O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 
O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar 
 
Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish 
jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo’linmasini kerakli tomonga 
yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga 


36 
erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus 
muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, 
investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini, 
sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini, 
beqaror 
iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, 
istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini 
o’z ichiga olishi mumkin. 
Mashxur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz
9


Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi 
bo’lish 

Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish. 

General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni 
egallash. 

Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish 
va oltin ishlab chiqarish xajmini yiliga 125000 untsiyaga yetkazib, 1500000 untsiyaga 
teng oltin zaxirasiga ega bo’lish. 

Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni globallashtrishni 
davom ettirish 
Bu yerda ham o’zoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. 
O’zoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi: birinchidan, ular o’zoq muddatli 
maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan 
bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni o’zoq muddatli istiqbolni xisobga olgan 
xolda bugungi qarorlarni qabo’l qilishga undaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga 
zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan 
yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni xam, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning 
talab qilingan darajasini xam (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) 
ko’rsatadilar. 
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi 
kompaniyalarning menejerlari xar bir xal qiluvchi natija uchun maqsadlar belgilaydilar 
va so’ngra erishish lozim bo’lgan maqsadlar sari qat’iy xarakat qiladilar. Odatda ular 
menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga 
qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu yerda «daromadni 
maksimallashtirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo 
xajmini oshirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari 
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun 
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi 
(bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi). 
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish. 
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar. Kompaniyaning 
aktsionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko’pchilik 
korporatsiyalarning 
maqsadi 
aktsionerlarning 
daromadlarini 
imkon 
qadar 
ko’paytirishdan iboratdir. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda oladilar: 
9
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.40 


10
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.43 
11
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.46 
37 
- dividendlardan; 
- bozorning ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) 
kapitalning qiymati ortishidan 
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li 
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir, bu esa 
kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning 
samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori 
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga 
bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish