41
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi
va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (4-rasm.)
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
- Bizning biznesimiz nimadan iborat?
- U qanday bo’ladi?
- U qanday bo’lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz
nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni
taqozo etadi:
- kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)?
- qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)?
- istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi
ustunliklar)?
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan
savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes
bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
- korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kompaniya
portfelining maqsadlari;
- xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans.