Ibodatning barchasi yosh 
bolalardan soqit qilingan. Taklifning mukammal bo'lishi sharti-aqldir. 
“Agar valiy yosh bola va yosh qizni bir-biriga nikohlab qo’ysa, qiz xoh bokira bo’lsin, 
xoh sayyiba bo’lsin, valiy asaba bo’lgan holatda nikoh joizdir”.
Imom Molik (rahimahulloh) valiy otadan boshqa kishi bo'lgan holatda biz bilan ixtilof 
qilsalar, imom Shofe’iy (rahimahulloh) esa ota va bobodan boshqa kishilar valiy bo’lgan 
holatda va qiz sayyib bo'lgan holatda biz bilan ixtilof qiladilar. Molikning so’zlarining 
ma’nosi shuki: hur ayolga hojat yuzasidan valiylik qilinadi, yosh qizni yoki yosh bolani 
shaxvoniy hirsi bo'lmagani uchun bu o’rinda valiyga hojat yo’q. Otaning valiyligi dalil bilan 
sobit bo’lgan, qiyosda esa, bunday emas. Bobo ota ma’nosida emas, shuning uchun uni ota 
48
Qoriev O. “Al-Marg'inoniy- mashhur fiqhshunos” Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 
Toshkent-2000


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
884 
o’rniga qo’yib bo’lmaydi. Biz aytamizki: “Yo’q, u qiyosga muvofiqdir, chunki nikoh qizning 
foydalarini garovlaydi, foyda esa, odat bo’yicha kelin kuyovning oralarida kufu’ bo’lishiga 
bog’liq. Lekin hamma vaqt ham kufu’ga erishib bo’lmaydi. Shunday ekan, kufu’ni topish 
uchun yosh bolalarning nikohiga valiy bo’lishi lozim. Shofe’iy so’zlarining ma’nosi shuki, 
valiylik ota va bobodan boshqa kishilarga topshirilganda, qizning manfaatlariga yetarli 
darajada ahamiyat berilmaydi, sababi uning qizga nisbatan shafqati oz bo’ladi hamda 
qarindoshligi ota va boboga nisbatan uzoq bo'ladi. Shuning uchun bu kishi qizga nisbatan 
eng yaqin rutbada bo’lsa ham uning molidan tasarruf qilishga egalik qila olmas ekan, uning 
jonida ham tasarruf qila olmasligi aniqroqdir. Bizning fikrimiz: qarindosh-urug’chilik ota va 
bobolarda bo’lgani kabi qizning manfaatlarini ko’zlashga olib keluvchi omildir. Undagi 
yetishmovchiliklarni esa, majburlash huquqini yo’q qilish o’rnidagina ko’rsatdik. Moldagi 
tasarruf esa, bunday emas. Chunki u takrorlanib turadi, shuning uchun halal beradigan 
ishlarni idrok etishning imkoni yo’q. Valiylik faqatgina buyurish huquqiga ega bo’lgan 
holdagina foyda beradi, qusurlik bilan esa, majburlash huquqi sobit bo’lmaydi. Shofe’iyning 
ikkinchi masaladagi so’zlarining ma’nosi budir: sayyibalik qizning jinsiy aloqa haqida 
tushunchaga ega ekanining sababidir, chunki uning jinsiy aloqa bo'yicha tajribasi bor, 
shunday ekan, bizlar yengillik bo’lishi uchun hukmni sayyibalik nuqtai nazaridan oldik. 
Bizning bu masala bo’yicha fikrimiz ham huddi yuqorida zikr qilib o’tganimizning 
o’zginasidir, u ham bo’lsa, ehtiyojning borligi va shafqatning yetarliligidir. Shunday ekan, bu 
masalada hukm qizning yoshligi e’tiborga olingan holatda chiqariladi. 
Yuqorida aytib o’tgan gaplarimizni Payg'ambar alayhissalomning ushbu hadislari 
ham qo’llaydi. “Nikohga valiylik qilish huquqi asobalarga berilgandir”. Hadisda hech qanday 
tafsilot keltirilmagan. Asobalarning nikohga valiylik qilish tartibi xuddi meros olish 
tartibidekdir. Bunda uzoq qarindosh yaqin qarindosh tufayli to’silib qoladi. (Quduriy) 
aytadi: “Yosh bola va yosh qizni otasi yoki bobosi uylantirsa yoki turmushga bersa” balog’at 
yoshiga yetganlaridan keyin, ularda ixtiyor huquqi qolmaydi. Chunki, ota va bobo to’la ongli 
va farzandlariga nisbatan mehr-shafqatli kishilardir, shunday ekan ularning bevosita 
ishtiroki bilan nikoh bog’lanaveradi”. Shuningdek, balog’atga yetganlaridan keyin ham 
ularning roziligi bilan nikohga ishtirok etishsa, nikoh bog’lanaveradi. Agar yosh bola va yosh 
qizning otasi yoki bobosidan boshqa kishilar nikohlab qo’ysa, ular balog’atga yetganlaridan 
keyin har birining ixtiyori o’zida bo'ladi. Agar xohlasa, shu nikohda qolaveradi, xohlamasa 
nikohni bekor qiladi”. Abu Hanifa va Muhammad (rahimahulloh) nazdlarida shunday. Abu 
Yusuf esa: “Ota va bobolarga e’tiboran qilingan holatda ularning ixtiyorlari o’zlarida 
bo’lmaydi”, deydilar. Abu Hanifa bilan Muhammadning fikricha, akaning qarindoshligi 
noqisdir. Noqisning shafqati qusurli bo’lishi aniq. Natijada nikohdan ko’zda tutilgan 
maqsadlarning amalga oshishiga xalal etadi. Maqsadlarning amalga oshishini ta’minlash 
esa, ixtiyor qilish orqaligina mumkindir. Ota va bobodan o’zga valiylar haqidagi berilgan 
javobning mutlaq ma’nosi ona bilan qozini ham o’z ichiga oladi. Mana shu rivoyat 
ishonchliroqdir. Sababi ularning birlarida fikr to’la bo’lmaydi, ikkinchilarida shafqat 
yetishmaydi. Shuning uchun yoshlarga ixtiyor beriladi. (Quduriy) aytadi: “(Kuyov-qalliq 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
885 
balog’atga yetganlaridan keyin) nikohni bekor qilishlari uchun qozining xukm chiqarishi 
shart qilinadi”. “Agar ulardan (ya’ni, yosh kuyov-qalliqlardan) biri balog’at yoshiga 
yetishdan oldin o’lib qolsa, ikkinchisi unga merosxo’r bo’ladi”.
Balog’atga yetgandan keyin ajralishdan oldin o’lsa ham, bir-biriga merosxo'r bo’ladi, 
chunki nikohning asli durustdir. Egalik ham nikoh bilan sobitdir. Nikoh ham, egalik ham 
o’lim tufayli nihoyasiga yetadi. Lekin fuzuliy valiylar
49
ishtirok etgan nikohda er-xotindan 
birlari nikohga ijozat berishdan oldin o’lib qolsa, bunday bo'lmaydi.
50
Chunki, unday 
holatdagi nikohning hukmi mavqufdir,
51
bunday nikoh o’lim bilan botil bo’ladi. Yuqoridagi 
masalada esa nikoh sobitdir. Shunday ekan, hukm shunga qarab chiqariladi. 
(Quduriy) aytadi: “Qul, yosh bola va majnun kishi valiylikka o’tolmaydi”. Chunki, ular 
o’zlariga valiy bo’la olmaganlari tufayli ham boshqalarga valiy bo’la olmasliklari aniqroqdir. 
Nikohdagi valiylik aslida er-xotinning foydalarini nazorat etish uchun joriy qilinadi. Bu yerda 
sanalgan kishilarga valiylik huquqini topshirish esa, nazorat qilinmagan bilan bab-
barobardir. 
“Emish muddati Abu Hanifa (rahimahulloh) nazdlarida, o’ttiz oydir. Abu Yusuf va 
Muhammad esa, ikki yil deyishgan”. Shofe’iyning gaplari ham shunday. Zufar 
(rahimahulloh) esa, uch yil deganlar. Chunki yil go’dakni bir holatdan boshqa holatga o’tishi 
(yil to’rt faslni o’z ichiga olgani) uchun yaxshi fursatdir. Ikki yilga qo’shimcha qilish lozim, 
buni quyida bayon qilamiz. Qo’shimcha esa, yilga qarab taqdir qilinadi. Abu Yusuf va 
Muhammadning dalillari ushbu oyat: “Go’dakning homilalik va sutdan ajralish vaqtining 
muddati o’ttiz oydir”.
Homilalik muddatining eng ozi olti oydir, demak, sutdan 
ajraladigan vaqtigacha ikki yil qoldi. Payg’ambar alayhissalom ham: “Ikki yildan keyin emish 
yo’q”, deganlar. Abu Hanifaning dalillari ham yuqorida keltirilgan oyatdir.
Lekin uning talqini shundayki, Alloh taolo ikki narsani zikr etib, ularga bir muddatni 
keltiradi. Shunday ekan, bu muddat u narsalarning har biriga alohida-alohida to’liq taalluqli 
bo’lib, xuddi ikkita qarzga bitta vaqt belgilanganga o’xshaydi. Faqatgina, ikkisidan birida 
(ya’ni, homilada) muddatni noqis qiluvchi narsa bor
52
.
Ikkinchisida esa, muddat zoxirligicha qolaveradi. Shuningdek, bola sut bilan 
o’sishdan to’xtatishi uchun ovqati o’zgarishi shart. Bu esa bolaga boshqa ovqatni yeyishga 
odatlanishi uchun kerak bo’lgan muddatni qo’shimcha qilish bilan bo’ladi. Shunday ekan, 
bu muddat homilaning eng oz muddati bilan taqdir qilinadi. Chunki, bu muddat bolaning 
ovqatini o’zgartirishga kifoya etadiDarhaqiqat, homilaning ovqati emizikli bolaning 
ovqatidan o’zgacha, xuddi shuningdek, sutdan ajragan bolaning ovqatidan ham o’zgacha. 
Yuqoridagi hadis emishga mustahiq bo’lgan muddatga tegishlidir. Binobarin, Qur’ondagi 
ikki yil deb qayd qilingan oyat ham mana shu muddatga taalluqli qilinadi.
53
49
“Fuzuliy valiy” degani kelin yoki kuyovning qarindoshi bo'lmagan begona xolis kishidir. 
50
Ya’ni, biri ikkinchisiga merosxo'r bo'lmaydi. 
51
Ya’ni, nikohni bog’lanishi er xotinning ijozati bilan bo’ladi. Er va xotinning vafot qilishi bilan nikoh nihoyasiga 
yetadi.
52
Noqis qiluvchi narsa Oyisha onamizning (r.a) ushbu hadislaridir: “Bola onasining qornida ikki yildan ortiq turmaydi”. 
53
D.Karimova. O'zbekiston hududida bola huquqlari genezisi, evolyutsiyasi va uning istiqbollari. -Toshkent. 2017. 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
886 
Xulosa qilib shuni ta`kidlash joizki, Movaraunnahr huquqiy maktabining yetakchi o
limi Burhoniddin Marg`inoniyning siyosiy va huquqiy qarashlari dunyodagi ko’pgina o
limlar tomonidan o’rganib 
kelinmoqda. U huquqiy 
sohadagi adolatlilik va 
qonuniylikning yorqin timsoli sifatida doimo o`rganiladi

Ajdodlarimiz 
qoldirgan 
boy 
ma’naviy, huquqiy me’rosni o‘rganmasdan turib biror-bir masalaga yechim topish 
amrimahol. Chunki xuquqiy asos jamiyatning boshqa barcha sohalari taraqqiyoti 
mezonidir. Zero tarixni bilmasdan turib kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shuningdek, 
Burhoniddin Marg’inoniy fiqh bo’yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar 
uchun qo’llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy 
va Muhammad ash-Shayboniy asarlariga tayanib yozganini hamda undan amaliy jihatdan 
foydalanish qiyin bo’lganligi sababli alloma 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» 
(«Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilganini va keyinchalik bu kitobi 
asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» - «To’g’ri yo’l»)ni yaratganini bilib 
oldik. Bundan tashqari, Burhoniddin Marg’inoniy bu kitobda o’sha zamonlarda mo’min-
musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy 
munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga 
taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib 
bergan. 

Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Burhoniddin al-Marg'inoniyning “Hidoya” asaridan bolalarga oid ayrim huquqiy

Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish