VII bob. YOPIQ GORIZONTAL DRENAJLARNI




Download 10,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/189
Sana22.01.2024
Hajmi10,96 Mb.
#142869
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189
Bog'liq
Melioratsiya mashinalari

VII bob. YOPIQ GORIZONTAL DRENAJLARNI 
HIMOYALOVCHI MASHINALAR
7.1. Yopiq gorizontal drenajlarni ishonchli ishlashini ta’minlash
asoslari
Barcha texnik va texnologik talablar asosida sifatli qurilgan yopiq 
gorizontal drenajlarni ishonchli ishlashini ta’minlovchi asosiy vosita- 
larga; drenaj transheyasini qayta ko‘mishda gruntni zichlash, yotqizilgan 
drenaj quvurlarini tasdiqlangan reja asosida tozalash ishlari kiradi.
Yopiq gorizontal drenajlarni samarali ishlashi uchun uning 
transheyasiga qayta ko'm ilgan gruntni yaxshi zichlash va uni transheya 
devorlari bilan mustahkam bog‘lanishini ta’minlash zarur. K o‘p 
cho‘michli ekskavatorlar yordamida qazilgan transheya devorlari ish 
jihozining aylanma harakati natijasida devorlar silliqlanib, zichlangan 
grunt qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam, qayta ko‘milib, zichlangan grunt 
bilan tabiiy (ona) gruntni mustahkam birlashishiga (qovushishiga) 
imkoniyat bermaydi. Shuni ta’kidlab o ‘tish lozimki, qayta ko‘milgan 
gruntni zichlash natijasida uning zichligini tabiiy (ona) grunt zichligiga 
yetqazish kerak. Shunda drenajlar himoyalangan bo‘lib, ularni yaxshi 
ishlashiga sharoit yaratiladi. Amalda esa yuqoridagi o ‘ta zarur boMgan 
bu talabga javob bermagan holda drenajlar qurilib, ishlatilmoqda.
M axsus tekshiruvdan so‘ng, transheyani ko‘mishga ruxsat beriladi. 
Hozirda bu ish bul’dozerlar yordamida amalga oshiriladi. Biroq, 
bul’dozerlar bilan transheyani qayta ko‘mishning quyidagi kamchiliklari 
mavjud: buFdozerning ish unumdorligidan to ‘g ‘ri- foydalanilmaydi 
y a’ni, bul’dozer harakati transheya o ‘qiga perpendikulyar bo‘lib, u 
tuproqni surishda ish bajarilsada, orqaga qaytishida ish bajarilmaydi; 
bul’dozer harakati uchun imkoniyatdan ortiq maydon talab qilinadi, bu 
ayniqsa drenajni qayta ko‘mish jarayonida ekilgan ekin maydonlarini 
payhon bo ‘lishiga olib keladi; bul’dozer transheyaga yaqinlashganda u 
surib kelayotgan gruntning og ‘irligi va ish jihozining surish kuchlari 
ta’sirida transheya devorlari buzilib, o ‘piriladi. Natijada sizdirgichning 
ustki qatlamida bo‘shliq hosil bo‘lib, grunt transheyada bir tekis joy- 
lashmaydi; grunt transheyaga surilayotgan paytda uning og'irlik kuchi 
qurilgan drenajni buzib, ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
110


Shunday b o isad a hozirda drenaj transheyalari buPdozerlar 
yordamida grunt zichlanmasdan ko‘milib, tabiiy, ya’ni qor yomg‘ir 
suvlari ta ’sirida 3 -4 yil davomida shibbalanishi uchun maxsus chellar 
orqali himoyalanadi.
Drenaj transheyalarida gruntni mexanik zichlash asosan gruntning 
namligi optimal sharoitda yaxshi natijalar beradi,
Drenaj transheyalarida gruntni mexanik zichlash ikki xil jarayonga 
boyish mumkin: birinchi jarayon qayta ko‘mi!gan gruntni shibbalash 
bo'Isa ikkinchi jarayon qayta ko'm ish bilan birgalikda shibbalash,
Drenaj transheyalarida gruntni qayta ко‘in ish jarayonidagi 
titratma, statik va dinamik turiari ayniqsa grunt namligi optimal bo‘lgan 
sharoitlarda yaxshi natijalar berishi mumkin, lekin bu usulda zichlashda 
ham transheya devorlari bilan qayta ko‘milgan gruntni bogiash 
imkoniyatlari yo ‘q.
Shuni alohida ta’kidlab o ‘tish joizki, drenaj transheyalari, asosan 
transheya qazuvchi ko‘p cho‘michli ekskavatorlarning aylanma harakat 
qiluvchi ish jihozlari orqali amalga oshiriladi. Bu ish jihozi o ‘zining 
aylanma harakati davomida transheya devorlarini zichlab, silliq qatlam 
hosil qiladi. Bu silliq qatlam esa transheyadagi zichlanadigan gruntni 
transheya devori bilan birlashishga to‘siq bo‘ladi va natijada m a’lum 
miqdorda transheya devorlarida chok hosil b o iib , sug‘orma suvlar shu 
choklar orqali o ‘tib, drenajning buzilishi va yuvilib ketishiga olib keladi.

Download 10,96 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189




Download 10,96 Mb.
Pdf ko'rish