• 4-MAVZU. KOMPANIYА HOLATI TAHLILI Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi Amaldagi strategiya qay darajada samarali
  • Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi
  • Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun
  • Tayanch iboralar:strategik pozitsiya, baholash, raqobat pozitsiyasi, strategiya samarasi, kuchli va zaif tomonlar, strategik muammolar, qadriyatlar zanjiri
  • Menejment va marketing




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    Nazorat uchun savollar 
     
    1. Tarmoqni ta’riflovchi asosiy ko’rsatkichlar qanday? 
    2. Tarmoqda qanday raqobat kuchlari bo’ladi? 
    3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari nisbati nimalar o’zgartirib yuborilishi mumkin? 
    4. Qanday kompaniya kuchli yoki zaif mavqega ega bo’ladi? 
    5. Muvaffaqiyatning kalit omili nima? 
    6. Tarmoqning jozibadorligi qanday aniqlanadi? 
    4-MAVZU. KOMPANIYА HOLATI TAHLILI 
    Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi 
     
    Amaldagi strategiya qay darajada samarali? 
    Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
     
    Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? 
     
    Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam? 
     
    Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi? 
    Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. 
    Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari. 
    Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi 
     
    Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun 
    qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi? 
     
    Kompaniyalar ahvolini tahlili 
     
    Tayanch iboralar:strategik pozitsiya, baholash, raqobat pozitsiyasi, 
    strategiya samarasi, kuchli va zaif tomonlar, strategik muammolar, qadriyatlar 
    zanjiri 
     
    Kompaniya strategik pozitsiyasini baholashuslubi 
     
    Bu mavzuda kompaniya holati tahlilining uslubiyatini ko’rib chiqamiz. Bu 5 ta 
    savolga kelib taqaladi
    25

    1) Amaldagi strategiya qay darajada samarali? 
    2) Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
    3) Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? 
    4) Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam? 
    5) Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ? 
    Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy asbobdan foydalaniladi: SWOT - 
    tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash. 
    SWOT-tahlil. 
     
    25
    Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.140 


    54 
    SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities 
    (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so’zlaridan tuzilgan akronimdir. 
    Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T 
    ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga 
    muvofiq bo’lgan asosiy omillar keltirilgan. 
    Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, 
    chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu 
    jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib 
    chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga 
    yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash 
    aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, 
    chunki: 
    - noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish 
    imkoniyatini beradi; 
    - bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi; 
    - potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin. 
    Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan 
    farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar 
    raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan 
    kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi. 
    SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: 
    - kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki 
    ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi 
    ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga 
    aylanishi mumkin? 
    - kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular 
    ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan 
    kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak? 
    - qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat 
    yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay 
    imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning 
    boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki 
    yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi. 
    - menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi 
    tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim? 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish