• Barno Masharipova Nukus Davlat Pedagogika Instituti 2- bosqich magistranti Kalit so`zlar
  • Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т

    KASBIY MOTIVATSIYANING AHAMIYATI 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    953 
    Barno Masharipova
    Nukus Davlat Pedagogika Instituti 
    2- bosqich magistranti
    Kalit so`zlar: motivatsiya, kasbiy motivatsiya, qadriyat, shaxs faolligi, shaxs 
    faolligining tashqi manbalari.
    Ключевые слова: мотивация, учебные мотивы, ценностные ориентации, 
    личностные свойства, направленность на деятельность, направленность на 
    результат, направленность на процесс. 
    Key words: motivation, learning motives, value orientations, personal characteristics, 
    focus on activity, focus on result, focus on process. 
     
    Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va madaniy sohalarda amalga 
    oshirilayotgan islohotlar ta`lim jarayoni, kadrlar tayyorlash tizimini ham tubdan yangilash 
    hamda rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan ta`lim tizimini zamon talablari darajasida va 
    erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o`sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat 
    hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak ma`naviyatli, komil insonlar 
    etib 
    tarbiyalash 
    davlatimiz 
    siyosatining 
    ustuvor 
    yo`nalishlaridan 
    hisoblanadi. 
    Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam 
    hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun 
    dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi [1], – deb ta`kidlagan Sh.M.Mirziyoev. 
    Shunday ekan, yoshlarning, kelajak avlodning kasbiy etukligi, to`g`ri kasb tanlashi va 
    mohirona olib borishiga e`tibor qaratilishi hozirgi kunnig dolzarb masalalaridandir. 
    Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni tayyorlashni takomillashtirish bitiruvchilar 
    tayyorgarligining ko‘plab omillari va ularning kasbiy faoliyatga real tayyorlik darajasi bilan 
    shartlangan. Ular orasida pedagogik oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘qishga oid faoliyat 
    motivatsiyasi o‘ta muhim hisoblanadi. Pedagogik oliy o‘quv yurtlarining ta’limiy jarayonida 
    bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga o‘sib boruvchi talablar va ularni kasbiy faoliyatga 
    tayyorlashning real darajasi o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol ko‘rinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida 
    talabalarni tayyorlashni takomillashtirish bitiruvchilar tayyorgarligining ko‘plab omillari va 
    ularning kasbiy faoliyatga real tayyorlik darajasi bilan shartlangan. Ular orasida pedagogik 
    oliy o‘quv yurtlari bo’lajak tarbiyachi-pedagog talabalarning o‘qishga va ishga oid faoliyat 
    motivatsiyasi o‘ta muhim hisoblanadi. 
    Shaxsiy kasbiy motivatsiyasi o‘zi va boshqa odamlarni kasbiy muvaffaqiyatga 
    erishishga rag‘batlantirish jarayoni sifatida ham gavdalanishi mumkin. Bundan tashqari, 
    kasbiy faoliyat motivatsiyasi kasb tanlashni va bu kasb bilan bog‘liq majburiyatlarni 
    davomiy bajarishni shartlaydigan aniq undovchi ta’sir sifatida ochib berilishi mumkin *4+. 
    Kasbiy motivatsiya nafaqat kasbiy yo‘lni to‘g‘ri tanlangani va mehnatga oid faoliyat 
    mahsuldorligini, o‘z mehnatining natijalarini qondirish darajasini, balki kasbiy ta’limning 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    954 
    muvaffaqiyatini belgilaydi. Bu fakt shu bilan tushuntiriladiki, tahsilning samarali jarayoni
    kamida ikkita omil – kognitiv sohalar va shaxs motivatsion sohasining rivojlanish darajasi 
    bilan shartlangan. Bu fikr oliy maktab talabalarining kasbiy motivatsiyasining ifodalanganlik 
    darajasi va intellektual qobiliyatlarning rivojlanish darajasi qator empirik tadqiqotlari bilan 
    tasdiqlanadi. Demak, A.A.Rean [5] tadqiqotlaridan biri davomida quyidagi natijalarni oldi. 
    Talabalar –bo‘lg‘usi pedagoglar guruhida umumiy intellekt shkalasi bo‘yicha test 
    o‘tkazgancha va mazkur testlashni o‘qishga oid o‘zlashtirish darajasi bilan solishtirgancha 
    aniqlandiki, intellektning o‘qishga oid o‘zlashtirish bilan na maxsus predmetlar bo‘yicha, na 
    umumta’lim fanlarining bloki bo‘yicha hech qanday ahamiyatli aloqasi yo‘q. Bu fikr boshqa 
    tadqiqotlarda ham o‘z tasdig‘ini topdi *5+ Yana bitta ahamiyatli qonuniylik aniqlandi: 
    “kuchli” va “zaif” talabalar intellekt darajasi bo‘yicha emas, balki o‘qishga oid faoliyat 
    motivatsiyasining kuchi, sifati va turi bo‘yicha farq qilarkanlar. “Kuchli” talabalar uchun 
    ichki motivatsiya kuchli: ularga kasbni yuqori darajada o‘zlashtirish xos bo‘lib, mustahkam 
    bilim olish va amaliy malakalarga ega bo‘lishga mo‘ljal oladilar. “Zaif” talabalarga kelsak, 
    ularning motivlari asosan tashqi, vaziyatli: bunday talabalar uchun, birinchi navbatda, 
    yomon o‘qishlari uchun muhokama qilish va jazolashdan, stipendiyadan mahrum 
    bo‘lmaslikdan va h.k. dan qochish muhim. Agar kasbiy motivatsiya tuzilmasi haqida 
    gapiradigan bo‘lsak, bu yerda kasbga ijobiy munosabat o‘ta muhim rol o‘ynaydi, chunki 
    bunday munosabat ta’limning yakuniy maqsadi bilan bog‘liq. Boshqacha aytganda, agar 
    talaba kasbini ongli tarzda tanlagan bo‘lsa va uni o‘ziga bo‘lganiday jamiyat uchun ham 
    ahamiyatli deb hisoblasa, bu, shubhasiz, kasbiy tayyorgarlik natijalariga ijobiy ta’sir 
    ko‘rsatadi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining kasbga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash 
    bo‘yicha olib ma’lumotlariga ko‘ra *3; 5+ xulosa qilish mumkinki, ko‘proq 1-bosqich 
    talabalari tanlagan kasblaridan mamnunlar. Biroq barcha o‘quv yili davomida bu 
    ko‘rsatkich bitiruv bosqichiga qadar doimiy ravishda pasayib boradi. Oliy o‘quv yurtini 
    tugatishga ozgina qolishiga qaramay kasbidan qoniqish eng kam, kasbga munosabatning 
    o‘zi ijobiy bo‘lib qolaveradi. Bunday natijalar sababi – bu, bir tomondan, muayyan oliy 
    o‘quv yurtlarida ta’lim berishning yuqori bo‘lmagan darajasi, boshqa tomondan esa – 
    birinchi bosqich talabalarida romantik tasavvur va kasb egallashning real usullarini 
    bilmaslikning ustunlik qilishi bo‘lishi mumkin, desa ham bo‘ladi. Shunday qilib, bo’lajak 
    tarbiyachi – pedagog talabaning o‘qishga oid-kasbiy motivatsiyasini susaytiruvchi dastlabki 
    salbiy omillar orasida mazkur kasb to‘g‘risida oldin mavjud bo‘lgan tasavvurlarning talaba 
    oliy o‘quv yurtida uchratganlariga muvofiq emasligini aytish mumkin. Qator empirik 
    tadqiqotlar ko‘rsatdiki, ikkinchi omil –bu muntazam ravishdagi va zo‘r g‘ayrat talab 
    qilinadigan o‘quv faoliyatiga yetarlicha tayyor emaslikdir. Keyin boʼlajak tarbiyachi-pedagog 
    talabada o‘qish va kasbga oid motivatsiyaning pasayishi omili sifatida boshqa ixtisoslikka 
    o‘tishga intilish va o‘qishga umumiy ijobiy munosabat bo‘lgan taqdirda alohida o‘quv 
    fanlariga salbiy munosabat yuzaga kelishi mumkin. Oxirida, odatda, kelajakda kasbiy 
    faoliyatda samarali bajarish uchun yaxlit kasbiy ta’lim tizimida muayyan o‘quv fanining 
    o‘rnini va uni o‘rganish davomida shakllanuvchi bilim, malaka, ko‘nikmalar ahamiyatini 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    955 
    tushunmaslik paydo bo‘ladi. Biz qanday omillar boʼlajak tarbiyachi-pedagog talabaning 
    o‘qish va kasbga oid faoliyati motivatsiyasini pasayishiga olib kelishini aniqlab oldik. 
    Talabalar, shu jumladan, talaba-pedagoglarning o‘quv-kasbiy faoliyatini tanlash va amalga 
    oshirishni shartlovchi omillar to‘g‘risidagi masala ochiq qolmoqda. Bu savolga javobni 
    shaxsning faolligi manbaini aniqlab va shaxsning o‘qishga va kasbga oid faoliyati 
    motivlarining turli-tuman tasniflarini ko‘rib chiqib topish mumkin. Shaxs faolligini tashqi va 
    ichkiga ajratish qabul qilingan. Ichki manbaga bilishga oid va ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy 
    jihatdan ma’qullanadigan harakatlar va yutuqlarga intilish), qiziqishlar ustanovkalar, 
    namuna va stereotiplar hamda o‘z-o‘zini mukammallashtirishga intilish, o‘qish va boshqa 
    faoliyat turlarida o‘zini namoyon qilish hamda o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji bilan 
    shartlanadigan boshqa jihatlar kiradi [3]. Bu yerda real Men obrazining shaxs ideal obraziga 
    muvofiq kelmasligi faollikni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs faolligining 
    tashqi manbalari – o‘quvchining talab, ko'nikma va imkoniyatlari tegishli bo‘lgan hayotiy 
    faoliyati shartidir. Boʼlajak tarbiyachi-pedagog talabalar axloq, muloqot va faoliyatning 
    ijtimoiy me’yorlariga amal qilish zaruriyati bilan bog‘liq *5+. Ko’nikma jamiyatning o‘qishga 
    munosabatini inson tomonidan qabul qilinadigan va unga o‘quv faoliyatini amalga oshirish 
    bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘tish imkonini beradigan axloq me’yorlari sifatida 
    xarakterlaydi. Imkoniyatlar – bu o‘quv faoliyatini avj oldirish uchun zaruriy ob’ektiv shartdir 
    (maktablar, darsliklar, kutubxonalar va h.k.larning mavjudligi). Bu holatda inson 
    rivojlanishining shaxsiy rivojlanishi va u yashayotgan jamiyatning ijtimoiy ekspektatsiya 
    darajasining mos kelmasligi shaxsiy faollikni harakatga soluvchi kuch bo‘ladi. O‘qish va 
    kasbga oid motivlar tasnifi juda ko‘p ekanligi faktiga e’tiborni qaratamiz. Mazkur ish 
    doirasida biz nazarimizda o‘zida birmuncha ahamiyatli bo‘lgan motivlarni olgan bir nech 
    tasnifni ko‘rib chiqamiz, xolos. Demak, yuqorida sanab o‘tilgan faollik manbalari asosida 
    motivlarning quyidagi guruhlari ajratiladi [1]: 
    - ijtimoiy (o‘qishning ijtimoiy ahamiyatini anglash, o‘qishning shaxsiy-rivojlantiruvchi 
    qiymatini tushunish, dunyoqarash va olamni tushunishni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj va 
    boshqalar);
    - bilishga oid (bilim olishga qiziqish, qiziquvchanlik, bilishga oid qobiliyatlarni 
    rivojlantirishga intilish, intellektual faoliyatdan lazzat olish va boshqalar);
    - shaxsiy (o‘z-o‘zini hurmat qilish va shahratparastlik tuyg‘usi, tengdoshlari o‘rtasida 
    obro‘dan foydalanishga intilish, referent bo‘lgan sinfdoshlarga taqlid qilish, o‘ziga xos 
    bo‘lishga urinish va boshqalar).
    O‘qishga motivatsiyaning dastlabki ikki turida orientatsiya jarayonga yo‘naltirilgan. 
    Shaxsiy motivlar ustunlik qilgan holatda motivatsion orientatsiyalar natijaga va 
    atrofdagilarning reaksiyasiga, jumladan, o‘qituvchi bahosiga yo‘naltirilgan. Diqqatga 
    sazovor joyi shundaki, empirik tadqiqotlarning biri davomida talabalarning motivatsion 
    orientatsiyalari va ularning akademik o‘zlashtirishlari o‘rtasidagi aloqa yuzasidan *5+ 
    quyidagilar aniqlandi: o‘zlashtirish bilan birmuncha puxta aloqa ularning jarayonga va 
    natijaga orientatsiyasi, kamroq puxta aloqa –o‘qituvchining bahosiga bo‘lgan orientatsiya 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    956 
    ekan. Keltirilgan tasnifda kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasini rivojlanishi uchun 
    birmuncha ko‘maklashuvchi motivatsiya, bizning nazarimizda, ijtimoiy va bilishga oid 
    motivatsiyalardir. Bilishga oid va ijtimoiy motivatsiyalar birmuncha chuqur bilim, ko‘nikma 
    va malakalarni shakllantirishga ko‘maklashadi. D.Yakobson *2+ yaratgan o‘qishga oid 
    faoliyat tasniflaridan biri bo‘yicha motivlar 2 ga ajratiladi: o‘quv vaziyatiga bog‘liq 
    bo‘lmagan motivlar va o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar.
    1. O‘quv vaziyatiga bog‘liq bo‘lmagan motivlar: 
    kasb tanlashdagi tor ijtimoiy motivatsiya (inkor etadigan motivatsiya) – bu yerda ota-
    onalar, bu sohada vakolatli bo‘lgan odamlar bilan ijtimoiy barobarlashtirish yetakchi motiv 
    vыbora bo‘ladi, shuningdek, omadsizlikdan, ota-onalar, yaqinlar oldidagi mas’uliyat, 
    burchdan qochish motivlarining ustunlik qilishi xosdir; umumijtimoiy motivatsiya – 
    o‘qishga oid faoliyatga undash boshqa odamlarga foyda keltirishga ehtiyoj asosida yotadi;
    pragmatik (cheklangan shaxsiy) motivatsiya, unda faoliyatga undash – bu kasbning ijtimoiy 
    nufuzi va karerada o‘sish imkoniyatidadir.
    2. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: bilishga oid motivatsiya – o‘qishni 
    shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan intilishi boshqaradi;
    kasbiy motivatsiya, bunda talabada tanlangan kasbga, uning mazmuni va ijodiy 
    imkoniyatlariga qiziqish; mazkur kasbda ishlash uchun o‘z qobiliyatlariga ishonch bor;
    shaxsiy o‘sish motivlari – bu holatda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirishga 
    intilish o‘quv faoliyati jarayonini boshqaradi. Talabalarning o‘qishga oid faoliyati 
    motivatsiyasi xususiyatlarini o‘rganish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qiladigan 
    tashhisiy dastur ishlab chiqildi: talabalarning o‘qishga oid faoliyatini yetakchi motivlarini 
    aniqlash; talabalarning o‘qishga oid faoliyati motivatsiyasi va ularning kasbiy yo‘nalganligi 
    o‘rtasida aloqa o‘rnatish; talabalarning o‘qishga oid faoliyati motivatsiyasi va ularning 
    shaxsiy yo‘nalganligi o‘rtasida aloqa o‘rnatish; talabalarning o‘qishga oid faoliyati 
    motivatsiyasi va ularning qadriyatli orientatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish.
    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bo’lajak tarbiyachi-pedagog talaba shaxsining 
    motivatsion sohasini rivojlantirishning sifatli xususiyatlari shaxsiy va kasbiy yo‘nalganlik, 
    qadriyatlar yo‘nalganligiga bog‘liq. Shaxsning motivatsion sohasi faoliyat bilan belgilanadi. 
    Faoliyat rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish komponenti bo‘lishi uchun nafaqat uning 
    mazmuni xarakterini chuqur tushunish, balki shaxsning motivatsion tomonini doimo 
    takomillashtirish muhim. Motivatsion sohani chuqur bilish va tushunish muvaffaqiyatni
    bo’lajak tarbiyachi-pedagog shaxsining faolligini uning rivojlanishini kerakli oqimiga 
    yo‘naltirishni ta’minlashi mumkin. Shundagina o’z kasbini yetuk, mohir, professional egasi 
    bo’lib yetishida asosiy qadamlardan birini tashlagan bo’ladi. Harqanday ishnibg, kasbning 
    o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor, bulardan muommosiz o’ta olishga esa albatta insonda 
    o’zining kasbiga bo’lgan muhabbat va ichki motivatsiyasi bo’lishi katta rol o’ynaydi.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Международный научный журнал №7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г

    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish