Menejment va marketing




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

usullari 
 
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2 
yo’nalishda olib boriladi
15

1- 
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. 
2- 
Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi. 
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari 
bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori 
va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar 
xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha 
farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki 
kamayib boruvchi bo’ladi. 
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida 
usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat 
kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob 
topish lozim: 
1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 
2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi. 
3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. 
4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari. 
5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari. 
6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi? 
7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi 
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan 
va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi 
jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim 
savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi 
strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti-
harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. 
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil 
qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil 
qilishda ham foydalaniladi. 
Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni 
(makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. 
Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6- 
rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning 
strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani 


16
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.81 
43 
tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik 
rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish