8
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p. 29
33
Tayanch iboralar: Kompaniya maqsadlari, o’zoq muddatli maqsadlar, qisqa
muddatli maqsadlar, strategiyani shakllanishi, ta’sir etuvchi omillar, yondoshuv,
-g’alaba qozonish strategiyasi, mezon, missiya, maqsadlar, strategiyalar, raqobat.
Strategik ko’rishni shakllantirish
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning
qanday turlari bilan
shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari
strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima
qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining
vazifasini noto’gri
belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya
bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning
missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi.
Vaxolanki, xar bir
kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.
Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash
quyidagi 3 ta jixatdan iborat
8
:
1)kompaniya
biznesning
qaysi
sohasida
ishlayotganligini
tushunish;
2)kompaniyaning strategik ko’rishi
va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan
tushuntirib berish;
3)kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida
qaror qabo’l qilish;
Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim:
1)axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak
2)
xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz
3)
texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz
SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan
extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz»
- degan savollarga javob
topish lozim.
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:
1) umumiy
2) detallashtirilgan
Umumiy belgilashga misol:
ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati,
sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport
poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni
tunda yetkazib berish, Karib dengizida
plyaj tashkil etish va xokazo.