• O‘lchash asbobi
  • “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Standart namuna - modda va maetriallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi 
    kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning 
    namunalari, namlikning standart namunalari. 
    Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga 
    ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 420
    0

    temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
    O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va 
    bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba‘zan o‘lchovlar 
    to‘plamidan ham foydalaniladi. 
    Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz 
    lozim bo‘ladi: 
    Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni
    nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. 
    Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar 
    etalonlardeb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari 
    namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 
    O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash 
    ma‘lumoti signalini ishlab chiqarishga muo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. 
    Ma‘lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
    Shkalali o‘lchash vositalari; 
    Raqamli o‘lchash vositalari; 
    O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1. O‘lchashga ta‘rif keltiring va uni izohlab bering. 
    2. O‘lchash obektlariga misollar keltiring. 
    3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring. 
    4. O‘lchash usullariga izoh bering. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish