• Vaziyatli masala
  •  - MAVZU. KOMPANIYA HOLATI TAHLILI




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    4 - MAVZU. KOMPANIYA HOLATI TAHLILI 
     
    1 - masala 
    Takomillashtirilgan rakobatli firma bir yilda 20 ming dona telefon asbobi 
    chiqaradi. Uning urtacha o’zgaruvchan xarajatlari 1750 sum va urtacha ishlab 
    chiqarish xarajatlari 2150 sumga tugri kelsa, bozor baxosi bitta telefon asbobi 2500 
    sum bo’lsa firma qancha foyda olishi mumkin? 
    a) 15 mln. sum; 
    b) 9 mln. sum; 
    v) 7 mln. sum; 
    g) 4,3 mln. 
    sum; 
    Vaziyatli masala 
    Alan – ofset pechatь uchun plastinalarni ishlab chiqaradigan, muvaffaqiyat 
    qozongan fabrikaningegasidir. Boshida u yakka o’zi ishlar edi, so’ng yana ikki kishini 
    yolladi, biriga boshqaruvni, sotishni va savdo-sotiqni topshirib, boshqasiga esa ishning 
    texnik tomonlarini topshirdi. Alanning o’zi buxgalteriya, reklama bilan shug’ullanardi 
    va doimiy ravishda biznesni kengaytirish imkoniyatlarini izlardi. Ular doim birga 
    ishlashadi, ishdan keyin xam ko’p uchrashadilar. Alanning «shef» sifatidagi avtoriteti 
    shubxasizdir; uning ishchilari yaxshi ish xaqi, muqofotlar olishadi, lekin ishni yuritish 
    xavf-xatarini (va daromadlarni) Alan xech kim bilan baxam ko’rmaydi. 
    Alan xamkasblarini biznesning oxirgi yangiliklari xaqida xabardor etib turadi. U 
    ularni o’z ish rejalari bilan tanishtirdi: «Agar ishlar yaxshi ketsa, kelgusi yilda biz 
    qo’shni shaxarda o’z filialimizni ochamiz. Albatta, biz aqlli boshqaruvchini izlab 
    ko’ramiz va bir necha yildan so’ng yangi fabrika bizga oltmish ming atrofida daromad 
    keltirishi mumkin». Alanning xamkasabalari uning «biz izlab ko’ramiz» deganiga 
    xursand edilar – ular o’zlarini xaqiqiy jamoadek xis qildilar, va ular biznesni 
    muvaffaqiyat qozonishiga va Alanning avtoritetiga ishonchlarini mustaxkamladilar. 
    Lekin Alanning ko’ngli tinch emas edi. U bilar ediki, unga bo’ysunuvchilarning 
    xech qaysisi boshqaruvchiga kerak bo’lgan xamma xususiyatlarga ega emas edi. U 
    do’stona kollektivga notinchlikni kiritishni xoxlamas edi, bundan xam ko’proq u agar 
    yangi ish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa (bu xaqda u ular bilan xech qachon 
    gaplashmagan edi), xodimlardan birortasini yo’qotishni xoxlamas edi. Natijada Alan 
    yollash bo’yicha agentlikka murojaat qilib, kerakli kishini topdi, uchalasi xam 
    yig’ilganda , u bu xaqda faxr bilan aytdi. Do’stlarining bu yangilikni g’azab va 
    achchiqlanish bilan kutib olishi, Alanni xayratda qoldirdi, va buni sezib u rafiqasiga: 
    «Kelajagi xaqida o’ylayotgan kishilar senga eng qora tanga bilan qaytaradilar» deb 
    aytdi. Bu shunday zarba ediki, undan keyin yaxshi munosabatlar juda o’zoq vaqt 
    davomida tiklanadi. 
    Savollar 
    1. Alanning raxbar sifatidagi xatosi nimadan iborat edi? 
    2. Yetakchining (liderning) asosiy vazifalari nimadan iborat va ular 
    qo’lostidagilarni boshqarish muammolari bilan qanday bog’liq? 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish