NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SANʼATI, NUTQNING TAʼSIRCHANLIGINI
OSHIRISH USULLARI
Rajabov Rayimberdi Obloberdiyevich
Jizzax viloyati, Yangiobod tumanidagi 12-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
Rajabov Dilmurod Rayimberdi o‘g‘li
Mustaqil izlanuvchi
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
932
Annotatsiya: Ushbu maqolada notiqlik san’ati va nutq madaniyatining o‘zaro
uyg‘unligi, so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llay olish va nutqning ta’sirchanligini oshirish, auditoriya
oldida fikrni bayon eta olishning samarali usullari va tinglovchilarning diqqatini tortishda
notiq amal qilishi lozim bolgan muhim jihatlar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: nutq madaniyati, notiq, so‘z, fikr, tinglovchi.
Insonning jamiyat orasida kishilar bilan oʻzaro muloqoti va nutq madaniyati – uning
ijobiy imidji va auditoriyada oʻz oʻrnini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Har
qanday inson tabiiyki oʻz hayoti davomida turli nutq va fikrlarni tinglab, ulardan oʻzi uchun
zaruriy axborotlarni qabul qiladi. Tinglangan nutqdan qanchalik axborot olish, albatta
notiqning yetkazib berish qobiliyatiga bogʻliq.
Bilamizki, aksariyat odamlar oʻzaro muloqot jarayonlarida qanchalik faol va soʻzamol
moʻlmasin, lekin omma oldida yoki ommaviy axborot vositalariga gapirishdan choʻchiydilar
va oʻz fikrlarini estetik jihatdan toʻgʻri yetkazib berishga qiynaladilar. Bu jarayon koʻpchilik
uchun murakkab tuyuladi. Shuning uchun nutq soʻzlovchi avvalambor tinglovchilar
toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻlishi, ularning soni, auditoriyaning tarkibi,
soʻzlagan nutqining oqibatlarini taxminiy boʻlsada bilishi maqsadga muvofiq. Shunga koʻra
notiq tayyorgarlik koʻrishi, mavzuni belgilashi, reja tuzib olish, zaruriy fikrlarni joy-joyiga
qoʻyishi, bayon qilinadigan fikrlarini oʻzaro amaliyot bilan uygʻunlashtirishi hamda
yetkaziladigan materialni avvalo uning oʻzi toʻla anglashi va tinglovchilarga aniq, loʻnda
yetkazib bera olishi lozim boʻladi.
Nutq soʻzlovchi biror mavzu boʻyicha auditoriya oldida oʻz fikrini bayon qilayotganda
mantiq, psixologiya, falsafa, estetika va til qonunlariga asoslanishi kerak. Mazkur fanlar
qonuniyatlariga asoslangan nutqning tasirchanligi ortadi va nutq sanʼat darajasiga
koʻtarilishi mumkin.
Notiqlik haqida soʻz yuritganda, avvalo, madaniyat bilan, oddiy, xalqchil va savodli
gapirishni oʻrganish – notiqlik sanʼatini egallashga qoʻyilgan dastlabki qadamlardan biridir.
Nutqning yanada taʼsirchanligini oshirish uchun esa obrazli va ravon gapirishni oʻrganish
lozim. Buning uchun notiq auditoriya diqqatini jalb qilad oladigan va kishilar koʻnglidan joy
olgan notiqlar faoliyatini, nutq uslubini sinchiklab oʻrganishi va ularni oʻz faoliyatida qoʻllay
bilishi, zarur boʻlganda iqtiboslar keltira olishi lozim boʻladi. Eng muhimi, oʻz bilimi va
dunyoqarashiga suyangan holda toʻgʻri va chiroyli soʻzlash koʻnikmasini egallashdir.
Chiroyli nutq soʻzlashda notiqning madaniyati, maʼnaviy boyligi, oʻzini tutishi, hayotiy
malakasi va mahorati muhim oʻringa ega. Shuning bilan, uning qobiliyat va isteʼdodi ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻzlovchi oʻz nutqi davomida tinglovchilarni qiziqtirgan holda
jalb etish, zarur boʻlganda, ularni diqqatini tortish maqsadida turli obrazli harakatlar,
kuldirish yoki taniqli shaxslarning fikrlari, maqol va aforizmlardan iqtiboslar keltirishari
mumkin. Shu bois soʻzlovchida hayotiy malaka, yuksak bilim, koʻproq maʼlumotlarga ega
boʻlish va soʻz boyligi talab etiladi. Eng ahamiyatlisi esa, fikrni tiniq yetkaza olish, zarur
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
933
hollarda oʻxshatishlardan ustalik bilan foydalanish hamda nutqning oddiy va barcha uchun
tushunarli darajada boʻlishidir.
Nutqning taʼsirchanligini oshirishning muhim jihatlaridan yana biri – bu har qanday
mavzuda ravon va uzluksiz gapira olishdir. Uzluksizlik baʼzan mavzudan chalkashish yoki
tayyorgarliksiz nutq soʻzlayotganda zarur boʻladi. Fikrni bayon etish vaqtida bexosdan
uzilish boʻlishi yoqimsiz holat albatta. Bunday holatda notiq hayajonga berilmasdan oʻz
nutqini uzluksiz davom ettirishi zarur.
Nutqni rejalashtirishda quyidagi tamoyillardan foydalanish maqsadga muvofiq
boʻladi. Xususan, nutqning kirish qismida tinglovchini fikrning qaratilayotgan mavzusiga
tiqqatini jalb etish lozim. Bayon etilayotgan fikr umumiy va aniq maqsadlarga ega boʻlishi,
ishntira olish, harakatga undash, maʼlumot berish, qiziqtirish va taassurot qoldirish talab
etiladi.
Fikrni bayon etishda butun chiqish asosiy fikrga qaratilishi lozim. Agar auditoriya
notanish boʻlgan hollarda tinglovchiga taʼsir oʻtkazishga xalaqit beradigan ishonchsizlik va
rasmiylik toʻsiqlarini yoʻq qila olishi va auditoriyaning diqqatini torta olishi kerak. Buning
uchun tabiiy va ishonchli ohang, erkin harakat, zarur joyda pauzaga ega boʻlish hamda
hissiy emotsionallik zarur. Bundan tashqari, tinglovchilarga savollar berish orqali ularning
xayolini jamlash, tayanch tushunchalarga urgʻu berish, ularni baland yoki past ovozda
pauza bilan talaffuz qilish, auditoriyaga qiziqarli fikrni vaʼda qilish, jumladan, “Endi men
sizlarga bir voqeani aytib beraman” yoki “Etibor bering!” kabi jumlalardan foydalanish
samara beradi.
Yana bir muhim jihat – nutq jarayonida soʻzlarni oʻz oʻrnida, oʻz mazmunida ishlata
olishdir. Soʻz – nutq madaniyatining asosiy xomashyosidir. Agar soʻz oʻz oʻrnida va
mazmunida ishlatilmasa, uning qudrati va taʼsir kuchi asta-sekin susayadi. Soʻzni maʼnosiga
eʼtibor bergan holda qoʻllash, mavzuga mos tarzda talaffuz qilish nutq madaniyatining
muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy soʻzning qudrati va mazmun-mohiyatiga
baho berar ekan:
– “Maʼdani inson gavhari soʻzdurur,
Gulshani odam samari soʻzdurur.
Ham soʻz ila elga oʻlimdan najot,
Ham soʻz ila topib oʻlik tan hayot” – deya taʼrif keltirgan edi.
Anglash mumkinki, soʻzga qanday yondashishdan qatʼiy nazar, u har qanday muloqot
jarayonida nutqning asosini tashkil qiladi. Faqatgina bu asos notiq tomonidan jilolansa va
oʻz oʻrnidaa qoʻllanilsagina, soʻz faqatgina ashyoviy asos boʻlib qolmay, balki, qudratli
kuchga aylanib, tinglovchini oʻziga qarata oladi.
Nutqning taʼsirchanligini oshirish bevosita notiqning shaxsiga, madaniyatiga, soʻz va
harakatlardan mohirona foydalana olishiga bogʻliq. Shuningdek, notiqning nutqdagi fikr va
dalillarga oʻz shaxsiy qarashlari va munosabatini bildirishi ham muhim. Shu bilan birga,
notiqning aniq dalillar bilan gapirishi ham nutqning ishonchliligi va salohiyatinini oshirishga
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
934
xizmat qiladi. Nutqning bir maromda boʻlishi, tinglovchilar soniga qarab ovoz past yoki
baland ovozda jaranglashi va taʼkid bilan soʻzlash lozim. Ishlatiladigan jumlalar imkon qadar
barcha uchun tushunarli va sodda boʻlishi, sohaga yoki auditoriyaga notanish boʻlgan
soʻzlar, qiyin talaffuz qilinadigan atamalar ishlatilmasligi maqsadga muvofiqdir
Fikrni bayon qilayotganda notiq oʻzini erkin tutishi, uyalish, tortinish kabi holatlardan
yiroq boʻlishi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, nutq davomida ortiqcha
harakatlar va imo-ishoralardan saqlanish zarur boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, nutq shunday jarangli ifodalanishi kerakki, tinglovchi qalbini
zabt etishi natijasida unda notiqqa nisbatan ishonchi ortishi, uni koʻpni koʻrgan, bilimli
inson deb tan olishdan boshqa chorasi qolmasligi kerak.
|