47
xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi.
Bu kuchlarni tahlil qilish
2 bosqichdan
iborat
19
:
1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.
2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.
Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi
kuchlar quyidagilardan
iborat:
Iqtisodiy o’sishning o’zoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish:
Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:
Yangi mahsulotlarni joriy qilish:
Texnologik o’zgarishlar:
Marketing tizimidagi o’zgarishlar:
Yirik Korxonalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:
NOU XAU ni tarqalishi:
Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:
Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:
Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga
o’tishi
Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri
Ijobiy
qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:
Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari
Tarmoqdagi
raqobat
tarkibini
o’rganishdagi
keyingi qadam - bu
raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi
korxonalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli
- bu strategik guruxlar
kartasini to’zishdir.
Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan
Korxonalarning
raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy
tahlili va xar bir Korxonaning bozordagi mavqeini bir biriga bog’laydi. Buning uchun
tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va korxonalar
strategik guruxlarga
bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan
Korxonalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo’lsa strategik guruxlar
soni xam shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o’zining
raqobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim
20
.