24
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.134
52
- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan
foydalanganda;
- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan
foydalana olmaganda.
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi
mahsulotlarning paydo
bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi
jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab
qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam
bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin.
Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’lanadi:
1. SHavqatsiz
raqobat
2. Intensiv raqobat
3. Meyordagi raqobat
4. Jalb
qiluvchi zaif raqobat
Bozorga yangi kirib kelgan orxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday
Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi.