Strategik guruxlar kartasini




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

Strategik guruxlar kartasini-to’zish tartibi quyidagicha: 

Tarmoqdagi korxonalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi. 

Kartaning o’qlari bo’ylab turli xarakteristiqalarni juftligi tushiriladi. 

Kartaga korxonalar 2 o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan joylashtiriladi. 

Bitta strategik zonaga kirgan Korxonalar strategik guruxga birlashtiriladi. 

Xar bir strategik gurux atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri 
xar bir strategik guruxning bozordagi o’rniga proportsional bo’ladi. Ana shu 
ko’rsatkichlardan foydalanib strategik guruxlarning 2 o’lchamli kartasini to’zish 
mumkin. 
19
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.104 
20
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.114 


48 
Bir 
tarmoqda 
faoliyat 
ko’rsatayotgan Korxonalarning nisbiy raqobat 
pozitsiyalarini o’rganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi. 
Bir strategik guruxdagi kompaniyalar mahsulotlar diapazonining kengligi, tovar 
xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar, vertikal 
integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat ko’rsatish xarakteri kabi 
turli belgilar bo’yicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik 
yondashuvlari bir xil bo’lgan bitta strategik gurux mavjud bo’lishi mumkin. 
Strategik guruxlar xaritasini to’zish va Korxonalarni u yoki bu gurux tarkibiga 
kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. 
Tarmoqdagi Korxonalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristiqalar 
aniqlanadi (narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, mahsulot 
nomenklaturasi va xokazo). 
2. 
Korxonalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan 
xususiyatlari bo’yicha). 
3. 
Bir strategik sohaga to’gri keladigan Korxonalar aniqlanadi. 
4. 
Xar bir guruxning tarmoqdagi umumiy savdo xajmidagi ulushi aniqlanadi. 
SHunday qilib, tarmoqni strategik guruxlashning yuqorida aytib o’tilgan ikki 
o’lchovli xaritasi yasaladi.(8-rasm). 
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita to’zish maqsadga 
muvofiqdir. 
Turli strategik guruxlar bir-biriga qanchalik yaqin joylashgan bo’lsa, ular 
o’rtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng yaqin raqobatchilarning fel-atvorini 
o’rganish muximdir. Raqobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul 
tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas. 
Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish 
kompaniyaning strategik faoliyati uchun nixoyatda muximdir, aks xolda u xar doim 
mudofaa pozitsiyasida bo’lishga majbur bo’ladi. 
Raqobatchilarning strategiyalari 3.2-jadval yordamida aniqlanadi. Odatda, 
raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari xaqidagi ma’lumotlarni ushbu jadval 
yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baholash 
uchun yetarlidir. 
Korxonalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baholash uchun etiborni 
ularning bozordagi o’z axvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv 
raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O’z maqsadiga erishgan 
raqobatchilar o’zlarining xozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar. 
Bezovta va moliyaviy jixatdan og’ir axvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki 
mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xatti-xarakatlarga o’tishlari mumkin. SHu 
munosabat bilan o’zingizni ushbu kompaniya menejerlarining o’rniga qo’yib 
ko’rishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib ko’rishingiz mumkin. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish