• Korxonalarni aniqlash.
  • Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

     
    Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari 
     
    Agar rorxona yoki kompaniya o’z raqiblarining xatti xarakatlarini kuzatib 
    bormasa u ko’zini bog’lab olib raqobatlashmoqchi bo’lgan xisoblanadi. Xuddi 
    shaxmatdagidek raqobat kurashida xam raqibining keyingi yurishini oldindan 
    ko’ra bilish bebaho axamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini 


    49 
    bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi 
    yo’nalishlarda olib boriladi
    21

    1- 
    Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun 
    raqib 
    kompaniya 
    faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, uning bozordagi mavqei, strategik 
    maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi. 
    2- 
    Kelajakda 
    tarmoqning 
    yetakchisi 
    bo’lishi y’ki 
    yetakchi 
    bo’lgan 
    Korxonalarni aniqlash. Buning uchun 
    xar 
    bir 
    korxonaning 
    potentsial 
    imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish y’ki o’zib 
    bo’lgan korxonalar belgilanadi. Kelajakda qaysi korxonalar o’z mavqeini 
    yo’qotadi , qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash korxonaning 
    strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi. 
    3- 
    Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish. Agressiv raqib 
    odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan 
    qanoatlanadigan korxonalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz 
    korxonalarning axvoli shu qadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan 
    bo’lsa xam xujumga o’tishga majbur bo’ladilar. 
    Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi 
    vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib 
    xaqida axborot yig’ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning xarakatlarini oldindan 
    bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi. 
    Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va 
    raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya 
    ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda 
    hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Odatda 
    bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi 
    eng muhimi bo’lib, tahlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi. 
    Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan
    22

    1. Texnologiyaga bog’liq omillar: 
    - ilmiy tadqiqotlarning saviyasi; 
    - ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsiyalarga qodirlik; 
    - mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik; 
    - mazkur texnologiyada ekspertlarning roli. 
    2. Ishlab chiqarish bilan bog’liq omillar: 
    - kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko’lamidan 
    tejash, to’plangan tajriba samarasi); 
    - ishlab chiqarish sifati; 
    - yuqori fond qaytimi; 
    - ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo’lishi, kafolatlanadigan xolda 
    joylashtirilishi; 
    - tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash, 
    - yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan sohalarda); 
    - arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot; 
    - ishlab chiqarishning model va o’lchamlarning o’zgarishiga moslashuvchanligi. 
    3. Taqsimlash bilan bog’liq omillar: 
    - distribyutorlar/dilerlarning qudratli tarmog’i; 
    21
    Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p. 120 
    22
    Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.124 


    50 
    - chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli; 
    - kompaniyaning o’z tarmog’i; 
    - tez yetkazib berish. 
    4. Marketing bilan bog’liq omillar: 
    - savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli; 
    - qulay, arzon servis va texnik xizmat ko’rsatish; 
    - xarid talablarini aniq qondirilishi; 
    - tovarlar diapazonining kengligi; 
    - tijorat san’ati; 
    - jozibali dizayn va upakovka ; 
    - xaridorlar uchun kafolatlar. 
    5. Malakaga bog’liq omillar: 
    - noyob istedodlar; 
    - sifatni nazorat qilish «nou-xau»si; 
    - loyixalash sohasidagi ekspertlar; 
    - texnologiya sohasidagi ekspertlar; 
    - aniq va sodda reklama qilish qobiliyati; 
    - ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi mahsulotlarni xosil qilish va 
    ularni tez bozorga olib chiqa olish. 
    6. Tashkilotning imkoniyatlariga bog’liq omillar: 
    - oliy darajadagi axborot tizimlari; 
    - o’zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati; 
    - boshqaruv maxorati va boshqaruv sohasidagi «nou-xau»larning mavjudligi. 
    7. MAOning boshqa turlari: 
    - ijobiy imidj va obro’; 
    - o’zini peshqadam deb xis qilish; 
    - qulay joylashuv; 
    - xushmuomala va muloyim xizmat ko’rsatish; 
    - patent ximoyasi; 
    - umumiy xarajatlarning kamligi. 
    Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baho berish lozim 
    («Menejment asoslari» kursiga qarang) 
    Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh 
    bo’lish va 
    moliyaviy barqarorlikka erishish uchun rorxona ta’minlashi lozim bo’lgan raqobat 
    imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga korxona 
    aloxida etibor berishi kerak, chunki ular korxonaning muvaffaqiyati yoki 
    muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish 
    quvvatlarining to’liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab 
    chiqarish xarajatlarini minimallashtirib beradi) M.K.O xar bir tarmoqda o’ziga xos 
    xususiyatga , ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim tarmoqlarda MKOlar 3-4ta bo’lishi 
    mumkin, lekin xal qiluvchi axamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo’ladi. 
    Tarmoq va undagi raqobat tahlilining pirovardida tarmoqning jozibadorligi 
    aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi: 
    A-tarmoqning o’sish imkoniyatlari 
    B-xarakatlantiruvchi 
    kuchlarning 
    tarmoqqa 
    ijobiy 
    yoki 
    salbiy 
    ta’sir 
    ko’rsatishi: 
    V-Tarmoqqa yirik korxonalarning kirish (chiqish) imkoniyatlari: 
    G-Talabning barqarorligi: 


    23
    Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.128 
    51 
    D-Raqobat kuchlari ta’sirining kuchayishi yoki zaiflashishi: 
    E-Tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi: 
    J-Tavakkalchilik va noaniqlik darajasi: 
    Z-Raqobat natijasida tarmoqdagi 
    daromad darajasining pasayishi 
    yoki 
    ko’tarilishi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish