Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г




Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana07.02.2024
Hajmi1,83 Mb.
#152527
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Тухтаев Ж. Т

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTI: 
 
1. Muslimov N.A. "Bo'lajak kasb ta'lim o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish" 
/Monografiya. - T.: Fan, 2004. 
2. Muslimov N.A. "Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish 
texnologiyasi" /Monografiya. -T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013. 
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative 
thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. 
4. Tolipov O'.Q., Usmonboyeva M. "Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot". -T.: 
"Fan", 2005. 
5. Sayidahmedov N. "Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya". - T.: 2003. 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
881 
MARGʼINONIYNING “AL-HIDOYA” ASARI YOZILISH USLUBI VA OʼZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
Muhammadiyeva Gulnoza
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-kurs magistranti
 
Islom huquqshunosligi rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan faqihlar ko’pchilikni tashkil 
qilgan. Movarounnahrlik faqihlar islom huquqi sohasida ijod qilib, ko’plab kitoblarni yozib 
qoldirganlar. Burhoniddin Marg’inoniy esa fiqh ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan. 
“Hidoya”ning o’ziga xos xususiyati va yozilish uslubiga ahamiyat beradigan bo’lsak, asarda 
4 mazhab tahlili keltirilgan. Shuning uchun ham bu asar boshqa fiqhiy asarlardan to’rt 
mazhabning dalillarini keltirgani uchun ham xalq orasida mashhur bo’ldi. Ma’lumki, olimlar 
“Hidoya”ga o’xshash ko’plab asarlar yozganlar lekin ular faqat hanafiy mazhabi bo’yicha 
yozilgan. Alloma asarining mashhur bo’lishiga ham ayni shu xususiyati sabab bo’lgan.
“Hidoya”da o’ziga xos bo’lgan qisqa, aniq misollar yordamida huquq sohalari bayon etiladi. 
Asarning yozilish uslubi haqida gapiradigan bo’lsak, uning nihoyatda qisqa, turli 
masalalarning mohiyatini misollarda boshqa mazhablar bilan qiyoslash orqali tushuntirilishi 
o’ziga xosligini belgilaydi. Shuningdek, asarning yozish uslubi “Sahli mumtani’”(oson, 
sodda, lekin uningdek qilib yozish mumkin emas).
46
“al-Hidoya” Sharqiy Hindiston shirkati 
tasarrufidagi Bengaliya viloyati mahkamalari uchun 1776-yil G‘ulom Yahyoxon tomonidan 
fors tiliga tarjima qilinadi. Ushbu tarjima 1807-yil Kalkutta shahrida chop etilgan. Taajjubli 
joyi shundaki, asar birinchi marta arab yoki fors tilida emas, balki Charls Xamelton tarjimasi 
asosida ingliz tilida 1791-yil Londonda nashr etilgan. Ushbu 4 jildlik tarjima juda qimmat va 
noyob bo‘lgani uchun 1870-yil S.G.Gariyning nazorati ostida yangi bir jildlik holda chop 
etilgan. Oxirgi marta inglizcha tarjimasi 1982-yil Lohurda bosmadan chiqqan N.I.Grodekov 
“al-Hidoya”ni inglizcha tarjimasidan rus tiliga o’girgan va u 1893-yil Toshkentda nashrdan 
chiqqan. Olmoniyalik olim Ekart Shiyvak to’plagan ma’lumotlarga ko‘ra, “al-Hidoya”ning 
mashhur nashrlari quyidagilardan iborat: arabcha asl matni 1818-yil Kalkuttada, 
so’ngra Bombay, Laknav, Kavnpur, Dehlida chop etilgan. XIX asrda Qohirada, shu asrning 
oxirida (1888-y.) Qozon shahrida bosilgan. Uning birinchi tanqidiy matni 1908-
yil Qohira shahrida nashr etilgan va eng yangi tanqidiy matni ham 1980-yili Qohirada 
nashrdan chiqarilgan. Hidoyaning ruscha tarjimasi nusxalari kamayib, yo‘qolish darajasiga 
yetgan edi. Shu sababli 1994-yili professor Akmal Saidov tomonidan «O‘zbekiston» 
nashriyotida uning birinchi jildi katta adadda nashr qilinishi muhim va xayrli ish bo‘ldi. 
Asarning boshqa jildlarini nashr etish ham nazarda tutilgan. 
47
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi “Manbalar xazinasi” bo‘limi 
“Qo‘lyozmalar fondi”da ulug‘ alloma — Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Kitob al-
Hidoya” asari dunyodagi eng qadimiy (XIII asrga oid) nusxalaridan biri saqlanmoqda. 
46
Yusupova N.J., Juzjoniy A.Sh. Burhoniddin Margʻinoniy: Hayoti va ilmiy merosi. – T.: Akademiya, 2007.-24 b.
47
https://moturidiy.uz/oz/news/1390 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
882 
Abdulloh Mallabayev bergan ma’lumotlarga ko’ra, mazkur qo‘lyozma nusxa 2003-yil avgust 
oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston 
xalqaro islom akademiyasi (avvalgi Toshken islom universiteti) ga tuhfa qilingan. Qo‘lyozma 
muqovasining o‘lchami 17.5х27.5, varaq o‘lchami: 17х27, matn o‘lchami esa 12х17 ni 
tashkil qiladi. Qo‘lyozma varaqlarining umumiy soni 457 v. (1а-914b), satrlar adadi esa 25 
qatordan iborat. Varaqlari ipakdan ishlangani diqqatga sazovordir. Qo‘lyozmaning asl 
holatini saqlab qolish maqsadida Akademiya tomonidan qayta ta’mir qilingan. Asarning 2b-
varag‘ida to‘rtburchak shaklidagi jadvalga “بات ك ة ياده لا ي
ف ه ق ف لا لى ع بهذم” so‘zlari, 
doira shaklidagi jadvalga esa “ما ملاا مظ علاا ي با ةف ي ن ح نامع ن لا سد ق الله ه حور رو نو 
ه ح ي
ض لع جو ةن ج لا ه ل ق ن م ه اوث مو لى ص و الله محمد ه لآو ه ب حص و مل س و دمح لاو لله
ه دحو” (Bu fiqhda Imomi A’zam Abu Hanifa Noʻmon (Alloh u zotning ruhini poklasin, qabrini 
nurga to‘ldirsin va borar joyi hamda yotgan maskanini jannat aylasin) mazhabiga muvofiq 
bo‘lgan “al-Hidoya” kitobi. Muhammad (s.a.v.), U zotning oilasi va sahobalariga salovotlar 
bo‘lsin! Hamd yolg‘iz Allohgagina xosdir) jumlasi bitilgan. Qo‘lyozmaning aksariyat 
sahifalari hoshiyalarida turli kotiblar tomonidan yozilgan sharhlar, ayrim so‘zlarga berilgan 
tushuntirishlar, to‘ldirishlar mavjud. Ayrim sahifalarda matn orasiga ham izohlar bitilgan. 
Qo‘lyozmadagi kitob, fasl nomlari, “ان لو ”, “امه لو” so‘zlari qizil siyoh bilan ajratib 
ko’rsatilgan. Matn va sharh qora siyohda yozilgan. Matn ustiga qizil siyoh tortilgan. Asar 
“Kitob ut-tahorat” bobi bilan boshlanadi va “Kitob ul-xunsa” bobi bilan yakun topgan. 
Nusxaning dastlabki sahifasiga “بات ك ة ياده لا ي
ف عور ف ةي ف ن ح لا خي ش ل ملا س لإا ناهر بو 
ةل م لا قح لاو ن يد لاو” (Shayxulislom, millat, haq va din burhoni (jujjati Imom 
Marg‘iloniy)ning 
hanafiy 
mazhabi 
furu 
al-fiqhiga 
bag‘ishlangan 
“al-Hidoya” 
kitobi) mazmunidagi yozuv bitilgan. Keyingi sahifada esa muqaddima mavjud. Taniqli olim 
Abdulhakim Shar’iy Juzjoniyning ta’kidlashicha, Afg‘oniston va Hind yarim orolida “Kanz ud-
daqoiq” va “Muxtasar ul-Quduriy” kitoblaridan keyin, “Kitob al-Hidoya” asarini yetuk 
ustozdan o‘qib tamomlamagan tolib haqiqiy fiqh olimi hisoblanmagan. Demak, bu ham 
ulug‘ 
mutafakkir 
bobomiz 
Imom 
al-Marg‘inoniyning “Kitob 
al-Hidoya” asari 
muqaddas islom dinini o‘rganishda nechog‘lik noyob asar ekanidan dalolat beradi. 
Bundan 
tashqari, alloma Abulhasanot Muhammad Abdulhay Laknaviy va “Hidoya”ning ayrim 
sharhlovchilari ma’lumotiga ko'ra, quyidagi asarlar Burhoniddin Marg'inoniy qalamiga 
mansub bo'lib, tekshiruvchilar orqali ularning qo'lyozmalari borligi aniqlangan:
1. Nashrul-mazhab (Mazhab tarqatish bo’yicha kitob); 
2. Kitobu tanosukil-xos, yoki fi-Manosikil-haj (Xaj ibodatiga oid kitob); 
3. Kitob fil-faroiz (Meros masalalari haqida kitob); 
4. At-tajnis val-mazid (ikkita huquqiy muammolar yechimiga bag’ishlab yozilgan 
kitob); 
5. Muxtorot an-navozil; 
6. Kitob majmu’un navozil; 
7. “Mazidin fil – Furu’ul Hanafiya” (Hanafiy mazhabi bo’yicha fiqh tarmoqlariga 
qo’shimcha); 


Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
883 
8. Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning “Al-jome’ al-Kabir” nomli asarining 
sharhi; 
9. “Kitob ul-muntaqiy”; 
10. “Bidoyatul - Mubtadiy” (Fiqh ilmiga kirish uchun boshlang’ich kitob); 
11. “Kifoyatul - muntahiy” (Tugatuvchini qoniqtiruvchi kitob) – “Bidoyatul-
Mubtadiy”ga yozilgan 8 jildlik katta sharh; 
12. “Al-Hidoya fi Furu’il-fiqh” (Huquq tarmoqlari bo’yicha yo’llanma) – 
Marg’inoniyning shox asari bo'lib, “Bidoyatul - Mubtadiy”ga yozilgan to’rt jilddan iborat 
sharhdir. 
48
‘inoniy hukmlarining katta ijtimoiy va ma’naviy ahamiyati shunda ediki, u turli 
mulk shakllaridan olinadigan soliqlarning aniq shar’iy miqdorlarini belgilab, bu borada yuz 
berishi mumkin bo’lgan turli zo’ravonlik, beboshlik, adolatsizlikning yuz berishiga imkon 
bermaydi. Marg’inoniyning zakot va soliq haqidagi chiqargan hukmlari xalqimiz tarixining 
ma’lum davrlarida katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. O’z ichki 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida shariat ahkomlariga izchil rioya qilgan Amir Temur ham 
Marg‘inoniy fikrlariga suyangan, hamda ularni o‘z ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy 
masalalaridan biri hisoblagan. Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlari davlatchilik tarixida soliq 
masalasida adolatli ish yuritgan yagona hukmdor bo‘lmaganligi, bu masalada Bobur o‘z 
bobokolonining davomchisi sifatida mamlakat boshqarganligi ham bizga ma’lum. 
Amir Temur sulolasining davomchisi Bobur ham Marg‘inoniyning noshar’iy soliq 
turlari haqidagi hukmlariga asoslangan, ulardan g‘oyaviy ozuqa olgan holda o’rta asrlarda 
deyarli barcha musulmon mamlakatlarida olinadigan “tamg‘a” solig’ini katta jasorat bilan 
o’z mamlakatida bekor qiladi. Faqih sifatida bu soliqni noshar’iy deb hisoblaydi, podshoh 
sifatida esa, mamlakat iqtisodiga zarar keltiradi, xalqni og’ir iqtisodiy nochorlikka olib 
keladi, deb hisoblab davlat nomidan oliy farmon chiqarib, ushbu soliqni bekor qiladi.

Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г

Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish