• Kalit so’zlar
  • Key words
  • Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
    1. N.G‘oyibov. Notiqlik san’ati. Toshkent-2012 
    2. A.Ortiqov. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. Toshkent-2002 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    935 
    YILLIK TAYYORGARLIK MASHG’ULOTLARINING SAMARADORLIGI 
    Ismoilova Zuhra Hamid qizi 
    Shavkatova Bahriniso Shavkat qizi 
    UrDU Jismoniy madaniyat talabalari 
    Annototsiya: Yillik tayyorgarlik samaradorligi asosan mashg’ulot jarayonining tashkil 
    qilinishiga bog’liq. Har bir yillik mashg’ulot uchta tsikldan iborat bo’ladi. Har bir tsiklning 
    o’ziga qo’yilgan vazifalari bor. Qo’yilgan vazifalarni samarali hal qilish mashg’ulot 
    jarayonining tuzilishiga bog’liq.
    Kalit so’zlar: Tskil, mashg’ulot, davr, jismoniy tayyorgarlik, mashq. 
    Annotation: The effectiveness of annual training mainly depends on the organization 
    of the training process. Each annual training consists of three cycles. Each cycle has its own 
    tasks. The effective solution of the assigned tasks depends on the structure of the training 
    process. 
    Key words: Tskil, training, period, physical training, exercise. 
     
    ASOSIY QISM 
    Mashg‘ulot jarayonini yil davomida tashkil qilish tamoyili mashg‘ulotlar 
    samaradorligini oshirish va yuksak sport natijalariga erishishning hal qiluvchi shartlaridan 
    biri. Yil davomidagi tayyorgarlik–bu sportchi mashg‘ulotlarni 12 oy mobaynida muntazam, 
    turli rejalashtirish variantlari asosida o‘tkazadi va bundan bir necha oy yoki haftani 
    tiklanishi uchun ajratadi. Yil davomidagi mashg‘ulotni rejalashtirish uchun davrlashtirish, 
    ya’ni sikllar, davrlar va bosqichlarga bo‘lishdan foydalaniladi. Ularning nisbati va 
    davomiyligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: muayyan taqvimiy musobaqalarda ishtirok 
    etish zarurati, yengil atletika turining o‘ziga xos xususiyatlari, sportchining tayyorlanganligi 
    darajasi, sport formasining rivojlanishi xossalari. Hozirgi vaqtda, yengil atletikada yil 
    davomidagi mashg‘ulotni tashkil etishning uchta asosiy varianti mavjud. Birinchi variantda 
    yil bitta katta mashg‘ulot siklini (makrotsikl) tashkil etib, uch davrga bo‘linadi: tayyorgarlik, 
    musobaqalashuv va o‘tish davrlari.
    Tayyorgarlik davri 6 oyga yaqin davom etib (noyabr-aprel), o‘z navbatida uch 
    bosqichga taqsimlanadi: kuzgi-qishqi tayyorgarlik – 3 oy (noyabr-yanvar); qishqi 
    musobaqalashuv – 1 oy (fevral), bahorgi tayyorgarlik – 2 oy (mart-aprel).
    Musobaqalashuv davri 5 oy davom etib, ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: ertangi 
    musobaqalar – 1 oy (may) va asosiy musobaqalar – 4 oy (iyun-sentyabr). 
    O‘tish davri, odatda, 3-4 hafta davom etib, oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi. 
    Birinchi variant boshlovchi yengil atletikachilar, kichik razryadli sportchilar, 
    shuningdek, qishda musobaqalashish imkoniga ega bo‘lmagan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan 
    uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yuguruvchilar, tez yurarlar va uloqtiruvchilar tayyorgarligi 
    uchun mo‘ljallangan. Yengil atletika sohasidagi mutaxassislarning tadqiqotlari va 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    936 
    tajribalariga tayangan holda 1-variant asosida turli malaka va ixtisoslikka ega bo‘lgan yengil
    atletikachilar mashg‘ulotlari davrlari bo‘yicha mashg‘ulotlarning umumiy vaqtiga nisbatan 
    umumiy (UJT) va maxsus (MJT), shuningdek, texnik tayyorgarliklarning quyidagi taxminiy 
    foiz hisobini tavsiya etish mumkin (4-jadval). Ikkinchi variantda yil ikkilantirilgan: kuzgi-
    qishki (5 oyga yaqin, ya’ni 15 oktyabrdan 14 martgacha) va bahorgi-yozgi (6 oy 15 martdan 
    14 sentyabrgacha) sikl, shuningdek, o‘tish (3-4 hafta – 15 sentyabrdan 14 oktyabrgacha) 
    davridan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, kuzgi-qishki sikl kuzgi-qishki tayyorgarlik (15-
    oktyabr-30 noyabr) va maxsus tayyorgarlik (1 dekabr-31 yanvar) bosqichlariga bo‘linadi. Bu 
    siklga musobaqa davri ham (1 fevral-14 mart) kiradi. Bahorgi-yozgi sikl bahorgi tayyorgarlik 
    (15 mart-14 aprel) va maxsus tayyorgarlik (15 aprel-31 may) bosqichlari, shuningdek, 
    yaqinlashtiruvchi (1-30 iyun) va asosiy musobaqalar (1 iyul-14 sentyabr) davrlarini o‘z ichiga 
    oladi. Bu variant faqat yozda emas, qishki davrda ham musobaqalashish imkoniyatiga ega 
    bo‘lgan yengil atletikachilarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Uning ahamiyati shundaki
    yilning ko‘pdan-ko‘p musobaqalarida ishtirok etish yengil atletikachilar tayyorgarligini 
    yaxshilaydi, hamda o‘quv-mashq jarayonining yanada sifatli va muntazam nazorat 
    qilinishini ta’minlaydi. Musobaqalar taqvimini ikki siklli qilib tuzish murabbiydan 
    sportchilarning sport formasini boshqarish, tayyorgarlikning vosita va usullarini tanlash, 
    ularni turli variantlarda qo‘llash borasida katta mahorat talab qiladi, ayni paytda 
    sportchining ahvolini, ish qobiliyatini joriy nazorat qilish bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
    O‘zi uchun chegaraviy hisoblangan natijalarga erishgan hamda optimal imkoniyatlar 
    yosh zonasidan oshib o‘tgan sportchilar uchun yil davomidagi mashg‘ulotlarni tashkil 
    etishning uchinchi varianti qabul qilinishi mumkin va u har biri 3-4 oy davom etadigan bir 
    necha (4 tagacha) qisqa sikllardan iborat bo‘ladi. Bu variantning xususiyati sportchining yil 
    davomida ko‘p musobaqalarda ishtirok etishi, ular orasida qo‘llab-quvvatlovchi (ba’zan 
    rivojlantiruvchi) mashg‘ulotlar va faol dam olish bilan shug‘ullanishi hisoblanib, asosiy 
    o‘ziga xos jihati – yil mobaynida mashg‘ulot hamda musobaqa yuklamalarining 
    to‘lqinsimon o‘zgarishidir. Tezlik-kuch bilan bog‘liq turlarda ixtisoslashayotgan barcha 
    yengil atletikachilar uchun uchinchi variant eng maqbul hisoblanadi. Yuqori malakali 
    uloqtiruvchilar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan holda olimpiada chempioni A. 
    Bondarchuk o‘quv-mashq jarayonini uch davrga bo‘lishni taklif qiladi:
    1) Sportchining shug‘ullanganlik darajasini oshirish davri, ikki oygacha davom 
    etadigan va texnik mahoratni takomillashtirish bilan birgalikda sportchining tezlik-kuch 
    imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bu muddatni “tarbiyalash davri” deb atash 
    mumkin;
    2) Sportchining shug‘ullanganligi darajasini saqlab turish davri 1 oydan 3 oygacha 
    davom etib, uning vazifasi – jismoniy konditsiyaning erishilgan darajasini barqarorlashtirish 
    va texnikani yanada takomillashtirishni davom ettirish;
    3) Sportchining shug‘ullanganlik darajasidagi pasayish davri – 1 oygacha davom 
    etadigan hamda maqsadi sarflangan kuch-quvvatni tiklashdan iborat bo‘lgan bu vaqt “dam 
    olish (faol va passiv) davri” deb ataladi. Sanab o‘tilgan davrlarning birortasida tezlik-kuch 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    937 
    sifatlarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan vosita va usullarni turli variantlarda 
    qo‘llashga, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun muddatlarning 
    davomiyligiga, sportchida albatta kuzatiladigan jismoniy imkoniyatlarning qisqa muddatli 
    pasayishi hisobiga harakat qobiliyatlarining erishilgan darajasini tegishli vaqt oralig‘ida 
    saqlab turishga e’tiborni qaratish lozim. Sanab o‘tilgan omillar yil davomida va boshqa vaqt 
    oraliqlarida odamning motorikasi va psixikasiga maqsadli ta’sir ko‘rsatish natijasida uning 
    biologik holatida yuz beradigan qonuniy o‘zgarishlarni aks ettiradi. Yillik siklni tashkil 
    etishning har uchala variantida tayyorgarlik davri ikki bosqichdan iborat-umumtayyorgarlik 
    va maxsus tayyorgarlik. Sarflanadigan vaqt nuqtai nazaridan ular orasidagi nisbat 3:1 
    (boshlovchi sportchilar uchun) va 3:2 yoki 2:2 (malakali sportchilar uchun) ko‘rinishida 
    ifodalanishi mumkin. Tayyorgarlik davridagi asosiy vazifalar: umumiy va maxsus jismoniy 
    tayyorlanganlik darajasini yaxshilash; yengil atletikaning tanlangan turiga muvofiq 
    sportchining kuchi, tezkorligi, chidamliligi va boshqa jismoniy sifatlarini yanada 
    rivojlantirish; texnikani takomillashtirish va taktika elementlariga ishlov berish; axloqiy 
    hamda irodaviy sifatlarni yaxshilash; yengil atletikaning tanlangan turi nazariyasi va 
    usuliyati, shuningdek, gigiena, anatomiya, fiziologiya, sport tibbiyoti va b. sohasidagi 
    bilimlarni oshirish. Yengil atletikachilarning tayyorgarligi va ixtisosligidan kelib chiqib, bu 
    vazifalarni bajarishga har xil miqdordagi vaqt ajratiladi. Boshlovchi yengil atletikachilar 
    umumiy jismoniy tayyorgarlik va yengil atletika mashqlari texnikasiga oid elementlarni 
    egallashga ko‘p e’tibor qaratadilar. Bu davrda malakali sportchilar maxsus umumjismoniy 
    tayyorgarlik va o‘z turlari texnikasini takomillashtirishga ko‘p kuch beradilar. O‘rta va uzoq 
    masofalarga yuguruvchilar o‘z tayyorgarliklarida asosan musobaqa mashqlarini turli 
    shiddat hamda variantlarda qo‘llaydilar. Sakrovchi va uloqtiruvchilar bu davrda umumiy 
    tayyorlovchi va maxsus tayyorlovchi ta’sir ko‘rsatadigan vositalarga ko‘proq ahamiyat 
    beradilar. Barerchilar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar va ko‘p kurashchilar yaxshi jismoniy 
    tayyorgarlikka ega bo‘lsalar, texnika ustida ko‘proq ishlashlari mumkin, jismoniy 
    tayyorgarligida muammolari bo‘lgan sportchilar esa bunga eng ko‘p diqqatlarini 
    qaratishlari lozim. Shu bilan birga, tayyorgarlik davrida, ayniqsa, yengil atletikaning texnik 
    turlarida maxsus yo‘nalishga panja orasidan qarash mumkin emas.
    Musobaqa davri oldiga qo‘yiladigan maqsad shunday bo‘lishi kerak ma’suliyatli 
    musobaqalarning oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport natijalariga 
    erishish. Bu davrda musobaqalarning asosiy vazifalari: jismoniy va axloqiy-irodaviy sifatlarni 
    tanlangan sport turi talablariga mos ravishda yanada rivojlantirish; sport texnikasidagi 
    ko‘nikmalarni mustahkamlash; ishlab chiqilgan taktikani egallash va musobaqalashuv 
    tajribasini o‘zlashtirish; nazariy bilimlar darajasini oshirish; tarbiyaviy vazifalarni hal etish. 
    Bu davrda, sport formasini saqlagan holda, shug‘ullanganlik darajasini ko‘tarish yordamida 
    yuqori natijalarga, rekord ko‘rsatkichlarga erishish (sportchilarning imkon bo‘lsa har bir 
    haftaning oxirida musobaqalar, prikidkalar, tekshiruvlarda muntazam ishtirok etishi 
    hisobiga). Musobaqa davrining birinchi bosqichida yengil atletikachilar ko‘p 
    shug‘ullanishlari, 
    musobaqalarda 
    ishtirok 
    etishdan 
    qo‘rqmasliklari 
    kerak. 
    Bu 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    938 
    musobaqalarning maqsadi-sportchining tayyorgarligini tekshirish, zaif jihatlarni aniqlab, 
    ularni tuzatish yo‘llarini belgilashdan iborat. Bu bosqichda musobaqalarda ishtirok etish 
    mashg‘ulotlarda jiddiy o‘zgarishlarning yuz berishiga sabab bo‘lmasligi kerak; eng avvalo 
    yuklamalar pasaytirilmasligi lozim, imkoniyatlarni tekshirib olish, shug‘ullanganlik darajasini 
    oshirish, mashg‘ulot jarayoni samaradorligini baholash, yangi sharoitlarga ko‘nikish zarur. 
    Odatda, dastlabki musobaqalardan keyinoq mashg‘ulot jarayoniga tuzatishlar kiritish va 
    keyingi musobaqalarga yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradigan xulosalar chiqarib olish 
    mumkin. Musobaqa davrining ikkinchi davrida mashg‘ulot asosiy maqsadga bo‘ysundiriladi 
    – bu eng Yuqori natijalarga erishish. Bu vaqtda mashg‘ulotlar hajmini kamaytirish, lekin 
    ularning shiddati, murakkabligini oshirish shart. Bu bosqichda sportchi oliy sport formasi 
    holatiga kirib, maksimal va barqaror natijalar ko‘rsatishi kerak. Mashg‘ulotlar shiddatini 
    asta-sekin oshirib borish va ayni paytda, yuklamalar hajmini qisqartirish, mashg‘ulotlarni 
    turli variantlarda o‘tkazish, musobaqalar miqdorining optimal bo‘lishiga erishish-sportda 
    yirik muvaffaqiyatlarga erishishning muhim shartidir. Musobaqalar davrida mashg‘ulotning 
    vosita va usullari boshqa davrlardagidek rang-barang emas. Bu vaqtda yengil atletikaning 
    tanlangan turiga xos mashqlar va maxsus tayyorgarlik vositalaridan foydalaniladi. 
    Umuman, musobaqa davrida mashg‘ulot va musobaqa yuklamasi, uning hajmi va 
    shiddati, murakkabligi zo‘riqtirish xususiyati to‘lqinsimon shaklda o‘zgarib, jiddiy 
    tebranishlarga ega bo‘ladi. Mas’uliyatli musobaqalar yaqinlashgani sayin umumiy yuklama 
    kamaytiriladi, biroq mashg‘ulotlar shiddati yengil atletikaning turiga qarab har xil tarzda 
    o‘zgartiriladi. O‘tish davri jadal musobaqalar mavsumidan so‘ng sportchining maqsadi yangi 
    katta sikldagi mashg‘ulotlarning boshlanishiga sportchini to‘la dam olgan, sog‘lom, o‘z 
    jismoniy sifatlarini pasaytirmagan, texnik ko‘nikmalarini yo‘qotmagan holda etkazib olib 
    kelishdan iborat. Bu davrda, o‘z navbatida, jismoniy tayyorlanganlikning erishilgan 
    darajasini saqlab turish juda muhim. Yengil atletika turlariga xos xususiyatlarni ham 
    hisobga olish zarur. O‘tish davrida yuguruvchi va tezyurarlar o‘z ixtisoslik turlaridan 
    foydalanib, yuklamalarni pasaytiradilar, sprinterlar, barerchilar, sakrovchi va uloqtiruvchilar 
    boshqa sport turlariga xos mashqlardan foydalanadi (ayniqsa, yuqori malakali sportchilar), 
    ular mashg‘ulotlariga o‘z sport turlarini kiritmasliklari mumkin. Barcha hollarda mas’uliyatli 
    musobaqadan keyin qisqa muddatli dam beriladi. Agar yil davomida ikki yoki undan ortiq 
    makrotsikldan foydalanilsa, birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi makrotsikllar orasida 
    o‘tish davri bo‘lmasligi mumkin, lekin bir necha kunlik (mikrotsikl) dam olish ta’tili zarur, 
    yaxshisi, u faol o‘tkazilishi kerak. Bunday mikrotsikllar ikkilantirilgan yoki sikli juftlik 
    mikrotsikllar deb ataladi. Har bir mikrosilklarni sportchilar Yoshi, jinsi, tayyorgarlik 
    darajasiga qarab rejalashtiradilar.
    Xulosa. Ishlab chiqilgan amaldagi dastur bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tahlillardan 
    shu narsa ayyon bo‘ldiki, ko‘proq mashg‘ulot jarayonlarida qisqa bo‘lgan bo‘linmalarni 
    bo‘laklab o‘tish usulida takroriy yugurishlar orqali bajarishga va tezkorlikni rivojlanishga 
    e’tibor qaratishadi. Bu esa, sportchilarni tezkorligini ma’lum muddat rivojlantiriladi, ammo 
    keyinchalik sport natijasini bir joyda qotib qolishiga olib kelishi ham mumkin. Shuning 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    939 
    uchun mashg‘ulotlarida haftada bir yoki ikki marta kross yugurishlar tayyorgarlik davrlarida 
    qo‘llanilsa maxsus tayyorgarlik davrida og‘irlashtirilgan jismlardan shtanga va har xil 
    sakrash mashqlari va dam olish oraliqli usullarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г

    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish