• Kalit so’zlar
  • Key words
  • Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т

    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
    1. Ахметов С.М. Методєка фєѓєческоѕ подготовленностє школьнєков в 
    ѓавєсємостє от уровня єх фєѓєческого раѓвєтєя; Автореф. дєс.... канд. пед, наук. - 
    Краснодар, 1996. - 21 с. 
    2. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. O‘quv 
    qo‘llanma. O‘zDJTI, T.: 2005, 171 b.
    3. Желеѓняк Ю.Д. Юныѕ волеѕболєст, М., 1988 г., 190 с. 
    4. Желеѓняк Ю.Д., Слупскєѕ Л.Н. Волеѕбол в школе, Пособєе для учєтеля, М., 
    1989 г., 128 с. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    943 
    MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH 
    USLUBIYATI 
    Quronboyeva Sabohat Shokir qizi 
    Raximova Maftuna Bahodir qizi 
    UrDU Jismoniy madaniyat talabalari 
    Annototsiya: Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy harakatini rivojlantirish 
    uslubiyati ustida ish olib borilgan, maktab dasturidagi adabiyotlar o’rganilib, yangi 
    metodika ishlab chiqildi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy harakatini 
    rivojlantirishga erishildi. 
    Kalit so’zlar: Dars, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, umumiy jismoniy 
    tayyorgarlik, mashq, harakat. 
    Annotation:Work was carried out on the methodology for the development of 
    physical activity of school-aged children, the literature of the school program was studied, 
    a new methodology was developed, and the development of physical activity of school-
    aged children was achieved. 
    Key words: Lesson, physical education, physical development, general physical 
    fitness, exercise, movement. 
    KIRISH 
    Maktab yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini rivojlantirish bo’yicha turli adabiyotlarda 
    bolalarning jismoniy va irodaviy harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin 
    etilmaydi. Masalan: Levi Gorinevskayanining fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalar 
    jismoniy tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun murakkabroq umumjismoniy mashqlar, 1-
    sinif dasturiga yaqin bo’lgan va unga tayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi. 
    Ayni vaqtda kichik maktab ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vazifalarida kichik 
    yoshlardan boshlab jismoniy sifatlarni maqsadli yo’naltirish zarurati to’g’risidagi 
    mulohazalarning yo’qligi e’tiborni tortadi. Faqat tayyorlov guruhi uchun dasturda 
    chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va kuchni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi 
    haqidagi muayan eslatma paydo bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar organizmi ikkita 
    muhum xususiyatga ega, ularni bilish maktab o`qtuvchisiga jismoniy sifatlarni tarbiyalash 
    masalalarini muvaffaqiyatli yechish imkonini yaratadi. 
    Kichik maktab yoshidagi bolalarda yurush, yugurish, sakrash, uloqtirish, konkida 
    yurush yugurush, suzish hayot uchun kerak bo’ladigan eng oddiy harakat malakalarni 
    rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o’zlashtiradi, sababi-ularning asab tizimi yuqori 
    darajada egiluvchandir.
    Kichik maktab yoshidagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqlarni 
    ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari tanani tarbiyalashni ayrim 
    elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    944 
    Mazkur maqsadni ro’yobga chiqarish uchun ularda, odatda, jismoniy mashqlar va 
    harakatli o’yinlardan iborat bo’lgan keng o’quv materiali taqdim etilgan. 
    Asosiy qism. Pedagogik jarayonlarni rejalashtirish va uning mazmuni maktab yoshdagi 
    bolalarning jismoniy tarbiyasini rivojlantirish ustidagi tajribalarni rejalashtirish maktab dars 
    sxemasi asosida amalga oshirildi va to’rt hafta mobaynida maktab yoshidagi bolalar shu 
    maqsadda maxsus harakatli o’yinlarni izchillik bilan bajardilar, va ular jismoniy harakat 
    orqali jismoniy tayyorgarligini uyg’unlashtirishgan edi. Masalan tezkorlik qisqa masofaga 
    yugurish davomidagi harakat suratining tempi o’stirildi. To’rt hafta mobaynida bolalar 
    jismoniy tarbiya orqali jismoniy harakatining rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlarni 
    kamida 12 marta bajardilar.
    Statistik ishlov berish natijasida 7-8 yoshli bolalar tomonidan nazorat mashqlarining 
    bajarilish ko’rsatkichlarini testlash nazariyasi talablariga muvofiq, ravishda ularning 
    jismoniy tayyorgarlik holatini baholash uchun qizlar va o’g’il bolalardan iborat ikkita yosh 
    guruhlarining har biri uchun 4 ta test tanlab olindi. 
    Har bir yosh - jins guruhida testlar mazmuni alohida xususiyatlarga ega edi. Masalan, 
    7 yoshli qizchalarning egiluvchanligini tavsiflash uchun quyidagi testlardan foydalanildi: 
    chalqancha yotgan holda gavdani ko`tarish ; 7 yoshlilar uchun oldinga orqaga umbaloq 
    oshish; 8 yoshlilar uchun 30m ga yugurish; 8 yoshlilar uchun ko’prik hosil qilish. Demak, 
    barcha yosh guruhlari uchun berilgan testlar egiluvchanlik va tezkorlikni rivojlantirish 
    uchun. U yoki bu testlarning qo’llanilishi to’g’risida quyida batafsilroq ma’lumot beriladi.
    Mazkur tajriba 14-sonli umumiy o’rta ta’lim muassasasida o’tkazilgan pedagogik 
    tajriba materiallari keltirilgan bo`lib. Nazorat guruhi Xiva tumanidagi 14-sonli umumiy o’rta 
    ta’lim maktab muassasasida tarbiyalanuvchi tengdosh bolalardan iborat edi. 
    Jismoniy tayyorgarlik darajasini rivojlantirish uchun o’n hafta davomida olib borildi 
    (20 ta o’quv darsi, 18 xil harakatli o’yin). 
    Pedagogik tajribani rejalashtirish quyidagicha amalga oshirildi. Tajribani boshlashdan 
    avval hamma bolalar jismoniy sifatlari orgnizmni rivojlanish darajasining dastlabki holatini 
    aniqlash maqsadida nazorat sinovlaridan foydalaniladi Keyin 25 o’quv kuni davomida 
    tajriba guruhi bolalari 2-ilovada keltirilgan sxema bo’yicha bolalarni jismoniy xolati va 
    sifatlardan birini ko’proq rivojlantirish bo’yicha tanlangan harakatli o’yinlarni bajardilar. 20 
    kunlik tajriba davri tugaganidan keyin bolalar yana nazorat mashqlarini, topshiradilar, 
    bundan asosiy maqsad , dastlabki ko’rsatkichlarga nisbatan pedagogik tajribaning 
    natijalariga baho berishdan iborat. Navbatdagi jismoniy sifat xuddi shu uslubda keyingi 2 
    kun, mobaynida tadqiq etildi. Shu tariqa jami 2 xil jismoniy sifatni tekshirish 20 o’quv kuni 
    davomida amalga oshirildi. 
    Nazorat va tajriba guruhidagi 7-8 yoshli bolalar holatining dastlabki ko’rsatkichlarida 
    aniq tafovutlar kuzatilmadi. Shuning uchun pedagogik tajriba natijalarini bundan so’ng 
    tahlil qilishda biz faqat yakuniy natijalarni taqqoslaymiz


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    945 
    Bolalarni ko’proq haratdagi mashqlar orqali qiziqtirishimiz, ularni shu muhitga olib 
    kirishimiz lozim bo’ladi. Buning uchun biz maxsus harakatli o’yinlardan foydalanishimiz 
    lozim. 
    Tezkorlikni rivojlantirish uchun 
    ,, Tezda bosib o’t’’ 
    ,, Yaralanma’’ 
    ,, Qo’lim pishdi’’ 
    ,, Uni tezda tut’’ 
    ,, Estafeta’’ 
    Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun 
    ,, Aldamchi to’p’’ 
    ,, Arqon tugunini yechish’’ 
    ,, Oldinga va orqaga umbaloq oshish’’ kabi harakatli o’yinlardan foydalandik. 
    Xulosa; Ushbu makolada maktab yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik 
    sifatlarini rivojlantirishiga ko’ra rejalshatirilgan harakatli o’yinlardan foydalanishning 
    samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan pedagogik tajriba materiallari takdim 
    etilgan.
    7-8 yoshli bolalarning turli yosh jins guruhlarida o’tkazilgan pedagogik tadqiqotlar 
    turli jismoniy sifatlarning takomillashuvi jarayoniga pedagogik tajribaning ta’sir ko’rsatishi 
    xususiyatlarinigina emas, balki ulardagi o’zgarishlarning yosh xususiyatlari jismoniy holati, 
    sog’lig darajasni ham aniqlash uchun imkoniyat yaratib berdi.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г

    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish